mavzu: XIX asrning 30-70 yillarida Lotin Amerikasi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli rеja: soat


Download 33.82 Kb.
bet1/6
Sana10.04.2023
Hajmi33.82 Kb.
#1348033
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 MAVZU XIX asrning 30 70 yillarida Lotin Amerikasi davlatlarining


7-MAVZU: XIX asrning 30-70 yillarida Lotin Amerikasi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
RЕJA: 2 soat.
1. Ispaniyaning Amerikadagi istilolari.
2. Ispan mustamlakalarining XVIII asr oxiri -XIX asr boshlaridagi milliy ozodlik inqiloblari.
3. Lotin Amerikasida mustaqil davlatlarning vujudga kelishi.
4. Argentina XIX asr oxiri - XX asr boshida.


MAVZU BO’YICHA TAYANCH TUSHUNCHALAR: X.Kolumb. Konkistadorlar. Tordesilyas shartnomasi. Metropoliya. Mustamlaka. Vest-Indiya savdo kompaniyasi. Kontrabanda savdosi. Plantatsiya. Enkomenda. Qosiq. Kreol. Komuneros. Frantsisko de Miranda. Gaiti oroli. Tussen Luvertyur. Vatanparvarlik xuntalari. Xose San- Martin. Simon Bolivar. Lyanerolar. Volontyerlar. Angostura. Syudad Bolivar. Frantsisko de Paula Santander. Idalgo. Morelos. General Iturbide. Imperator Pedro. Libertadorlar. Liberallar. Konservatorlar.
1. ISPANIYANING AMERIKADAGI ISTILOLARI.
1492 yilda Ispaniya qiroliga xizmat qilayotgan Xristofor Kolumb Amerikani kashf etgach, bu erga ispan mustamlakachilari - konkistadorlar yopirilib kela boshladi. Ular sarguzasht izlovchilar, kambag’allashgan dvoryanlar, monaxlar, sobiq jinoyatchilar, oson yo’l bilan boyishni ko’zlagan odamlardan iborat edilar. Ular safida yaxshi xayotni orzu qilgan dehqonlar va hunarmandlar ham ko’pchilik edi. Jasur va shafqatsiz ispan konkistadorlari 50 yil davomida hozirgi Lotin Amerikasining katta qismini egallab oldilar, shu jumladan ular Meksikada atsteklar va mayyalar davlatini, Peruda inklar davlatini bosib oldilar. Braziliya esa portugallar tomonidan bosib olindi.
1494 yilda Ispaniya va Portugaliyaning Amerikadagi mulklarining chegaralarini belgilash yuzasidan Tordesilyas shartnomasi tuzildi. Bu shartnomaga ko’ra Janubiy Amerikaning Braziliyadan tashqari barcha hududi, butun Markaziy Amerika va Karib havzasi, Shimoliy Amerikaning ancha qismi Ispaniyaga tegishli bo’ldi.
Hindular davlatlarining kam sonli ispan mustamlakachilaridan mag’lubiyatga uchrashlarining asosiy sababi ispanlarda hali hindular ko’rmagan-bilmagan o’qotar qurollar va otning borligi edi.
XVII asrga kelib ancha mustahkamlanib olgan Gollandiya, Angliya va Fransiya ham Amerikaga kirib kela boshladilar. Ular bu erda Kyurasao, YAmayka, Gaitining 1/3 qismini va Karib dengizidagi boshqa orollarni egalladilar, ular ilgari Ispaniyaga tegishli edi.
Barcha Yevropa davlatlarining Amerikadagi mustamlakalarda aholini asoratga solish tizimlari bir-birlariga o’xshash edi. Bu erdagi inson resurslari va tabiiy boyliklar Yevropalik hukmdorlarning mulki hisoblanib, mustamlakalarning metropoliyalar bilan bo’ladigan tovar ayirboshlash jarayoni qattiq monopoliyalashtirilgan edi.
Ispaniyada Amerika bilan bo’ladigan savdo 1503 yilda tashkil etilgan Savdo palatasi tomonidan faqat Ispaniyaning Seviliya porti orqali amalga oshirilardi, 1717 yildan boshlab Kadis porti ham bu savdoga qo’shildi. Bundan tashqari 1561 yildan boshlab ispan savdogarlari Amerikaga harbiy kemalar kuzatuvida yuboriladigan savdo flotiliyasi tarkibidagina yanvar (Panamaga) va avgust oylarida (Yangi Ispaniya - Meksikaga) borishlari mumkin edi.
XVII asrning 60 yillaridan boshlab Portugaliya ham Braziliya uchun ana shunday tartib o’rnatdi.
Fransiya mustamlakalarida 1664 yildan boshlab Vest Indiya kompaniyasi, u tugatilgach Fransiya hukumatining Qirollik kompaniyasi (1674 y) savdoda yakka hukmron edi. Gollandiya mustamlakalarida Niderlandiya Vest-Indiya kompaniyasi hukmronlik qilardi. Angliyaning savdo monopoliyasi 1651 yildagi «Navigatsion akt»dan boshlandi. Barcha davlatlar o’z mustamlakalarini boshqa mamlakatlar bilan savdo qilishlarini taqiqlab qo’ygan edilar va kontrabanda savdo taqib qilinardi.
Savdo monopoliyalari turli taqiqlash va cheklashlar yo’li bilan mustamlakalarni xom ashyo qo’shog’iga aylantirgan edilar va teng bo’lmagan savdo orqali bu mustamlakalarni talab, juda katta boyliklarni qo’lga kiritardilar. Mustamlakalar aholisi zimmasiga turli soliqlar yuklatilgan edi.

Download 33.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling