Mavzu: XIX-XX asr lirik asarlaridagi badiiy san‘at turlarini o'rganish usullari
Download 11.6 Kb.
|
kurs ishi reja
Mavzu: XIX-XX asr lirik asarlaridagi badiiy san‘at turlarini o'rganish usullari. Reja: KIRISH ASOSIY QISM I BOB. XIX-XX asr lirikasi va ularda qo'llanilgan badiiy san'atlar. 1.1. Lirik asarlar, badiiy san'atlar haqida umumiy tushuncha 1.2. Sharq mumtoz adabiyotida badiiy san'atlarning qo'llanilishi II BOB. Lirikadagi badiiy san'at turlarini o'rganish ahamiyati. 2.1. Lirik turdagi asarlarni tahlil qilish yo'llari 2.2. Badiiy san'atlarni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar XULOSA ASOSIY QISM I BOB. XIX-XX asr lirikasi va ularda qo'llanilgan badiiy san'atlar. 1.1. Lirik asarlar, badiiy san'atlar haqida umumiy tushuncha Lirika — (yunoncha „Cholgʻu asbobi“ degan maʼnoni anglatadi) adabiy tur sifatida qadimdan rivojlanib, oʻzining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bosh obrazi lirik qahramon hisoblanadi. Lirikada lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning „men“i orqali oʻtadi. Lirikada, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, lirikada subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda lirika emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy „personaj“ ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirika ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. Lirika qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. Lirika Gʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz lirikasi xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra XVIII-XIX asrlarda I. V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar lirika sohasida samarali ijod qildilar. XX asrda lirika shakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A. Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. XX asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida lirika muhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. Lirika jahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. Lirikadagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. XX asr dunyo adabiyotida va, qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern lirikada shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki — sirli musiqadorlik mavjud. L.dagi xarakter ham, konflikt ham subʼyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, lirikada konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodalarda yaqqol aks etadi. Lirikada badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi.1 Lirik asarlarda qahramonning munosabatini inobatga olgan holda, lirika 2 turga boʻlinadi. Bular: Avtopsixologik va Ijroviy lirika. Avtopsixologik lirika deyilganda, lirik qahramon va shoirning oʻy-fikrlari, his-tuygʻulari bir-biriga oʻzaro mos tushgan payt hisoblanadi. Masalan, bunday turdagi sheʼrlarda shoir oʻz qalbiga murojaat qiladi va oʻzining ichki kechinmalarini qogʻozga tushiradi. Ijroviy lirikada esa shoir oʻzga shaxs ruhiyatiga kirib, oʻzganing tilidan fikr yuritadi va natijada ana shu oʻzga shaxs she'rning lirik qahramoniga aylanadi. Shuningdek, shoir va lirik qahramonning oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoki oʻxshashlik boʻlmaydi. Yaʼni, shoir oʻzga bir odamning his-tuygʻularini qogʻozga tushiradi va goʻyoki rol oʻynaydi.2 Poetik „men“ va biografik „men“ lirikaning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub „Aldanish“ sarlavhali sheʼrini turlicha talqin etishlari buning isbotidir. Lirik asar aksar holatlarda har qanday insonga tushunarli, uning dardiga, zavqiga mos boʻladi. Ammo jahon adabiyotida „sanʼat sanʼat uchun“ qoidasiga muvofiq ravishda „sof sanʼat“, „sof lirika“ tushunchalari ham vujudga kelgan. „Sof lirika“ xususiyati shuki, bunda „men“ sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini koʻzlamaydi; individual ruhiy holat misralarga koʻchadi. Adabiyotshunoslar lirikani mavzusiga qarab shartli ravishda ishq-muhabbat, falsafiy, peyzaj, publitsistik va boshqa turlarga ajratadilar. Shuningdek, lirika gʻazal, ruboiy, tuyuq, muxammas, qasida, marsiya, sonet singari koʻplab adabiy janrlarga boʻlinib ketadi. Ayni choqda, lirikani davr eʼtibori bilan mumtoz va zamonaviy lirika tarzida tasniflash ham mumkin. 1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/ lirika 2 Adabiy turlar va janrlar [3 jildli], 2-jild., Lirika, T., 1992. Download 11.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling