Qurbaqa foydali jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namraq joyda yotadi.
U kech kirgandagina ovga chiqib, turliy zararliy hasharotlarni tutub yeydi.
Bunday diktantlar chog‘ida o‘quvchilar bitta matndan besh-oltita so‘zni to‘g‘rilab yozishi natijasida muayyan darajada imloviy ko‘nikmaga ega bo‘lib boradilar. Mazkur diktant, ayniqsa, bayon va inshodan oldin o‘tkazilsa, bolalar shevaga oid xatolarga yo‘l qo‘ymay yozadilar. Diktant o‘tkazilishi davomida o‘qituvchi shoshilmasligi, chalg‘itadigan so‘zlarni to‘g‘rilamasligi darkor. Diktantni tekshirish o‘quvchilar bilan birga olib boriladi. Bunda matn doskaga ilinib yoki monitordan ko’rsatilsa, o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zlari topib tuzatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |