1
Mavzu: Xo'jalik subyekti buxgalteriya balansini tuzulishi va ularning tahlili.
REJA:
I.Kirish……………………………………………………………………………..2
II. Asosiy qism…………………………………………………..………..……......5
2.1.
Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital va
majburiyatlar …………………..…………………………………………………...5
2.2. . Balans moddalari va uning boshqa moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga
mosligi ……...……….…………………………………………………………….9
2.3 YUMIX STAR MCHJ korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy
resurslari ………………..………………………………………………………..25
III.Xulosa………………………………………………………….……………...33
IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….………….35
2
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi
. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan
operatsiya siklidan foydalanib, tovarlar va xizmatlarni yetkazib bersa, u holda balans
hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif
yetilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo muomalada bo‘ladigan sof aktivlar bilan
subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar o‘rtasidagi
tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborotga yega bo‘linadi. Shuningdek, u
joriy operatsiya sikli davomida olinishi kutilayotgan
aktivlarni hamda shu davr
ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni ham alohida ko‘rsatishi lozim.
Agar aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi
bo‘lsa va subyektning operatsiya sikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki
iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa, mazkur aktivlar joriy aktivlar qatoriga kiritiladi.
Agar aktivlar qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo‘lsa va
undan hisobot vaqtidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa,
bunday hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif yetilishi zarur. Ushbu tasnifiy jihatlardan
farqli jihatlarda boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif yetilishi
kerak.
Odatda joriy aktivlarning ikki turi tarkiblanadi:
- birinchi turi xo‘jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‘ining bir qismi bo‘lib,
xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy operatsion
sikli davomida olingan yoki
iste’mol qilingan bo‘lishi lozim;
- ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‘lmagan, lekin
savdo yoki investitsiya
maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12
oy davomida
sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12 oy
davomida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari ham
joriy aktivlarga kiritiladi.