1.Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi. Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir. Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan. Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u erda muomalada bo’lishi chegaralanadi. Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.1 Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning ob’yektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. - 1.Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega. Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar. Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "franki", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi. Xorijiy valyuta bilan deviz tushunchasi bog’liqdir. Deviz - bu, xorijiy valyutadagi har qanday vositadir. Qabul qilingan Xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi 3 harf bilan belgilanadi. Bunda ushbu harflarning birinchi 2 tasi mamlakatni, 3- esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US - Qo’shma Shtatlar, D - dollar yoki GB - Buyuk Britaniya, P - paund. Ushbu belgilanishlar valyutalar kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari ushbu mavzuning ilovasida keltirilgan. Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba'zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u erda muomalada bo’lishi chegaralanadi. Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.1 Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tratta) bilan amalga oshgan Lion, Antverpen o’rta asr "veksel yarmarkalari" va G’arbiy Yevropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish uslubining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi. Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya'ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste'mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda oqibat xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning ob’yektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir,2 yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining sub’ektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir. - Valyuta munosabatlari - bu, valyutani jahon xo’jaligi muomalasida amal qilish jarayonida va xalqaro aloqalar sohasiga xizmat ko’rsatishda o’ziga hos pul munosabatlarining yig’indisidir,2 yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining sub’ektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari o’rtasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish hamda boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.
- 2. Xalqaro valyuta-kredit tizimining rivojlanish bosqichlari
- Valyuta tizimi o'zining zamonaviy shakliga kelguncha uzoq tarixiy davrni bosib o'tgan. Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.
- XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida "oltin standarti"ni kiritdilar, ya'ni shu davrdan boshlab mazkur davlatlar valyutalarining kursi va qiymati shu valyutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan belgilanadigan bo'ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari o'z navbatida milliy qog’oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.
- inchi jahon urushigacha dunyoning yetakchi davlatlarida inflyatsiyaning nisbatan past bo'lish holatlari va yetakchi valyutalar kurslarining keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o'sha yillarda pul sarmoyalari va ishchi kuchi resurslari bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin hech qanday to'siqsiz oqib o'tishi mumkinligi bilan asoslangan.
- 1880 yildan to 1913 yilgacha "oltin standarti" tizimi davlatlarga o'z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imkonini bermaganligi sababli barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulotning hajmi tez sur'atlar bilan o'sdi.
- Birinchi jahon urushining tugashi bilan ko'pchilik davlatlar o'zlarida yana qaytadan "oltin standartini" kiritishga urindilar. Biroq ularning bunday harakatlari zoe ketdi, chunki mavjud sharoitda "oltin standarti"ni kiritish uchun zarur omillar yo'q edi.
3. Xalqari valyuta-kursining turlariValyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: "spot" kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, "autrayt" kursi. "Spot" kurs - bu, naqdli (kassa) shartnomasi kursidir. U "spot" shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat. - 3. Xalqari valyuta-kursining turlariValyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: "spot" kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, "autrayt" kursi. "Spot" kurs - bu, naqdli (kassa) shartnomasi kursidir. U "spot" shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat.
- Valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng muhimlarini ko’rib chiqamiz. Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur'ati. Valyutalarni sotib olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat qiladi. Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSh dollarining kursi Doych markaga nisbatan 2%ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa omillarning ta'siridadir. Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta kursining darajasiga bevosita ta'sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv to’lov balansi milliy valyuta kursining o’sishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bo’lgan talab oshib boradi. Aksincha, passiv to’lov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib keladi. Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi. Kapitallar ayniqsa "qaynoq" (chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar to’lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi. Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta'sir etadi. Operatsiyalarni amalga oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar. Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta kursiga kon'yunktur ta'siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar. Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bo’layotgan o’zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta'sir ko’rsatadi.
Iqtisod, pul muomalasi, moliya va kredit holatining ko’rsatkichi hamda muayyan bir valyutaga bo’lgan ishonch darajasi bo’lmish aniq (real) valyuta kursi bozorda shakllanadi. Valyuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valyuta-iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko’tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma'lum bir valyuta siyosati amalga oshiriladi. Shunday qilib, valyuta kursining shakllanishi - bu, milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining o’zaro munosabatlari bilan asoslangan murakkab ko’p omilli jarayondir. Shu sababli valyuta kursini prognozlashda yuqorida ko’rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valyutalarning o’zaro nisbatiga bir xilda bo’lmagan ta'siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. - Iqtisod, pul muomalasi, moliya va kredit holatining ko’rsatkichi hamda muayyan bir valyutaga bo’lgan ishonch darajasi bo’lmish aniq (real) valyuta kursi bozorda shakllanadi. Valyuta kursini davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi mamlakatning valyuta-iqtisodiy siyosati vazifalaridan kelib chiqqan holda uning ko’tarilishi yoki pasayishiga qaratilgandir. Ushbu maqsadda ma'lum bir valyuta siyosati amalga oshiriladi. Shunday qilib, valyuta kursining shakllanishi - bu, milliy va jahon iqtisodiyotlari hamda siyosatlarining o’zaro munosabatlari bilan asoslangan murakkab ko’p omilli jarayondir. Shu sababli valyuta kursini prognozlashda yuqorida ko’rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar hamda ularni valyutalarning o’zaro nisbatiga bir xilda bo’lmagan ta'siri aniq bir vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
- 4.Xalqaro valyuta-kredit tizimi
- Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firmalar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishini ob’yektiv asosi bo’ldi.
- Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro kreditga ob’yektiv zarurat tug’iladi. Ushbu zarurat:
Do'stlaringiz bilan baham: |