Mavzu: «xazoyin ul-maoniy»ning qo’lyozmasi va matniy xususiyatlari navoiy "Xazoyin ul-maoniy" lirik kulliyotini tayyorlashda ham juda katta tahrir


Download 442.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi442.97 Kb.
#228629
Bog'liq
«XAZOYIN UL-MAONIY»NING QO’LYOZMASI VA MATNIY XUSUSIYATLAR



 

 

23.12.2020  



(Matnshunoslik fanidan dars olib boruvchi: Filologiya fanlari doktori 

Manzar Abdulxayrov

)  

MAVZU: «XAZOYIN  UL-MAONIY»NING  QO’LYOZMASI  VA  MATNIY  XUSUSIYATLARI



 

         Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” lirik kulliyotini tayyorlashda ham juda katta tahrir 

ishlarini amalga oshirgani, matnga mas’uliyat bilan yondashgani haqida navoiyshunos 

olimlar ko‘p to‘xtalganlar. Shoir ilk devonidagi she’rlarini “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritar 

ekan, kotib tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarnigina tuzatib qo‘ya qolmay, balki ko‘pchilik 

she’rlarni qayta tahrir  qilgan.  Natijada “Ilk devon”dagi bir necha she’rlarning yangi 

variantlari vujudga kelgan.  

      Alisher Navoiy ijodi o‘zidan keyingi barcha o‘zbek shoirlari uchun mahorat maktabi 

hisoblangan. Keyingi davrlarda Navoiy asarlari yuzlab nusxalarda uchraydi. Navoiy 

asarlarini ko‘chirish an’anasi xattot va kotiblarni davrning sinchkov matnshunoslariga 

aylantirgani shubhasizdir. Alisher Navoiy asarlarini kitobat qilgan kotiblar xususida shu 

satrlar mualliflaridan biri o‘z vaqtida quyidagi fikrlarni bildirgandi: “Xattot va kotiblar 

Navoiy asarlarini ko‘chirishda, bir tomondan, xattotlik mahoratini orttirsalar, ikkinchi 

tomondan, ko‘chirish jarayonida Navoiy so‘zi qudratining naqadar kuchli ekanligiga imon 

keltira boshlaganlar va maftunkor she’riyat sehri ularni batamom o‘z og‘ushiga olgan. 

Ko‘pchilik xattotlar Navoiyning biror-bir asarini ko‘chirib bo‘lishgach, o‘sha asar ruhi 

ta’siridan chiqolmay, o‘z taassurotlarini kitob oxirida qayd etib ketishgan”

1

.  



        Navoiy asarlaridan “Xazoyin ul-maoniy”ning toshbosma nusxasi ham Komil Xorazmiy 

tomonidan tayyorlangan. Bu nusxa xususida R. Mahmudova shunday yozadi: “1299/1881-82 

yili chop bo‘lgan bu asar to‘rt devondan iborat bo‘lib, uning matnlari Ibrohim Sulton Eroniy 

tomonidan ko‘chirilgan. Navoiyning nashr etilgan devonlari ichida eng mukammallari ana 

shu devonlar desak bo‘ladi”

2



         O‘zbek matnshunosligi rivojining bu bosqichi yana shu bilan ahamiyatliki, bu davrda 

amalga oshirilgan ishlar keyingi matnshunoslik ishlari uchun tayanch manba bo‘ldi. 

Jumladan, P.SHamsiev Alisher Navoiy “Xamsa”  asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda olti 

asos qo‘lyozmadan tashqari  asarning 1880 yildagi Xiva litografik nusxasiga ham murojaat 

etganligini yozadi

3



 

                                                           

1

 

Сирожиддинов Ш. Навоий навосидан баҳра олиб... – Самарқанд: Зарафшон, 1996. – Б.5–6. 



2

 

Маҳмудова Р. Ўзбекистондаги тошбосма матбааларда Навоий асарларининг нашр этилиши тарихидан // Адабий мерос, 



1968. – 

№ 1. – Б.101. 



3

 

Шамсиев П. Ўзбек матншунослигига оид тадқиқотлар. . – Т. : Фан, 1986. – Б.34. 




 

Download 442.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling