Mavzu: xayol haqida tushuncha
Download 23.91 Kb.
|
3.Xayol haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayol jarayonlari
- Agglutinasiya
Xayol turlari Xayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og`ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, o`z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi passiv xayol deb ataladi. Passiv xayol ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida, uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi. Passiv xayolning aksi bo`lgan aktiv xayol ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo`linadi. Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deyiladi. Ijodiy xayol qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi. Xayol jarayonlari Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi? Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o`rganiladi. Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi. Agglutinasiya. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot). Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling