Mavzu: Xavflar kvantifikatsiyasi
Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
Download 57.68 Kb.
|
Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
1950 yil sentyabr’ oyida Kyol’n shahrida bo’lib o’tgan hayotiy faoliyat xavfsizligining birinchi jahon kongressida olimlar xavfni baholashda miqdoriy kattalik – “tavakkal” atamasini qo’lladilar. Bizning amaliyotimizda hali bu atama etarlicha keng qo’llanilmayapti. V.Marshalning ta’biricha – “tavakkal” - xavflarning namoyon bo’lish takroridir. Boshqa ko’pchilik olimlarning ta’biricha – “tavakkal” - xavfning miqdoriy bahosidir. Miqdoriy baho shundan iboratki, bu ma’lum vaqt ichida bo’lib o’tgan nohush oqibatlar sonini,bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. “Tavakkalni” topishda oqibat sinfini ko’rsatish, yoki nimaning tavakkali? savoliga navob berish kerak. Rasmiy nuqtai nazardan “tavakkal” bu – takrorlanish. Lekin chuqurroq mulohaza qilinsa bular orasida katta tafovut borligi ko’rinadi, chunki bo’lishi mumkin bo’lgan nohush oqibatlar sonini biz shartli ravishda olamiz. “Tavakkal” ikki xil bo’ladi. 1-shaxsiy tavakkal, bu ayrim shaxs uchun aniq xavf turi. 2-ijtimoiy yoki sotsial tavakkal. Bu takroriy hodisalar bilan shu hodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlikdir. Bu ikki tavakkalni sub’ekt har xil qabul qiladi. Ya’ni, odamlar, kam uchraydigan va bira to’la ko’p kishi qurbon bo’lgan voqealarga keskin ahamiyat beradilar. Masalan, ishlab-chiqarishda har kuni 2-3 odam o’ladi, umuman esa 30-40 kishi. Ammo bir halokatda 5-10 odam halok bo’lgani oldingi ma’lumotdan daxshatliroq /qattiqroq/ ta’sir qiladi. Tavakkalni baholashda sub’ektivlik nuqsonidan holi bo’lgan usul va yo’llarni qidirish kerak. Mutaxasislarning fikriga ko’ra xavflarni baholashda tavakkalni qo’llash boshqa usullarga nisbatan afzalroqdir. Misol tariqasida AQSH ning aholisiga taaluqli shaxsiy tavakkalni keltiramiz. 5-jadval
Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling