Mavzu; Xalqaro moliyaviy tashkilotlar turlari va Xalqaro moliya islom moliyasi reja 1


Xalqaro va mintaqaviy moliya va valyuta kridit tashkilotlar


Download 117.69 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi117.69 Kb.
#1127730
1   2   3   4
Bog'liq
Pardayev Baxtiyor

2. Xalqaro va mintaqaviy moliya va valyuta kridit tashkilotlari
Xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlari valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarni nazorat qilish maqsadida davlatlararo kelishuvga binoan tuzilgan.
Bunday tashkilotlarga Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, jahon banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Yevropa investisiya banki, Xalqaro xisob – kitob banki, Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi va boshqalar kiradi.
XVF – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsuslashtirilgan muassasasi statusiga ega bo’lgan valyuta-kredit tashkiloti bo’lib valyuta kurslarini tartibga solish va ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, shuningdek tulov balanslarining beqarorligi munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari vujudga kelganda o’z a’zolariga valyuta resurslaridan berish yo’li bilan xalqaro savdo va savdo hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi.
XVF – AKShning Brutton Vuds Xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida 1944 yilda tuzilgan bo’lib, 1947 yildan faoliyat ko’rsata boshlagan. XVF boshqaruvi beshta deportamentdan (Afrika, Yevropa, Osiyo, Œrta Sharq va Ђarbdagi) tuzilgan. XVF kapitali uning mijozlari kvotasiga mos to’lanadigan badallar hisobiga shakllanadi. Kvota lotincha Quota – qism, xissani bildirib u davlatlararo shartnomalarga ko’ra ayrim yoki bir gurux tovarlar yuzasidan kvota o’rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin. Kvotalar o’rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma’lum maqsad yo’lida o’zgartirib turish, chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan narxga binobarin foyda ko’rishga ta’sir etadi.
Kvota mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga, jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdodagi o’rniga qarab belgilanadi. 1947 yilda XVF ga 49 mamlakat a’zo bo’lib ular kvotalarning umumiy so’mmasi 7,7 mlrd AŠSh dollarini tashkil etgan.
1991 yilning o’rtalariga kelib XVF a’zolari 155 taga va uning kapitali 90 mlrd. dollarga yetdi. Shundan uchdan ikki qismi sanoati rivojlangan mamlakatlarga, shu jumladan AŠSh 1/5 kismi, 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’ђri keladi. Xozirgi XVF a’zolarining soni 181 tadan ortiq. XVF boshqaruv organlariga kvotalar ulchamiga qarab mamlakatlar orasida ovoz taqsimlanadi. Barcha ovozning 46%i AŠSh va YeF davlatlariga tegishli, qolgan ovozlar rivojlanayotgan davlatlarga tegishli. XVF boshqaruv organi bo’lib boshqaruv kengashi hisoblanadi. U har yili bir marotaba qatnashuvchi mamlakat vakillari bilan birga to’planadi. XVFning ijro etuvchi organi bo’lib Direktorat hisoblanib u 6 a’zodan, ya’ni ko’proq kvotaga ega bo’lgan mamlakat a’zolaridan tashkil topgan. Shuningdek unga geografik belgiga ko’ra tanlab olingan olti a’zo ham hisobga olingan. XVFning majlis utkazuvchi organi bo’lib boshkaruv qo’mitasi – shu’ba qo’mitasi hisoblanadi va uning tarkibiga 22 ta mamlakat moliya vazirlari kiradi.
XVF kreditlari bo’linadi:
1. XVFning zaxira pozisiyasi chegarasida turuvchi mamlakatlarga beriladigan kredit. Tulov balansi defisitini qoplash uchun mamlakatlar valyuta fondidan qarz olishlari mumkin. Bu qarz milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish yo’li bilan 3-5 yil muddatga olinadi. Ssudaning to’lanishi esa aksincha bo’ladi. Milliy valyuta erkin konverterlanadigan valyutada sotib olinadi. 25% kvota atrofida mamlakat kreditni cheklashlarsiz olishi mumkin. Shuningdek oltin fond me’yorida belgilangan kredit hajmida xorijiy valyutada kredit olishi mumkin. Bu kredit salmogi 200 % kvotadan oshmasligi kerak.
2. Yuqori zahira ulushiga beriladigan kredit. Bunday ssudalar mamlakat valyutasining iqtisodiy holatini o’rganib chiqib XVFning barqarorlashtirish chora-tadbirlari talabini bajargandan so’ng beriladi. XVFning barqarorlashtirish dasturi ichki kreditlarni chegaralash, byudjet xarajatlarini kamaytirish kabi masalalarni hal qiladi. Biroq XVFdan kredit olish mamlakatlarga xususiy banklardagi kreditlarni xisob-kitob qilish imkonini beradi. XVF davlatlararo valyuta-kredit munosabatlarini boshqarishda asosiy o’rin egallaydi. Brutton Vudsdagi kelishuvga binoan fond oldiga a’zo mamlakatlar valyuta paritetlarini boshqarish va qullab – quvvatlash, valyuta kurslarini boshqarish vazifasi qo’yilgan.
O’zbekiston 1996-1997 yillarda makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi bo’yicha XVFdan 259 mln.$ madad olgan va u valyutani qullab - quvvatlashga sarflangan.
O’zbekiston XVFga 1992 yilning sentyabridan a’zo.
Jahon miqyosida yirik valyuta kredit tashkiloti bo’lib jahon banki hisoblanadi. Uning prezidenti Djeyms Vulfenson 10 yillik faoliyatidan keyin 2015 yilning may oyidan bo’shadi va uning o’rniga 2015 yilning 1 iyunidan AKSh mudofaa vaziri o’rinbosari Pol Fulfovis saylandi.
Jahon banki 43 yirik moliyaviy muassasalardan iborat bo’lib, ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki (XKTTB)

  2. Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi (XTA yoki Xalqaro rivojlanish uyushmasi – XRU)

  3. Xalqaro moliya korporasiyasi (XMK)

  4. Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA)

  5. Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi (SOTMXM) va boshqalar.

XVF ga a’zo bo’lgan mamlakatlargina XKTTB ga a’zo bo’lish xuquqiga ega. XKTTB BMTning maxsus muassasasi davlatlararo investision instituti hisoblanadi. XKTTB Brutton Vuds konferensiyasi qaroriga binoan va XVF ta’sisligida tashkil topgan. Uning ustavi rasmiy ravishda 1945 yilda kuchga kirgan va 1946 yildan ish boshladi. U Vashingtonda joylashgan. Uning asosiy maksadi a’zo davlatlar iqtisodiyotiga o’zok muddatli kreditlar va qarzlar berish, xususiy investisiyalarni kafolatlashdan iborat.
XKTTB tomonidan kreditlar davlat kafolati ostida beriladi. XKTTB shuningdek boshqa banklarning o’zoq muddatli kreditlari bo’yicha kafolatlar beradi. Bank o’zining krediti bilan obyektning 30% qiymatini qoplaydi.
XKTTB xozir O’zbekistonda qo’yidagi loyihalarni amalga oshirmoqda:
1. Qishloqda tadbirkorlikni qullab – quvvatlash bo’yicha 36 mlrd. $ xajmidagi kredit.
2. Drenaj va irrigasiya tizimini takomillashtirish hamda botqoqlangan xududlarni yaxshilash bo’yicha 60 mlrd. $ kredit.
O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1992 yil 2 iyuldagi 622-sonli qarori asosida mamlakatimiz XKTTB, XTA, XMK, IKXAga a’zo.
XTA (XRU) 1960 yilda rivojlanayotgan davlatlarga imtiyozli kreditlar (0,75 % yillik foiz stavkasida) berish maqsadida tashkil etilgan. Uning kreditlari asosan yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga eng kam to’ђri kelayotgan mamlakatlarga to’ђri keladi. 1993 yilda shunday mamlakatlar miqdori 60 ta bo’lgan. XKTTB a’zolari uchun XTA a’zoligi ochik. XTA resurslari XKTTB sof daromadidan muntazam ajratmalar hisobidan to’ldirib turiladi. XTA fakat xukumatlarga qarz beradi. Qarzni o’zish muddati 30 yildan 40 yilgacha. Bunday qarzlar bo’yicha foizlar olinmaydi, lekin kreditga xizmat qilish qarzning joylashtirilgan qismining 0,5 foizi miqdorida har yili yiђim olinadi. XTA xuquqiy va moliyaviy mustaqil tashkilot bo’lsada u XKTTB bilan xodimlarning umumiy shtatiga ega. XTA amalga oshirayotgan loyihalar XKTTB qullab-quvvatlayotgan loyihalar mezonlariga javob berishi kerak.
XMK 1950 yilda rivojlangan mamlakatlarga kapital quyishni kengaytirish maqsadida AQSh tashabbusi bilan to’zilgan. XMK XKTTBdan farqli ravishda davlat kafolatisiz yuqori samarador xususiy korxonalarga kreditlar beradi. Kreditlar 15 yil muddatga loyihaning 20% igacha miqdorida beriladi.
1995 yilda O’zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O’zbeklizing Interneyshnl AJ»ning ta’sischilaridan biri XMK hisoblanadi. O’zbekistonda birinchi xalqaro lizing operasiyasi 1993 yilda tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan O’zbekiston xavo yullariga chet el kompaniyalaridan lizing orqali samolyotlar xarid qilingan.
Umuman XMK xalqaro lizing operasiyalarida yetakchi o’rinni egallaydi va u bugungi kunda 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan, 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
IKXA – jahon banki guruxida 1988 yilda tuzilgan eng yangi to’zilmadir. Uning asosiy vazifasi notijorat tavakkalchilikdan kelib chiqishi mumkin bo’lgan zararlarda investorlarga beriladigan kafolot hisobiga, shuningdek sarmoya oqimini yo’naltiruvchi va raђbatlantiruvchi qo’lay investisiya muhitini va axborot bazasini yaratishda ko’maklashuvchi a’zo mamlakatlarga maslaxat xizmati ko’rsatish yo’li bilan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida investisiyalar oqimiga yordam berishdir.
IKXA jahon bankidan mustaqil tashkilotdir. XMK singari u operativ xodimlar va xuquq maslaxatchilaridan iborat o’z shtatiga ega, lekin bankning ma’muriy va boshqa xizmatlaridan foydalanadi. 1990 yillar boshida unga 128 mamlakat a’zo edi.
Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki (YeKTTB) 1990 yilning 25 mayida Fransiya Prezidentining tashabbusi bilan dastlab Parijda tashkil topdi. F.Mitteran yevroparlamentning 1989 yil 25 oktyabridagi yiђilishida-«Men boshkalarni ham roziligiga ishonib shuni aytamanki, Yevropa uchun, balki butun jahon uchun ham ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropada nimalar bo’layotganini. Yevropada nimalarga erishish mumkin? Bundan ko’proqga? Nima uchun Yevropa bankini to’zish mumkin emas» - degan edi. Bank 1991 yilni 28 martidan o’z faoliyatini boshladi.
Bank boshkaruvchilarining birinchi yig’ilishi 41 ishtirokchi mamlakatlar vakillari ishtirokida 15-17 aprel (1991 y) kunlari Londonda utkazilib unda dastlabki Prezident va direktorat saylandi. Aynan 1991 yil 15 apreldan boshlab bank operasiyalarni amalga oshirishni rasman boshlagan, iyun oyida esa birinchi loyiha ma’qullandi.
Bankning 1991 yil aprelidan 1993 yilning iyunigacha dastlabki Prezidenti bo’lib Jak Attali, 1993 yil sentyabridan – 1998 yilning yanvarigacha Jak de Larozyer, 1998 yilning sentyabridan 2000 yilning apreligacha Xorst Keller va 2000 yilning iyulidan Jan Lemyer hozirgi kuga qadar unga raxbarlik qilmoqda.
O’zbekiston YoKTTB ga 1992 yilning 30 aprelidan a’zo hisoblanadi. 1994 yilda Toshkentda bankning vakolatxonasi ochilgan Kenji Nakazova raxbarligida. Xozirgi vaqtda bankning 60 mamlakatdan 62 aksioneri mavjud. Bankning jami kapitali 19448,8 mln. yevroni tashkil etadi, shundan O’zbekistonning xissasi 42 mln. yevroni (0,21%) tashkil etadi. Unda AQShning xissasi 10,32%. Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniyalarni har birining xissasi 8,76% dan, Rossiyaniki 4,13 fozni tashkil etadi.
Bankning asosiy maqsadi sobiq sosialistik mamlakatlarga rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishga xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tarkibiy va tarmoq islohatlarini amalga oshirish, ularni jahon hamjamiyati integrasiyasiga ko’maklashish.
Xarakat miqyosi Markaziy Yevropadan Markaziy Osiyogacha bo’lgan o’tish iqtisodiyotdagi mamlakatlar.
Bank bilan O’zbekistoning birinchi 60 mln. $ lik krediti respublikamiz Prezidentining 1993 yilda Buyuk Britaniyaga qilgan rasmiy safari vaktida YeKTTB shtab-kvartirasida bulishida kichik va urta biznesni rivojlantirish bo’yicha imzolangan, bank bilan O’zbekiston imzolagan ikkinchi kredit liniya 1996 yilda ochiq iqtisodiyotni rivojlantirishga 120 mln $ xajmida bo’lib uni 60 mln $, O’zbekiston milliy banki, 30 mln $ Asaka bank, 15 mln $ Sanoat qurilish banki va yana 15 mln $ Paxta bank orqali foydalanilgan. Uchinchi kredit liniya keyingi yillarda tijorat banklari orqali 100 mln $ hajmda bo’lgan va xozir ham bank bilan respublikamizni aloqalari (keyingi 10 yilda 1,4 mlrd. dollar, 10 loyixa) yanada rivojlanmoqda. Bankdan olingan kreditlar orqali «O’zbeklizing interneyshnl AV» kompaniyasi to’zildi. Uning ishtiroki bilan O’z DEU bank faoliyat ko’rsata boshladi, Zarafshon-Nyumen qo’shma korxonasiga, «O’zbekneftgaz» ga, Xitoydan 12 elektrovoz olishga, Toshkent aeroportini qayta qqrishga, Toshkent lokomotiv deposini qayta kurishga va boshqalarga foydalanilgan.
2019 yilda bank umumiy xolda eng ko’p 102 loyiha 3,9 mlrd. Yevro miqdorida kredit ajratib, o’zini tarixida rekord natijaga erishdi. Uning 1,29 mlrdi (33%) Rossiyaga, 1,27 mlrdi utish davridagi mamlakatlarga (Markaziy Yevropa va Boltiqbuyi respublikalari – 32%), 1,35 mlrdi (35%) Markaziy Osiyo (6%), janubiy va sharqiy yevropa (22%) va kavkaz mamlakatlariga (7%) to’ђri keladi.
Bank boshqaruvchilarning 2020 yil 3 – 5 may kunlari Toshkentda utkazilgan un ikkinchi yillik yiђilishida (yiђilishlarning 6 tasi Londonda, 1 tadan Budapesht, SankPeterburg, Sofiya, Kiyev, Riga, Buxaristda o’tkazilgan) quyidagi 3 ta shartnoma imzolangan.
1. YoŠTTB va Shvesariya o’rtasida. Unga asosan Shvesariya Andijonni istish tizimini qayta qurishga 4,3 million dollar ajratadi. Shu maqsadga Yaponiya ham 1,5 million dollar ajratadi. Bundan tashkari Shvesariya 3 million yevro hajmda O’zbekiston va Šozoђistonga konsalting xizmati uchun kredit ajratdi.
2. Asaka bank orqali kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishga 15 million dollar hajmda kredit liniyasi kelishilgan.
3. YoŠTTB – Aziya invest banki, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari o’rtasida savdo operasiyalari uchun bir million dollar hajmda kredit ajratish kelishilgan.
Xozirgi vaktda YoŠTTB orqali mikrokreditlar olish Paxta bank, Ipoteka bank, Ipak yo’li va Hamkor bank orqali yo’lga qo’yilgan bo’lib bank bo’linmalari mijozning biznesini baholab, uni faoliyatini o’rganib kredit ajratadilar. Bunda uning xususiyatlari
1. Œn ming dollargacha naqd xolida berilishi mumkin.
2. Garov shaklida xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar bo’lishi mumkin va uni rasmiylashtirish juda oddiy.
3. Kredit berishda mijozni moliyaviy holati birinchi o’rinda turadi, garov esa undan keyingi o’rinda.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966 yilda Osiyo va Tinch okean mintaqasi mamlakatlarida kambaђallikni qisqartirish maqsadida Filippinning Manila shaxrida tashkil etilgan. Bank xukumat va xususiy korxonalarga kredit beradi. Kredit loyiha qiymatining 25% idan yoki 75 mln. AQSh dollaridan oshmagan holda beriladi. Ќar bir loyiha uchun garov talab etadi.
O’zbekiston OTB ga 1995 yilda Osiyoda 15-chi, a’zo mamlakatlar ichida 22-chi bo’lib a’zo bo’lgan.
OTB xalqaro moliya instituti bo’lib xozir 63 a’zoga ega.
Bugungi kunda respublikamizda kredit shaklida amal qilayotgan chet el va xalqaro molyaviy tashkilotlar investisiyalarining 33,6 %i OTB ga to’ђri kelmoqda. Bankning mablaђlari asosan ikki yo’nalishda - maxsus fond orqali va oddiy fond orqali beriladi. Maxsus fond mablaђlari kam rivojlangan a’zo mamlakatlarga imtiyozli kredit berish va texnik yordam ko’rsatishga yo’naltirilsa, oddiy fond mablaђlari tijorat yo’nalishidagi kreditlar yuqori foiz stavkasi bilan 10-15 yilga beriladi.
OTBning O’zbekistonga ajratgan qarzlari muddati asosan 25 yilga muljallangan bo’lib ularni 5 yili imtiyozli davrni tashkil etadi.
OTB mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga, jumladan, Amu-zang kanallarini irrigasiya tizimini qayta qurishga 73,2 mln. AŠSh dollari hajmida, don ekinlari unumdorligini oshirish maqsadida 26 mln. AŠSh dollaridagi loyihalarga kredit bergan.
OTB bilan O’zbekiston o’rtasida 2011 yil 11-yanvardagi «O’zaro hamkorlik to’ђrisidagi memarandum»ga muvofiq qishloq joylarda kredit uyushmalarini takomillashtirish va qisqa muddatli yordam ko’rsatish maqsadida 150 mln. AKSh dollarida grant loyihalarni amalga oshirmoqda.
Bu tajriba asosida Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida kredit uyushmalariga kredit yordami kursatish muljallangan.
2017 yilda kichik biznesni rivojlantirishga 15 mln. AŠSh dollarida kredit berilgan.
OTB ning 2018-2020 yillardagi dasturiga ko’ra respublikamizga har yili 100-150 mln. AKSh dollari miqdorida kredit ajratish muljallangan.
Umuman 2012 yilning 1 yanvar holatiga OTB tomonidan respublikamizga ajratilgan kredit mablaђlarini tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha:

T/r

Tarmoqlar

Loyiha soni

Mln. AŠSh dollari

Salmoђi, %

1.

Ta’lim

6

230,5

26,8

2.

Transport va kommunika-siya

3

190,0

22,1

3.

Qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslar

4

185,2

21,5

4.

Suv ta’minoti, sanitariya va chikindilarni boshkarish

2

74,0

8,6

5.

Energetika

1

70

8,1

6.

Sanoat va savdo

1

50

5,8

7.

Soglikni saqlash, umumiy ovqatlanish va ijtimoiy himoya

1

40,0

4,7

8.

Moliya

1

20,0

2,3


Jami

19

859,7

100


Download 117.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling