Mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi va XX asrda Movarounnaxrda tarbiya, maktabva pedagogik fikr taraqqiyoti


Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo‘shgan hissasi


Download 41.76 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi41.76 Kb.
#1015891
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 -mavzu

2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo‘shgan hissasi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi ham rivojlana boshladi. O‘qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. O‘zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy edi. Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg‘ilon — 1850 y. Marg‘ilon)-XIX asr Qo‘qon madaniy muxitning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri etuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jahon Otin Uvaysiy Marg‘ilon shahar CHilduxtaron maxallasida, Farg‘ona tumani, Arsun qishlog‘ida tug‘ilib yashagan. Uning otasi Qaynar devona yoki Devonai Kalandar deb yuritilgan. (Uning ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining nomi esa CHinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan katta Oxunjon xofiz degan o‘g‘li ham bor edi. Qaynar devona Kocondan kelib, marg‘ilonda turg‘un bo‘lib qolgan. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo‘lib, maktabdorlik qilgan va mahalla ahli qizlarini o‘qitgan.
Dastlab Jahonbibi ota-onasi va akasining ko‘magida o‘z-o‘zicha mutolaaga beriladi. O‘zbek, tojik mumtozlari, ayniqsa Jomiy, Fuzuliy asarlarini sevib o‘qib, ulardan o‘rganadi. Uvaysiy taxallusi bilan she’rlar mashq qila boshlaydi. U aruz vaznini hamda u bilan bog‘langan muammo san’atini mukammal egallaydi. 
Uvaysiyning maktabdoshlik faoliyati qaysi yillarda boshlanganligi ma’lum emas. Ammo u turmushga chiqquncha, shoira, otincha sifatida anchagina tanilib qolgan edi. Onasi CHinnibibi o‘qitadigan qizlar maktabida avval xalifalik qilgan, keyinchalik uning o‘zi mustaqil tarzda qizlarni o‘qita boshlagan. 
Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan Jaxon otin o‘zi mustaqil ravishda Xofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi sharq she’riyatining buyuk namoyondalari ijodini o‘rganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida Marg‘ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyotga do‘st va ma’rifatli inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand ko‘radi.
Jaxon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg‘ilon va uning atrofidagi qizlarni o‘qita boshladi. Qizlarga xat-savod o‘rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r yozishning uslublarini ham o‘rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g‘azallarida ham o‘z ifodasini topgandir:
Uchradi kaydin menga, chun Oy ila Kun ikkisi,
Ko‘rdam ahvolini alar Farhodu Majun ikkisi.
Zexni gavvosimni soldim fazal bahrin ka’riga,
CHun sadaf batnida onlar duru maknun ikkisi.
SHaxri dilda akl shoxun lashkardur beshmor,
YUz tuman lashkarga keltirdi shabixun ikkisi.
Keldikim ikki pari gul talab aylab kanot,
Ilm koni ichra Vaysiy, bo‘ldi mamnun ikkisi.
SHunisi diqqatga sazovorki, shoira o‘z toliblari va shogirdlarining yutuqlaridan quvonib, ularga muvashshaxlar ham bag‘ishlagan. Masalan: Jahon gulzorida xoki kudumingdan etar ziynat, o‘iromingdan topar jon gulshanu oroyshu nazhot. Bu Jaxon bibi ismi shogirdiga yozilgan muvashshax bo‘lib, Jaxon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli qizlar Uvaysiydan ilm o‘rganganlar. Ular ham Jahon otin yordamida fors-tojik, turkiy tillarda yuksak saviyadagi she’rlar yozishga qodir shoiralar bo‘lganlar.
Uvaysiyning hayoti o‘z davrida Markaziy Osiyoning katta ilm-fan va madaniyat markazlaridan bo‘lgan Marg‘ilon hamda Qo‘qonning iste’dodli adib va shoirlari davrasida o‘tdi. U Mohlaroyim — Nodira bilan ijodiy hamkorliqda bo‘lgan. Saroyda she’riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Nodira Uvaysiyni o‘z himoyasiga oladi. Ikkala shoira egachi-singil tutinadilar. Nodira egachisiga Qo‘qondan hovli-joy in’om qiladi. Uvaysiy Qo‘qonda Nodiraning eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo‘lib qoladi. Halq orasida tobora uning obro‘yi, shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qaerga borsa, Uvaysiyni ham o‘zi bilan birga olib boradi. Nodira bilan u Konibodom, Xujjand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon, O‘sh va boshqa shaharlarda bo‘ladi.
Buxoro amiri Nasrullo 1842 yilda Qo‘qonni talon-toroj qilib, Nodirani vaxshiyona o‘ldirgandan keyin, Uvaysiy Marg‘ilondan butunlay ketib qoladi va umrining oxirgacha u Qo‘qonda yashaydi.
Uvaysiyning muallimlik faoliyatini o‘rganar ekanmiz, uning o‘qitish usullari haqida, o‘sha davrdagi qizlar maktabi, ularning mazmunida otinlarning o‘rni haqida muayyan ma’lumotga ham ega bo‘lamiz.
XIX asrda O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiya muammolari bilan maxsus shug‘ullanuvchi mutaxassislar, olimlar, mutafakkirlar bo‘lmagan. Lekin davrning ilg‘or kishilari shoir va mutafakkirlari o‘z ma’rifiy qarashlari asosida ta’lim-tarbiyani rivojlantirganlar. SHubxasiz, ta’lim-tarbiyaning mohiyati, ijtimoiy roli, maqsad va vazifalari, tarbiyachining ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni singari masalalar haqida u yoki bu shaklda o‘z fikrini bildirmagan, chinakam tarbiyachi bo‘lishi qiyin.
O‘tmishdagi barcha sharq mutafakkir va shoirlari singari o‘zbek otinlarining ham pedagogika nazariyasiga oid asarlari yo‘q. Lekin ularning ko‘pchiligida nazm iqtidorli bo‘lganligi tufayli bizga meros qilib qoldirgan she’riy durdonalariga asoslangan holda ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari, halqqa ma’rifat tarqatish sohasidagi intilishlarini aniqlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, pedagogika ularning asarlariga singib ketgandir. Ana shunday ma’rifatparvar o‘zbek ayollaridan biri, halqimiz orasida Uvaysiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan shoira Jahon Otin Uvaysiydir. 
U 1796-97 yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab halifalik va keyinchalik mustaqil ravishda otinlik qilgan Jahon otin o‘z maktabida ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos ilg‘or usullarni qo‘llashga harakat qilganligini ko‘ramiz.
Avvalo, shuni ta’kidlash keraki, XIX asr sharoitida maktablarning aniq ta’lim tizimi haqidagi gapirish bir oz kiyin.
Bu davrda asosan maktablarning, ya’ni ta’lim muassasalarining quyidagicha boshlang‘ich maktablar tuzilishiga ega ekanini ko‘ramiz: 

  1. maktablar:

A) o‘g‘il bolalar maktablari-o‘g‘li bolalarga diniy ta’lim-tarbiya beriladigan boshlang‘ich maktablar;
B) otinoyi maktablari-qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beriladigan maktablar;
V) madrasalar-o‘g‘il bolalarga diniy ta’lim berishuvchi oliy ta’lim muassasalari;
Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim o‘choqlari (otinoyi maktablaridan tashqari) vaqt daromadlaridan kelgan mablag‘ hisobiga ta’minlanardi. 
Qizlarga boshlang‘ich diniy ta’lim beriladigan otinbibi maktablari esa asosan xusuciy bo‘lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv rejasi va dasturiga ega emas edilar. O‘quvchilar ham sinflarga bo‘lib emas, balki bolalar o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib o‘qitilardi.
Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o‘qitib ko‘rish va yangi topshiriq berishdan boshlar edi. Xech bir domla otinoyida o‘ziga xos ishlar, umumiy o‘quv darsligi yo bo‘lmasa o‘quv uslubi bo‘lmas edi.
Otinoyi maktabida o‘qitishning sifati otinoyining bilim darajasiga nihoyatda bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlamoqchimiz. CHunki, qizlar uchun mutlaqo notanish bo‘lgan arab grafikasida o‘qitish va yozishga o‘rgatish nihoyatda qiyin sharoitda kechadi, maktablarni bitiruvchilar orasida ko‘plab oqila va bilimdon qizlar etishib chiqqanligi haqida tarixda misollar ko‘p.
Uvaysiy Umarxon saroyida shoir sifatida she’r san’atidan, musiqadan shu tarzda muallimali qilgan. Jaxon Otin Uvaysiy faoliyat ko‘rsatgan qizlar maktabi ham ana shunday ibrat olsa arziydigan bilim o‘choqlaridan sanalgan. O‘zining butun faoliyati davomida halqimiz orzu umidlarini ro‘yobga chiqarishga harakatta qilgan Jahon Otin halqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, go‘zal hayotga erishishning birdan bir yo‘li deb o‘ylab, o‘zining butun umrini yosh qizlarga ta’lim va tarbiya berishrishga bag‘ishladi. O‘zbek ayollarining ma’naviy ozodligi ularning nazm dunyosiga kirib, baralla kuylashida muhim o‘rin tutadi. 
Jaxon otinning murabbiylik faoliyati nimadan ibrat bo‘lganligiga bir misol va bu faoliyatning kichik bir lavxasi. 
Uvaysiyning avlodlari shoiradan 4 ta devon qolganini aytdilar. Uvaysiyning o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan devonlaridan ikkitasi yoshlik chog‘ida yo‘qolgan. Qolgan ikkitasi Andijonlik lo‘li xotin olib ketib yo‘qotgan. Ulardan ko‘chirilgan uch nusxa qo‘lyozma devon Andijon Davlat pedagogika instituti kutubxonasida saqlanmoqda. 
Uvaysiy xaqiqiy do‘stni «sohibi idrok» aqli raso bo‘lishi lozimligini ta’kidlash bilan aqliy tarbiyaga e’tibor beradi. 
U o‘z asarida halqning ongi, tili, dilida yod bo‘lib ketgan xikmatli so‘zlar, maqollar, iboralardan keng foydalanadiki, Bular ham uning asarlarini tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi. 
Jaxon otin Uvaysiy o‘zbek pedagogikasi maktablari tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk shaxs.
U o‘zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak o‘ringa ega. Uvaysiyning ma’rifiy faoliyatida uning ayollar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san’ati, qobilyatli qizlar bilan ish usullari alohida o‘ringa ega. U o‘z davrining yosh tolibalariga hayotga muxabbat tuyg‘ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiyalash vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan chiston topishmoq usullarini yaratishni o‘rgatgan. SHuning uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr maktablari ta’lim - tarbiya tizimi mazmuniga kiritish muhimdir. 
SHoiraning Navoiy, Fuzuliy g‘azallariga bog‘lagan ko‘plab muhammaslari va naziralari, Bedil she’rlariga izdoshligi Uvaysiyning poetik balog‘atidan dalolat beradi. SHoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va ma’rifatparvarlik g‘oyalarida latif va dilkash asarlar yaratadi, asarlarida insonni e’zozlash, odamning tabiat va hayot noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishga undash, do‘stlik, vafo va sadoqat kabi o‘zining ulug‘vor niyatlarini Qur’on oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishdi. Uning she’rlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli bo‘lgan talqinlar ko‘p uchraydi. SHoira shunday yozgan edi:
Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo‘q ogoh, 
Qabih guftor mardumdin ko‘ngul dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi.
SHoiraning bu kabi orifona satrlari Alisher Navoiyning insonni komillik yo‘lidagi izlanishlarida tasvirlagan — yuz kufrga ketganda ham bir tavba qilishni xayoliga keltirmaydigan, pokni nopokdan ajrata bilmaydigan dilozor kishilarni qattiq qoralagan satrlariga hamohangdir.
Uvaysiy o‘z asarlarida insonga xos bo‘lgan ilohiy muhabbat tuyg‘ularini e’zoz bilan kuylaydi. Tabiatning hisobsiz go‘zalliklari mavjida ishq hissiyoti ham shaloladek tug‘yon uradi. Bu ishq-sevgi hayotni qadrlashga, uning lazzatlaridan bahramand bo‘lishga chaqiradi. SHoira muhabbat tuyg‘ulari zavqiga berilib, bora-bora uning nozik qa’riga nazar tashlaydi:
Zaboningni keturgil, ey shakarlab to‘ti guftora, 
Nechukkim marhamat o‘lsun necha mendek dil afgora.
Nigohing tashlag‘il, lutf aylabon, ey sho‘xi beparvo, 
Yo‘lingda intizor o‘lg‘on meni bul oshiqi zora.
Uvaysiy dastlab yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb to‘rida avaylovchi vafodor yorni ulug‘lar ekan, uni quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh har tong ufqdan bosh ko‘tarib o‘zining otashin nuri bilan olamga, odamlarga o‘z mehr va shafqatini sochadi. SHoira yor va oftob tashbehlarini qarshilantirish san’ati orqali katta mahorat bilan eng go‘zal tuyg‘ular silsilasini guldasta qiladi. Uning lirik qahramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq. Shuning uchun ham shoira:
Vaysiy, boshing uzra qo‘y, xurshed tal’at yorni, 
Bilmadingmu zarralar boshinda dastor oftob, —
deb vafoli yorni eng zarif satrlar bilan ulug‘laydi. Uning uchun yor bilan suhbat, do‘st bilan mubohasa, dilkash mutrib taronalari yuksak bir sharafdir.
Ma’lum bo‘lishicha, Uvaysiy uzoq vaqt maktabdorlik ham qilgan. U o‘z davrining yosh toliblariga Alloh kalomi bo‘lgan Qur’on va hayot go‘zalliklaridan saboq bergan. U talabalar uchun tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa ta’lim-tarbiya vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan chiston-topishmoqlar yaratgan. Uning anor haqidagi mashhur chistoni o‘zining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko‘zga tashlanadi:
Bu na gumbazdur, eshiga, tuynugidin yo‘q nishon, 
Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon? 
Tuynugin ochib alarning holidan olsam xabar, 
YUzlarida parda tortug‘liq tururlar bag‘ri qon.
Uvaysiyning lirik she’rlaridan tashqari «SHahzoda Hasan», «SHahzoda Husan» kabi liro-epik asari va «Voqeoti Muhammad Alixon» kabi tarixiy dostonlari mavjud. SHoiraning liro-epik dostonlari islom tarixi bilan bog‘liq voqealar asosida yaratilgan bo‘lib, bu Uvaysiyning o‘z davrini bilimdon otini — muallimasi va dinimiz tarixidan chuqur xabardorligidan dalolat beradi.
Uvaysiy hayotiylik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur bo‘ldi va zamondoshlarining e’tiborini qozondi. Uning zamondoshi va izdoshi shoira Dilshod — Barno o‘zining Nodirabegimga bag‘ishlangan «Tong mahal chiqdi haramdin turfa moh» deb boshlangan g‘azalida Nodira bilan bir qatorda Uvaysiyni ham juda katta e’zoz bilan xotirlaydi:
Kim? — dedim, Nodira — dedilar ani, 
Yonida Vaysiy turur olampanoh. 
Har biri ming shoira o‘rnidadur, 
Ikkovi birla tulur har borgoh.
Uvaysiy asarlari o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan davrlar osha muxlislar qalbiga bitmas-tutanmas estetik zavq bag‘ishlab kelmoqda. Ular xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari bilan hozirgacha kuylanib keladi.



Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling