Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs Iqtisodiyot guruhi talabasi Allamov Jamshidbekning Mehnat iqtisodiyoti fanidan
Mustaqil ishi
Jamshidbek Allamov
Mavzu: Xalqaro mehnat tashkilotining faoliyatini tashkil etilishi.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi.
Xalqaro Mehnat Konfederatsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faolligini tashkil etish.
O’zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining ijro etilishi muvofiqlashtiriladi.
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.
Kirish.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1919 yilda Millatlar ligasi (ittifoqi) huzurida mehnat qonunlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha konvensiya va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun xalqaro komissiya sifatida tuzilgan;
Xalqaro mehnat tashkiloti. 8 soatlik ish kuni, onalikni himoya qilish, bolalar mehnatiga oid qonunlar va ish oʻrinlarida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan xalqaro meʼyorlar ishlab chiqilishiga, ish bilan bandlik dasturlarini tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. Xalqaro mehnat tashkilotiga 180 dan ortiq davlat aʼzo. Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil Xalqaro mehnat tashkiloti aʼzo davlatlar tarkibiga kirgan, tashkilotning 14 ta konvensiyasini radifikatsiya qilgan. Bu tashkilot mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan toʻliq bandlikni taʼminlash va turmush darajasini koʻtarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mexnatkashlarni teng huquqlarda birlashtiradi. Xalqaro mehnat tashkilotit. tarkibi Xalqaro mexnat konferensiyasi; maʼmuriy kengash; xalqaro mehnat byurosi; uch tomonlama qoʻmitalar; mintaqaviy va maxsus konferensiyalardan tashkil topgan. Qarorgohi Jenevada. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |