Mavzu: Xalqaro migratsiya jarayonlarini tartibga solish Mundarija: Kirish I bob


Download 51.01 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi51.01 Kb.
#1236929
  1   2
Bog'liq
Xalqaro migratsiya


Mavzu: Xalqaro migratsiya jarayonlarini tartibga solish
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..2
I bob. Xalqaro migratsiya haqida…………………………..3-6
1.1. Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari……………………………….6
1.2. Aholi migratsiyasi...........................................................…………………..7-11

II bob. Xalqaro migratsiyadagi zamonaviy tendentsiyalar….………………12-15


2.1. Zamonaviy dunyoda migratsiya…………..……………….………………..16
2.2. Migratsiyaning turlari qanday…………………………………………….17-20
Xulosa……………………………………………………………………….21-25
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………26


Kirish
Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi va o’z navbatida aholi joylashuvidagi muhim muammolar bilan bog’liq aholining hududiy harakatidir. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’rnatishi o’z o’rnida jahon mehnat bozorida ham faol bo’lishni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarni o’rganmoq, uning hududiy tarqalishini tadqiq qilmoq maqsadga muvofiqdir. O’zbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bog'liq. Tashqi migratsiya uchun ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatdagi migratsiya jarayonlarning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin o’zgarishiga, immigrantlar salmog’ining emmigrantlarga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sabab bo’luvchi eng katta omil – busiyosiy mustaqillikka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya darajasining o'sishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari O’zbekistonda aholining ma’lum bir qismi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo’lishgan. Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o’rganar ekanmiz, uni tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo’ylab nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug’ilish darajasi baland hamda aholi zich hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K. Kalanovning izohiga ko’ra, O’zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi: - Rasmiy doimiy emmigratsiya; - Rasmiy vaqtinchalik emmigratsiya; - Norasmiy emmigratsiya; - Ekologik emmigratsiya; - Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo’ladi1 . O’zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash); intelektual migratsiya (tadqiqotchilar, olimlar, talabalar va xk.)

Download 51.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling