Mavzu: Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi reja


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish


Download 167 Kb.
bet7/11
Sana15.06.2023
Hajmi167 Kb.
#1486925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi hisobotni tuzish tartibi

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‗lar ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag'bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan tartibga solinadi. Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi. Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Balans xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma‘lumot; byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‗armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg‗armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot. Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot‖ni taqdim qiladilar. Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma‘lumot byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’[armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot. Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‗lar ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va davri, agarda muddati o’tgan qarzdorlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida bo’shab qolgan mablag’lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qogoz to’g’risidagi ma‘lumotlar, o’g’irlik va kamomadlar to’grisidagi ma‘lumotlar va moliyaviy hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar ochib beriladi. Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling