Polimerlar va metall birikmalardan buyumlar tayyorlash
Tariflari keltirilgan bir qator polimerlar bugungi kundalik faoliyatimizda ko‘p uchraydi. Shulardan biri plastmassa trubalaridir. O‘zbekistonda VERO, AKFA, ARTPLAST nomlari bilan bir necha xildagi plastmassa trubalari ishlab chiqarilmoqda. Plastmassa trubalaridan ichimlik suvlari uchun vintellar, kanalizatsiya quvurlari, issiqlikni saqlash qurilmalariga issiq suvni yetkazib berish, issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlash va shu kabi bir qator ishlarni bajarishda foydalanilmoqda. Plastmassa trubasining nam ta’sirida yemirilmasligi va tashqi kuch ta’sirida o‘z holatini yo‘qotmasligi uning eng ijobiy tomonlaridan biridir. Lekin salbiy tomoni issiqqa bardoshsizligidadir. Plastmassa trubalariga ishlov berish juda oson. Ularni oddiy arralar, o‘tkir tig‘li pichoqlar bilan bemalol kesish mumkin. Trubalarni biriktirishda esa maxsus plastik erituvchi dazmoldan foydalaniladi. Plastmassa trubalarning shakllari, ko‘rinishi ifodalangan.
Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazgich;
Plastmassa trubasiga o‘rnatiluvchi maxsus moslamalar:
1 – truba;
2 – 900 li ulagich; 3 – 1200 li ulagich; 4, 5 – tarmoqlagich; 6 – to‘g‘ri ulagich;
7 – tekis tarmoqlagich; 8, 9 – o‘lchamni o‘zgartiruvchi ulagich; 10, 11 – tashqi temirplastmassa ulagich; 12 – tashqi 900 li temir-plastmassa ulagich; 13 – ichki to‘g‘ri temir-plastmassa ulagich; 14, 15 – ichki 900 li temir-plastmassa ulagich;
16, 17 – tarmoqlagichdan ichki 900 li temir-plastmassa ulagich; 18, 19, 20 – tashqi
temir ulagich, 21, 22 – plastmassa kalit; 23 – temir ulagich; 24 – qopqoq;
25 – burama qopqoq.
Kasb-hunarga oud ma’lumotlar
Bugungi kunda polimerlardan turmushda ko‘p foydalaniladi. Polimer
materiallarga ishlov berish texnologiyalari bo‘limida turli xildagi polimer
materiallarning turlari hamda ularga ishlov berish usullari o‘rganiladi.
Polimer materiallar bilan ishlash bo‘yicha sohaga oid quyidagi kasbhunar
turlari mavjud:
– Badiiy chinni buyumlarni bezatish rassomi;
– Kulolchilik ustasi;
– Ganch o‘ymakorligi usta-rassomi;
– Shisha buyumlarga ishlov beruvchi usta-rassom;
– Shisha buyumlari dekorator-rassomi;
– Polietilen quvurlar va profil materiallarni montaj qilish va texnik
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: |