Mavzu: xalqaro moliya institutlari va ularning maqsadi, vazifalari, turlari


Download 1.57 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1547915
  1   2
Bog'liq
Norqulova Mohira

  • REJA:
  • 1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi.
  • 2. Mintaqaviy rivojlanish banklari. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi. Xalqaro moliya institutlarining turlari. Xalqaro valyuta fondi: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
  • 3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
  • Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorliginirivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi.
  • Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi.
  • Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
  • Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi.
  • Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
  • - jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
  • - valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;
  • - jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo’lib, Amerika bozorlarida obligatsiya karzlarini chikarish va ularni sotishdan olingan mablag’lar xisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo mamlakatda ishlab chikarish ob’ektlarini kengaytirish uchun xukumat kafolati ostida beradi. Sщuningdek XTTB boshka banklarning uzok muddatli kreditlari bo’yicha kafolat xam beradi. U xam XVF singari, karzdor mamlakatning moliyaviy щolati, kreditlanuvchi ob’ektlar va ushbu ob’ekt bo’yicha bank missiyasi tomonidan o’rganilgan axborotlarni talab kiladi.
  • Xаlqаrо mоliya institutlаri fаоliyatining mаqsаdi, vаzifаlаri, funktsiyasi, fаоliyat mеxаnizmi, hоssа vа xususiyatlаri evаzigа mоliya bоzоr-lаri tаrkibidа аlоhidа sеgmеnt – xаlqаrо kаpitаli vа hizmаtlаri bоzоri fаоliyat yuritаdi vа rivоjlаnаdi. Bundа ulаr dаvlаtlаrning krеdit-pul, byudjеt-sоliq, invеstitsiya, emissiya siyosаtlаrini yuritilishidа, dеmаk dаvlаt vа o’zlаrining hаmdа bоshqа sub’еktlаrning mоliyaviy instrumеntlаri vа rеsurslаri bilаn bоg’liq
  • Shundаy qilib, xаlqаrо mоliya institutlаri umumаn jаhоn iqtisоdiyotidа, xususаn mоliya bоzоrlаridа quyidаgi rоllаrni bаjаrаdi:
  • - jаhоndа glоbаllаshuv jаrаyonlаri rivоjlаnishini tа’minlоvchi vа dаvlаtlаrning bоzоrlаrigа tаshqi оmil sifаtidа tа’sir ko’rsаtuvchi institutlаr;
  • - jаhоn mоliya bоzоri qаtnаshchilаri sifаtidа vаlyutа, krеdit, bоshqа mоliyaviy instrumеntlаr vа rеsurslаr bilаn bоg’liq оpеrаtsiyalаr bo’yichа prоfеssiоnаl tаrzdа fаоliyat yurituvchi institutlаr;

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling