Mavzu: XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti Reja


yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Novgorod Pskovdan yordam sо‘raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va’da beradi


Download 22.42 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1552585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisod-fayllar.org

1348 yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Novgorod Pskovdan yordam sо‘raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va’da beradi. Shvedlar mag‘lubiyatga uchratilib, Pskov va Novgorod о‘rtasida Bolotovo qishlog‘ida bitim tuziladi va Pskov respublikasi mustaqil davlat bо‘lib qoladi. Keyinchalik, markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi jarayonida 1510 yilda Pskov siyosiy mustaqillikni yо‘qotadi. Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche hisoblanardi. XIII asr boshlarida mо‘g‘ullar xoni Temuchin barcha mо‘g‘ul qabilalarini о‘z hokimiyatiga birlashtirdi. 1206 yildagi Qurultoyda u butun mо‘g‘ullar xoni - Chingizxon deb e’lon qilindi va Mо‘g‘uliston davlatiga asos soldi. Chingizxon kо‘p xalqlar va davlatlarga yurish qilib bosib oladi. U dastlab buryatlar, yoqutlar, uyg‘urlar va boshqa xalqlarni, keyin esa Shimoliy Xitoy va Koreyani, sо‘ngra О‘rta Osiyo va Kavkaz ortini istilo qiladi. Ruslarning mо‘g‘ullar bilan ilk tо‘qnashuvi 1223 yilning 31 martida Kalka daryosi bо‘yida bо‘ladi

  • 1227 yilda Chingizxon о‘limidan keyin hokimiyat uning о‘g‘illari о‘rtasida bо‘lib olinadi. Mо‘g‘ullarning yangi urushlari Botuxon va Subutoy bahodir boshchiligida 1237 yilda boshlanadi. Mо‘g‘ullar 140 ming lashkari bilan Mordva о‘rmonlari orqali о‘tib, о‘sha yilning qishida Ryazan knyazligiga bostirib kirishadi. Ryazan knyazi Vladimir va Chernigov yerlaridan yordam sо‘raydi, lekin uning murojaati qabul qilinmaydi. Knyazlikning Yevpatiy Kolovrat boshchiligidagi 1700 kishilik drujinasi partizanlik harakatlarini olib boradi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovichning qо‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. 1238 yil fevralida mо‘g‘ullar Oka va Volga oralig‘idagi 14 ta rus shaharini, shu jumladan, Vladimir shahrini ham qamal qilib, kо‘plab kishilarni asir oladi. 1238 yil martida Sit daryosi bо‘yidagi jangda Yuriy halok bо‘ladi. Rus osmonini dahshatli gulxan qoplaydi. Shundan sо‘ng mо‘g‘ullarning Rus yerlariga hujumi 1239 yildan boshlanib, ular Shimoliy-Sharqiy Rusni, 1240 yilda Janubiy-G‘arbiy Rusni bosib oldilar va Kiyev taslim bо‘ldi. Keyin Botu qо‘shinlari Vengriya, Polsha, Chexiya va boshqa davlatlar hududiga kirib bordi, lekin holdan toyganligi uchun orqasiga qaytib, 1243 yilda Qipchoq dashtlarida Astraxan yaqinida Oltin О‘rda davlatiga asos soldilar. Uning poytaxti Saroy-Berka shahri (hoz.Astraxan) bо‘ldi.

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling