Mavzu: XIX asrning II yarmi – XX asr boshlarida Xiva xonligida tarixnavislik Mundarija: Kirish 2 I bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi 7


Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar tahlili


Download 226.5 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi226.5 Kb.
#1379793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xiva xonligida tarixnavislik

2.2. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar tahlili
Mustaqillik yillarida o‘rganilishi Mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligidagi ichki va tashqi savdo aloqalari, bozorlar, savdo rastalari va soliq tizimi haqida ma`lumotlar qayd qilingan.Tadqiqotchi H. Ziyoev ichki savdo haqida yozish jarayonida XIX asrning 70-yillarida Xiva shahar va qishloqlarida haftada ikki marta bozor bo‘lishi, bundan tashqari Xiva shahrining o‘zida 400 savdo do‘koni, karvonsaroyda 105 savdo rastasi mavjud bo‘lganini ta'kidlagan.
A.Abdurasulov ham Xiva bozorlari haqida fikr yuritib, boshqa mualliflardan farqli ravishda xonlikdagi qul bozori haqida yangi ma'lumotlarini keltirgan.
H. Ziyoev Xivaning tashqi savdosiga ta'rif beraturib, Xivadan Rossiyaga, Eronga tuya karvonlari qatnagani, Buxoroga esa mollar tuyalardan tashqari, suv yo‘li orqali kemalarda ham jo‘natilganini qayd qilgan.
M. Mahmudov XIX asrning 80-yillariga kelib Xiva xonligi bilan Turkiston general-gubernatorligi shaharlari orasida savdo-sotiq va boshqa tarzdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilganini va bunda Amudaryo kemachilik idorasining ro‘li katta bo‘lganini yozadi. Muallif ”Kavkaz-Merkuriy” va “Xiva” nomli birlashmalar ko‘magida 1887 yildan "Sar” va “Saritsa” nomli paroxodlar Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y shaharlari orasida odamlar va yuklarni tashishni tashkil qilgani, bu esa savdoning rivojida ahamiyatli ekanini bayon etishi bilan Xivadagi nafaqat tashqi savdo, balki kemachilik sohasida ham keng ma'lumotlarni qayd qilgan.21
I. Jabborov: “Xiva xonligida XIX asr oxirida Amudaryoda mahalliy ustalar yasagan 330 katta va o‘rtacha, yuzlab mayda kemalar suzib yurgan. Katta kemalar 500 puddan 2000 pudgacha, o‘rtachalari 100 dan 500 pudgacha va kichiklari yuz pudgacha yuk ko‘targan. Bu kemalar o‘ziga xos bezaklar bilan bezagan”, - degan ma'lumotni qayd qilgan. Xuddi shunday ma'lumotni F.Ernazarovning tadqiqotida va birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov tomonidan yaratilgan kinolavhada ham kuzatish mumkin. Bundan ko‘rinadiki, Xiva xonligida kemachilik keng rivojlangan bo‘lib, Xivaning kema yasaydigan ustalari mustahkam kema va qayiq yasashda o‘zlarining mahoratini namoyish etganlar. Tadqiqotchilar Mahmudov va I.Jabborovlarning asarlaridan Xorazmdagi kemasozlik soxasi, dastlabki kemachilik idoralarining faoliyati, xonlikning suv yo‘li orqali qilgan savdo aloqalari xususida keng ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: “Tilla”, “tanga” va “pul”. Tadqiqot jarayonida Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani ko‘zga tashlanadi. So‘nggi Xiva xoni - Sayid Abdullaxon davrida pullar atlas matoga bosib chiqarilib, manot deb yuritila boshlangan, uni xivaliklar “turma qog‘oz” (“turma qog‘oz”ning chiqishi Junaydxon faoliyati bilan ham yuritganlar.
Shuni aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi ahvolda bo‘lganligidan pullar yaxshi daftar qog‘ozlariga chiqarilavergan. Fikrimizcha, Xiva xonligidagi iqtisodiy qiyinchiliklarning muhim sabablari - Rossiya istilosidan keyin Xiva xonligi birliklarining qadrsizlanganligi, pul muomalasining majburan o‘zgartirilganligi, oltin va kumush pullarning markazga yig‘ilishi, asossiz pul islohotlari o‘tkazilgani bo‘lgan. Shu bilan birga, Xiva xoniga pul zarb qilishning taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul birliklarining muomalada bo‘lganligi ham xonlikning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlagan. Xiva xonligida Rossiyadagi kabi mol-mulkka qarab ayirmachilik bo‘lmagan. Har qanday xivalik bir vaqtning o‘zida savdogar, navkar, dehkon, hunarmand bo‘lishi, yerga yoki boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Lekin hamma majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etishi lozim edi. Xonlikdagi soliq va majburiyatlar masalasi ham mustaqillik davri tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. 22
Jumladan, H.Ziyoev ma'lumotiga ko‘ra, qoraqalpoqlar o‘zbeklar kabi bir xil soliq to‘lashgan. Biroq, ular xon talabi bilan urushga chiqishga majbur bo‘lganlar. Turkmanlar esa o‘n xonadondan bitta navkar berishlari lozim bo‘lib, buning evaziga xon oila boshiga 10 tanobdan yer bergan. Arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarda bu o‘z tasdig‘ini topgan. Unga ko‘ra, general-mayor Susanin: “Turkmanlar suv solig‘i to‘lamas edilar, ammo ular harbiy xizmatga chairilar edi…”- deb qayd qilganligi ma'lum bo‘ldi. “Xiva qozilik hujjatlari” va “Manbashunoslik” kitobida yozilishicha, Xiva xonligida faqat sayidzodalargina hech qanday soliq to‘lamaganlar, kanal va ariq tozalashga ham chiqmaganlar. “Xiva qozilik hujjatlari” dagi 86-raqamli hujjat Xiva xoni Sayid Muhammad soniyning yorlig‘i bo‘lib, unda 13 xojaning (Muhammad Eshon avlodlari) davlat soliqlari, solg‘ut, olg‘ut, hashar, qazuv ishlaridan ozod etilganli,Xiva xonligining harbiy salohiyati qo‘shinning ahvoli, qurol-aslahalarning turlari xususida ayniqsa H. Ziyoevning ma'lumotlari ishonchli va to‘liq yoritilgan. Chunki muallif o‘zining diqqat markazini arxiv materiallari ma'lumotlariga qaratgan. H.Ziyoev Xivada navkarlikka olinuvchilar ko‘pincha soliq to‘lashga qurbi yetmaydigan yetmaydigan kambag‘allar bo‘lib, ularga maosh to‘lanmagani, o‘z otlarini minib harbiy yurishlarda qatnashganliklarini ta’kidlaydi. Muallifning yozishicha, jangda qo‘shindagi otlarga yem-xashak, o‘zlariga esa oziq-ovqat berilmagan. Mehtar buyrug‘i bilan ularning otlariga tamg‘a bosilgan va bu otlar lashkarga tegishli bo‘lgan. Yurishlarda yo‘lda o‘lgan ot uchun egasiga atigi 5 tiyin to‘langani bois, ko‘plar yurishga nochor ot bilan chiqishgan... Tinchlik vaqtida esa navkarlar o‘zlarining xo‘jalik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, yurish boshlanishidan oldin bozorlarda jar solib, ularni chaqirishganini qayd qilgan151.
Arxiv hujjatlarida bu haqda quyidagicha ma'lumot mavjud:”Harbiy xizmatga tortilgan turkmanlar janglarda qatnashish uchun o‘zlarining otlari va qurollari bilan borishlari kerak edi... hattoki ularning o‘zlariga oziq-ovqat, otlariga yem-xashak ham berilmagan...”. Demak, H.Ziyoev ma'lumotlarining arxiv hujjatlari asosida yozilgani haqida fikrimizni asosli desak, yanglishmaymiz. Xiva xonligidagi qo‘shinning yomon ahvolga kelib qolganining sababini aniqlash xonlikdagi davlat boshqaruv tizimini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki davlat hokimiyatining mustahkam bo‘lishida boshqaruv tizimi qanday tashkil etilgani muhimdir. Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi, mavjud amal va unvonlar va ularning egalari haqida mustaqillik davri tadqiqotchilaridan M. Matniyozov, A. Sotliqov, Q.Munirov, Davlatyor Raxim, Shihnazar Matrasul, Sh. Vohidov, N. Polvonov, S. Soburovalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. 23
Ma’lumki, Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davlat hokimiyatining boshqaruv apparatini tartibga keltirgan va ixchamlashtirgan. Abulg‘oziy Bahodirxon davrida ta’sis etilgan 360 davlat lavozimini qisqartirib, 100 lavozim ta'sis etgan. Tadqiqotchi S. Soburova o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida xonliklagi amal va unvonlarning to‘liq nomlarini, ularning ma'nosi, amaldorlarning shaxsi va ularga to‘lanadigan maosh xususida fikr yuritgan. Tadqiqotchilar M. Matniyozov va A. Sotliqovlar ham bu davrga kelib davlat xodimlariga to‘lanaligan ish haqi uchun fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan pul undirib olish qat`iyan ta'qiqlangan, amaldorlarning barchasiga mansab darajasiga qarab ish haqi uchun xon tomonidan oylik maosh belgilangani, quyi lavozimdagilarga xazinadan yiliga 3 tilla, saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorlarga esa 350-500 tillagacha maosh to‘langanini ta'kidlaydilar. 24
Shuni aytish lozimki, mualliflar tadqiqotlarini yozishda mahalliy va rus manbalari ma'lumotlari va arxiv hujjatlaridan fondalanganini ta'kidlaganlar.
Davlat lavozimlari haqida fikr yuritganda shuni ta'kidlash lozimki,”Sayid Islomxo‘ja” risolasida davlat amaldorlarining avlodlari ham shu kasb-kor egalari bo‘lganligi ta'kidlanadi. Jumladan, Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Sayid Islomxo‘janing otasi Ibrohim xo‘ja, keyin amakisi Sayid Abdullaxo‘jalar Muhammad Rahimxon II davrida vaziri a'zam lavozimida bo‘lganlar.
Tadqiqotchi Q.Munirov Munisning mirobligidan keyin uning jiyani Ogahiy, undan keyin esa Ogahiyning amakizodasi Muhammad Karimbek mirob vazifasiga tayinlanganini yozadi. Bunday ma'lumotlar, Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasulning asarida ham qayd qilingan. “Firdavs ul-iqbol» asarida Munisning 7-8 ta ajdodi mirob va boshqa lavozimda ishlaganligi qayd qilingan.
Umuman olganda, N. Polvonovning “Xiva xonligida mansabga qo‘yish tartibi” maqolasidagi fikriga qo‘shilgan holda shuni aytish mumkinki,Xiva xonlari tomonidan davlat lavozimlariga bilimli, ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan shaxslar tayinlangan bo‘lib, bu kishilar xonlarga mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni saqlashda xizmat qilishgan. Natijada ko‘plab manbalar o‘rganilib, ilmiy jihatdan tadqiq qilinmoqda;
mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan xonlida kechgan siyosiy jarayonlar va islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, xonlikning xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Ushbu masalalar yuzasidan risola va maqolalar nashr etildi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Biroq, Xiva xonligi tarixshunosligiga doir tadqiqot qilinmaganini aytish joiz.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva xonligi tarixining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid keng ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish tarixshunoslar oldiga katta vazifa qo‘yadi.
Xulosa
Mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan tarixiy asarlar Xiva xonligida ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xalq hayoti va turmush tarzi, madaniyatini chuqurroq anglab yetishga, Rossiyaga qaramlik sharoitida o‘zlikni saqlab qolishga bo‘lgan intilishni aniqlashga xizmat qiladi. Biroq, ushbu tarixnavislar asarlari o‘z davri obyektiv va sub’ektiv sabablariga ko‘ra ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, ularda Xiva xonlarining qo‘shni xalqlarning yer-suvlarini, mol-mulkini xonlikka tortib olish siyosati qo‘llab- quvvatlanadi, ularning milliy ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan harakatlari qoralanadi. Chunki ularning faoliyati xon boshqaruvi siyosati bilan uzviy bog‘liq edi.Shunday bo‘lsada, manbalarni o‘rganish jarayonida mahalliy tarixnavislar ma'lumotlarni imkon qadar haqqoniy yoritishga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin. Bu holatni Ogahiy asarlarida xonlarning davlat boshqaruvidagi faoliyati xususidagi ma’lumotlarida, Bayoniyning Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligida ko‘rish mumkin.
Mahalliy mualliflar asarlarida ma'lum bir sohaga oid ma’lumotlar asarning turli qismlarida uchrab, bu tadqiqotchilar uchun noqulaylik keltirib chiqaradi, biroq shuni ta'kidlash lozimki, ushbu xolat ular asarlarini hukmdorlar topshirig‘iga binoan xronologik tartibda yozganliklari bilan izohlanadi. Shu jihati bilan ham ushbu tarixiy asarlar Xiva xonligi tarixini haqqoniy va ilmiy asosda o‘rganishda muhim manba hisoblanib, o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Sobiq sovet davrida arxiv hujjatlarini o‘rganish, arxeologik va etnografik tadqiqot va izlanishlar olib borish, qo‘lyozma manbalarni o‘rganish sohasida faoliyat olib borilgan. Garchi, bu davrda tarixiy voqealarga partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan kommunistik mafkura asosida yondashilgan bo‘lsada, xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yer egaligi, dehqonchiligi va irrigatsiyasi, me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilganini aytish joiz.
Biroq, Xiva xonligidagi madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xonlikning davlatchilik tarixi siyosiy sabablarga ko‘ra o‘rganilmagan. Chunki sobiq Ittifoq hududida davlatchilik yagona bo‘lgan bir sharoitda davlatlarning tarixi, milliy mansubligi mavhum shaklda aks ettirilgan.
XX-asr 50-yillarining boshlarida tarix muammolarini o‘rganishda konyukturaviy munosabat natijasida “chorizmning mustamlakachi bo‘lishiga qaramay, rus bo‘lmagan xalqlarning, xususan O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shibolinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, degan soxta fikr qaror topgan va tarixchi olimlar tomonidan “kiritilishi”, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” kabi atamalar ishlatila boshlangan. 60–80-yillarning birinchi yarmida tadqiqotlarning muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalar qator tadqiqotlarda yoritilgan bo‘lsa, 80- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “qayta qurish” munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipi tiklana borishi bilan qator respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni xususan, Xiva xonligini bosib olish masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalarga e'tibor kuchaygan.
1916 yildagi Xiva qo‘zg‘oloni xususida sovet davrida ham turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ushbu qo‘zg‘olon 1930 yilda yozilgan P. Alekseenkov asarida “Rossiya imperializmiga qarshi milliy ozodlik harakati” sifatida baholangan bo‘lsa, 1950 – 1960 yillarda G‘. Nepesov, O. Sodiqov asarlarida bu qo‘zg‘olon dastlab ijobiy, keyin «reaksion» deb atalgan bosqichlarga ajratilgan.Shu tarzda bir qo‘zg‘olonga bir tuzumning o‘zida bir-biriga zid ikki xil baho berilgan.T.G.To‘xtametov esa ularning fikrini tanqid qilib, 1916 yilgi voqealarni “butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash edi” deb ta'riflagan.
XIX asrda xorijlik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarda Xiva xonligining geografik joylashishi, siyosiy ahvoli, harbiy salohiyati masalalariga katta e'tibor qaratilgan, madaniyat, xalqning turmush tarzi masalalari esa nisbatan kam o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga xorij tadqiqotlarining deyarli barchasida Rossiya O‘rta Osiyoni, jumladan Xiva xonligini qurol kuchi bilan zabt etganligi qayd qilingan. Biroq, ushbu tadqiqotlarning o‘zida ham mustamlakachilik kayfiyati tasvirlanganini aytish joiz. Mustaqillik yillarida Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini yoritishda birlamchi manbalarga, arxiv hujjatlari ma'lumotlariga asoslanib, ilmiy adabiyotlar, risola va maqolalar nashr qilindi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Tadqiqotlarda xonlikda kechgan siyosiy jarayonlar, mamlakatda olib borilgan islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo, Xiva xonligining xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma'lumotlarni qamrab olgan.

Download 226.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling