Shevaga oid so‘zlarni tuzatish mashqi:
Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun “Chalg‘itma diktant”dan foydalanish yaxshi samara beradi. O‘tkazilgan tajribalarda o‘quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg‘itma diktant 3-4 sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko‘proq. Chalg‘itma diktant o‘tkazilishidan oldin o‘qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi so‘zlarni o‘quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, “Diktantlar to‘plami”agi “Qurbaqa” matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |