Mavzu: Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi reja


Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot


Download 167 Kb.
bet6/11
Sana15.06.2023
Hajmi167 Kb.
#1486925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi

Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot Oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan.
Oliy ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to’g’riligini tekshirib chiqadilar:
- o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to’liqligini;
- analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini;
- tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to’liq va to’g’ri yozilganligini.
"1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i" qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko’chirmalarga muvofiq hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud to’lov-kontrakt mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi.
"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar - jami" qatorida "a, b va v" qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan daromadlarning yig’indisi ko’rsatiladi.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa xarajatilari - jami"da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko’rsatiladi.
"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan tushumlarning yig’indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo’yicha summaning) ayirmasi ko’rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da to’lov-kontrakt mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling