uchraydi. TАSNIFI (KLАSSIFIKАTSIYASI) TАSNIFI (KLАSSIFIKАTSIYASI) Funktsional jihatdan tor chanoq homila boshi va chanoq oʼlchamlarining toʼgʼri kelmasligi jihatidan 3 darajaga boʼlinadi. (Kalganova buyicha): I-darajali klinik tor chanoq kuzatilganda: tugʼruq mexanizmi va homila boshining suqulish xususiyatlari normal tugʼruq mexanizmiga mos boʼladi, boshi yaxshi konfiguratsiyalanadi, Vasten belgisi manfiy buladi, Sangemeyster oʼlchami tashqi konʼyugatadan kam, tugʼruq kuchi normal boʼlib,tugʼruq davri 2-4 soatga choʼziladi. II-darajali klinik tor chanoq (nisbiy toʼgʼri kelmaslik) belgilari; II-darajali klinik tor chanoq (nisbiy toʼgʼri kelmaslik) belgilari; tugʼruq mexanizmi va homila boshining suqulish xususiyatlari anatomik tor chanoqshakliga mos keladi, homila boshi keskin konfiguratsiyalanadi, homila boshi kichik chanoq tekisliklarida uzoq turadi, siydik pufagining siqilish belgilari borligi, Vasten belgisi «baravar», Sangemeyster oʼlchami tashqi konʼyugata oʼlchamiga baravar keladi. III-darajali klinik tor chanoq, (mutloq tugri kelmaslik); III-darajali klinik tor chanoq, (mutloq tugri kelmaslik); bunday xolda tugʼruq mexanizmi, va homila boshinig suqilish mexanizmi ushbu tor chanoq, formasiga xos boʼlmaydi, boshning konfiguratsiyasi kam yoki konfiguratsiya butunlay kuzatilmaydi, Vasten belgisi musbat, Sangemeyster ulchami tashqi konʼyugatadan katta, siydik pufagining siqilish belgilari namoyon boʼladi va toʼlgʼoq oʼz vaqtidan oldin keladi. Tugʼruq kuchlari normal, bachadon boʼyni toʼliq ochilgan boʼlishiga qaramay homilaning ilgarilanma harakatlari sust yoki umuman yoʼq, bachadon devorining yorilish havfi. belgilari paydo boʼlishi mumkin. DIАGNOSTIKА: DIАGNOSTIKА: Funktsional jihatdan tor chanoqning diagnostikasi homilador ayolning akusherlik anamnezini oʼrganishdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |