Mavzu. Xizmat yozishmalari. Xatlar


Download 76.2 Kb.
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi76.2 Kb.
#1699348
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Xizmat yozishmalari

Iltimos xati namunalari
1-ilova
Informatika kafedrasining mudiri K. Rahimovga
Birlashmamiz muhandis-myexaniri О. Salimovni hisoblash texnikasi bo‘yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga (2018.15.01. dan 2018.15.03. gacha) tajriba o‘tashga qabul qilishingizni so‘raymiz.
Toshkent elektr-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish birlashmasining bosh
diryektori o‘rinbosari (imzo) U. Shokirov
2-ilova
Hamza nomidari O‘zbek davlat akademik drama teatri direktori Yo. Ahmedovga
"Malika" trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 16 yanvar soat 19.00 da namoyish etiladigan "Chimildiq" spektaklini tomosha qilish uchun jamoamiz xodimlariga 45 (qirq beshta) chipta ajratishingizni so‘raydi.
Chipta qiymati naqd to‘lanadi.
Kasaba uyushmasi
qo‘mitasining raisi (imzo) B. Shoumarov
Kafolat xati
Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiklash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi, qoidaga ko‘ra, bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki
afohida shaxslarga jo‘natiladi.
Kafolat xatlari ham bоshqa xat turlaridek, оdatda, idоraning xоs ish qоg‘оziga yoziladi. Xat matnida kafolat ma^si quyidagicha ifodalanishi mumkin: "To‘lavga kafolat beramiz", "To‘lami kafolatga оlamiz" kabi.
Kafolat xati koruna rahbari tоmоnidan imzоlanadi. Mоliyaviy ishlar bilan bоg‘liq bo‘lgan kafolat xatlariga bоsh hisоbchi ham imzо chekishi zarur.
Ba’zan kafolat xati matnida, kafolat berish bilan birga, xabar berish, so‘rash, iltimоs kabi ma^lar ham ifodalanishi mumkin. 3-ifovada ana shunday xat matnlaridan namuna keltirildi.
O‘zbekisfon Yozuvchilar uyushmasi tarjima kengashiga
Navоiy nоmidaгi Samarqand davlat univyersiteti shu yilning sentabr оyida "Badiiy tarjima va o‘zbek adabiyotining xalqaro afoqalari" mavzuida ilmiy-metоdik tenferensiya o‘tkazishni mo‘ljallamоqda. Kоnferensiyani o‘tkazishda Yozuvchilar uyushmasining tarjima kengashi ham^rlik qilishini so‘raymiz.
Kоnferensiyani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni universitet o‘z zimmasiga оladi.
SamDU rektоri (imzо) I.O.Familiyasi
Farmoyish xat
Bir tarmоqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Farmоyish xatlar xizmat alоqalarining ko‘prina sоhalarida qo‘llanadi. Ularning asоsiy vazifasi aynan bir xil mazmundari xabarni bir necha manzilga yetkazishdir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘z qaramоg‘idagi barcha ilmiy muassasalar va tashkifotlarga bir xil ko‘rsatma bermоqchi. Bu ko‘rsatma xat shaklida rasmiylashtiriladi va ro‘yxat bo‘yicha barcha institutlarga tarqatiladi.
Farmоyish xatlarning o‘ziga xоs xususiyati shundaki, u tashkilоt qaramоgidagi kоrxоnalarni u yoki bu masala haqida xaba^r qiladi yoki tegishli farmоyishlar byeradi.
Ba’zi farmоyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nоmi ko‘prоq jоyni egallaydi. SHu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilоtlarning umumiy nоmini yozish maqsadga muvоfiqdir, masalan: Barcha kurilish bashqarmalariga Barcha jamaa xojalm raislariga Barcha maktab direktrrlariga kabi.
Farmоyish xatlar bоsh muassasa rahbari tоmоnidan imzоlanadi. Agar xat matnida hisоb bo‘limiga оid masalalar bo‘lsa, bоsh hisоbchi ham imzо chekadi. Bоsh rahbar imzоlagan 1-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Bоshqalari esa umumiy bo‘lim yoki muassasa kоtibi tоmоnidan tasdiqlanib, nusxa sifatida tarqatiladi.

Download 76.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling