Mavzu: Xavflar kvantifikatsiyasi


Download 57.68 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi57.68 Kb.
#1001694
1   2   3   4   5
Xavfsizlik – faoliyatning shunday holatiki, unda kishi sog’lig’iga ta’sir qiladigan yashirin xavflar ma’lum bir ehtimollik bilan mustasno bo’ladi.
Xavfsizlikni ma’lum bir aniq faoliyat turida shakllanadigan insonni va yashash zonasini turli–tuman xavflardan muhofaza qiladigan tadbirlar majmuasi deb tushunish kerak. Faoliyat turi qancha murakkab bo’lsa muhofaza tadbirlari majmuasi ham shuncha murakkablashib boradi. Tadbirlar majmuasi ishlab chiqarish sharoitida huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnik, davolash–profilaktik muhofaza tadbirlaridan tashkil topadi.
Faoliyat xavfsizligi shartlarini bajarish uchun xavfsizlikni ta’minlash printsiplarini to’plab olish, xavfsizlikni ta’minlash usullarini aniqlash va xavfsizlikni ta’minlash vositalarini qo’llash talab qilinadi.


Xavfsizlikning printsip, usul va vositalari

Printsip – bu g’oya, fikr, asosiy holat.


Usul – bu umumiy qonuniyatlarni bilishdan kelib chiqqan maqsadga erishish yo’li. Printsip va usullar bir–biri bilan o’zaro bog’liq bo’ladi.
Vositalar – bu printsip va usullarning aniq tadbiqi bo’lib, konstruktiv, tashkiliy va moddiy aspektlarni qamrab oladi.
Xavfsizlikni ta’minlashning printsip, usul va vositalari xavfsizlikni ta’minlashning mantiqiy bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq bir sharoitiga, xavfsizlik sathiga, narxiga va boshqa omillarga bog’liqdir.
Ishlab chiqarish sharoitida xavfsizlikni ta’minlashning quyidagi printsiplari qo’llanishi mumkin:

  • faoliyatning insonparvarligi, odamiyligi, operatorni almashtirish, tasniflash, xavfni bartaraf qilish, xavfni pasaytirish;

  • blokirovkalash, masofa bilan himoyalash, mustahkamlik, ojiz zveno, ekranlash, vaqt bilan himoyalash;

  • me’yorlashtirish, axborot, nazorat, boshqaruv, samaradorlik.

Bu printsiplarning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz. Masalan:
Faoliyatning odamiyligi – bu hodimni og’ir, xavfli, monoton mexanik ishlardan imkoni boricha ozod qilish, ijodiy mehnatga sharoit yaratib berish.
Tasniflash (kategoriyalashtirish) – bu xavf bilan bog’liq ob’ektlarni sinf va kategoriyalarga ajratish. Masalan: sanitariya – himoya zonalari (5 ta sinf), ishlab chiqarish xonalarini portlash va yong’in xavfi bo’yicha tasniflash (A, B, V, G, D), xonalarni elektr xavfi bo’yicha tasniflash va sh.o’.
Ojiz zveno printsipi – bu sistemaga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida parametrlarning o’zgarishiga sezgir element qo’yish bilan xavfni bartaraf qilishdir (ogohlantiruvchi klapanlar, himoyalovchi membranalar, himoyalanuvchi yerga ulash, himoyalanuvchi uzib qo’yish, yashin qaytargichlar, predoxranitellar va h.k.).
Axborot printsipi – bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hodimni o’qitish, yo’riqnomalar o’tkazish xavfsizlik belgilari va ranglar bilan ta’minlash, ogohlantiruvchi yozuvlar va boshqalar.
Me’yorlashtirish printsipi – bu ish joyida asoslangan parametrlarni qo’llash tufayli xavfsizlikni ta’minlashdir. Masalan, havodagi changning yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi, qo’lda yuk ko’tarish me’yorlari, mehnat xaftasining davomiyligi va boshqalar.
Xavfsizlikni ta’minlashda gomosfera bilan noksosfera hech mahal birga bo’lolmasligini aniq bilish talab qilinadi.
Noksosfera – har doim xavf mavjud yoki paydo bo’ladigan fazo (mashina qobig’ining ichki qismi).
Gomosfera – mehnat faoliyati davrida odam bo’ladigan fazo (ish zonasi) shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash “Inson–mashina” sistemasida quyidagi uch usul bilan amalga oshiriladi:

  1. Gomosfera bilan noksosferani vaqt yoki masofa bo’yicha ajratish. Bu masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish, tashkiliy usullar qo’llash va sh.o’.

  2. Noksosferani me’yorlashtirish. Bu hodimni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va boshqa xavflardan uskunalarni takomillashtirish yo’li bilan himoyalash.

  3. Insonni ish sharoitiga ko’nikishiga erishish. Bu kasbiy tanlov, o’qitish, yo’riqnomalar o’tkazish, shaxsiy himoya vositalarini qo’llash va h.k.

Hayotda barcha usullar sharoitga qarab birgalikda qo’llanilaveradi.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida himoya vositalari ikki turga bo’linadi: jamoaviy himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalari (SHHV). Vazifasiga qarab ikkisi ham sinflarga bo’linadi. Bunda JHV xavfli va zararli omillarga qarab tasniflanadi (shovqin, titrash, elektr zaryadlaridan va h.k.), SHHV esa asosan himoyalanuvchi a’zolarga (boshni, ko’zni, nafas yo’llarini, betni, qo’llarni va h.k.) qarab tasniflanadi.
Texnik ijrolari bo’yicha JHV quyidagi guruhlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalovchi, tormozlovchi, ogohlantiruvchi moslamalar, signallar, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat moslamalari, distantsion boshquruv, yerga ulash, nol simiga ulash, shamollatish, isitish, yoritish, ixotalovchi, zichlovchi vositalar va boshqalar.
SHHVga gazniqoblar, niqoblar, turli–tuman korjomalar va poyafzallar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, himoya ko’zoynaklari, quloq tiqinlari, himoya kamarlari, dermotologik vositalar va boshqalar kiradi. Ularni xavfli va zararli omillardan vaqtinchalik va yordamchi himoya vositalari deb qarash kerak.
Xavfsizlikni ta’minlashda ko’ngilsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablar shajarasini tuzish ham yaxshi natija beradi. Bu sershox daraxt ko’rinishida bo’lib, uning tashkiliy (kasbiy tanlovdagi xatolar, yo’riqnomalarni sifatsiz o’tilishi, kasbga nisbatan talabchanlikning susayishi va sh.o’.); texnik (uskunalarning eskirganligi, ulardagi turli nosozliklar, elektr jihozlardagi nosozliklar uskunalarning vaqtida sozlanmasligi va sh.o’.); ijtimoiy–iqtisodiy (oiladagi iqtisodiy qiyinchiliklar, o’z ishidan yoki hayotidan qoniqmaslik va sh.o’.); ruhiy (uydagi janjallar, farzandsizlik, noqobil farzand, ishxonadagi ruhiy holatning qoniqarli emasligi, rahbarlarning qo’polligi va sh.o’.) va boshqa sabablar shoxlari bo’ladi. Bularni tahlil qilish baxtsiz hodisa sababini tez aniqlashga yordam beradi.


Xulosa
Xavflarni taqqoslash jarayonida, aniq masalani hal qilish uchun zarur bo’lgan xavflar ro’yhati, ularning namoyon bo’lish ehtimoli, bo’lishi mumkin bo’lgan zarar va boshqa kattaliklar aniqlanishini o`rgandik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
1.www.fayllar.org
2.H.X.Razzoqov, Sh.A.Mamasov. Hayot faoliyati xavfsizligi o`quv qo`llanma-T.:”Fan va texnologiya”,2019
3.G.T.Iskandarova “Mehnat gigiyenasi”-2019
Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling