Mavzu: Xorazm davlati va uning yuksalishi
Xorazm davlatining tashkil topishi
Download 49.54 Kb.
|
Xorazm
1 Xorazm davlatining tashkil topishi.
Amudaryoning quyi oʻzanidagi keyinchalik Xiva xonligi paydo boʻlgan hududda joylashgan Xorazm sugʻorma dehqonchilikning farovon oʻlkalaridan sanalardi. Sahro va choʻllar uni tashqi olamdan uzib qoʻygan edi, bu holat esa Xorazmga uzoq vaqt mobaynida mustaqil siyosat yuritish imkonini berdi. Xorazm Islom tarixida hijriy 93 yildan, Qutayba ibn Muslim yetakchiligidagi arab fotihlari kirib kelganidan eʼtiboran tilga olina boshladi. Hijriy toʻrtinchi asrda Amudaryoning soʻl sohilidagi Gurganj (Urganch) shahri katta iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. Oʻsha paytda u Sibir va Rusiya janubidan choʻllar orqali keladigan karvon yoʻllarining soʻnggi bekati edi. Mahalliy Maʼmunlar sulolasi hijriy 385 yili Afrigʻiylarni agʻdarib, oʻziga “xorazmshohlar” unvonini oldi. Ammo Maʼmuniylar hkumronligi uzoq davom etmadi va Xorazm rasman Somoniylar qoʻl ostida qoldi. Hijriy 408 yili Mahmud Gʻaznaviy Xorazmni oʻz saltanatiga qoʻshib olishga qaror qildi va Maʼmuniylar hukmronligi nihoyasiga yetdi. Taxminan yigirma yilcha Xorazmda gʻaznaviy hokimlar hukmronlik qilishdi. Hijriy 432 yili Ismoil Xandon ibn Oltintosh hokimlik qilgan viloyat oʻgʻuz hukmdorlaridan, Sirdaryo sohilidagi Janda shahri hokimi Shoh Malik qoʻliga oʻtdi, ammo oʻsha yiliyoq Shoh Malikni saljuqiylar agʻdarib tashlashdi va Xorazmga oʻz hokimlarini tayinlay boshlashdi2. Hijriy 470 yillar atrofida Anushtegin Jarchoy Xorazm hokimi etib tayinlandi. U saljuqiylar sultoni Malikshoh saroyida hammomlar nazoratchisi vazifasida edi. U saljuqiylarning gʻaznaviylarga qarshi urushida ishtirok etdi. Urushda odiniga saljuqiylar magʻlubiyatga uchrashdi, keyinchalik esa, zafar qozonishdi. Bunda Anushteginning xizmati katta edi. Sulton Malikshoh minnatdorchilik ramzi sifatida unga Xorazm hukmronligini topshirdi. Anushtegin Xivada oʻz vazifasini bajarishga kirishdi va umri oxirigacha hokimlik qildi. Hijriy 490 yili u vafot etganidan keyin hokimiyat qisqa muddatga turk voliylaridan Ekinchi ibn Qoʻchqor qoʻliga oʻtdi. Keyinroq viloyat hokimligiga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin bosh boʻldi. U tadbirli kishi edi, shu bois saljuqiylar sultoni Berka Yaruq uni Xorazm hokimligida qoldirib, uni shoh unvoni bilan sharafladi. Xuroson ustidan nazorat saljuqiylardan Sanjar qoʻliga oʻtgach, u ham Qutbiddinning vakolatini tasdiqladi.Uning hukmronligi davrida Movarounnahrda Samarqand hokimi musulmon diniga toʻgʻri kelmaydigan yovuzliklarni qildi. Shunda u qoʻlga olinib, qozilar mahkamasiga tortildi va oʻlim jazosiga hukm qilindi. Hijriy 521 yili Qutbiddin oʻrnini uning oʻgʻli Otsiz egalladi. U boshda otasi siyosatini davom ettirdi, keyinchalik esa saljuqiylarga qaramlikdan qutilishga intila boshladi. Sulton Sanjar uni taxtdan chetlatdi, ammo koʻp oʻtmay Otsiz Xorazm ustidan hukmronlikni qayta qoʻlga oldi. Hukmronligining oxirgi yillarida u qudratli podshohga aylandi, uning hukmronligi Fors va Xuzistondan tashqari musulmon dunyosining butun sharqiy oʻlkalariga yoyildi. Otsiz vafotidan keyin hijriy 551 yili uning oʻgʻli Il-Arslon hokimiyatga keldi. Uning hukmronligi davrida davlat chegaralari asta-sekin kengaya bordi, Xorazm osoyishta va gullab-yashnagan diyorga aylandi. Xorazmshohlardan Il-Arslon hijriy 567 yili vafot etdi.Hukmdor vafotidan keyin taxtga uning norasida oʻgʻli Sultonshoh Muhammad oʻtirdi. Uning onasi oʻgʻli nomidan mamlakatni boshqardi. Lekin oʻsha yiliyoq Muhammadning akasi Alouddin Tekesh Xorazmda hokimiyatni qoʻlga oldi. Hijriy 590 yili saljuqiylarning Iroqdagi davlatini tugatdi, soʻnggi saljuqiy sulton Toʻgʻrul Ikkinchi oʻldirildi3. Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X asr oxiri – XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Maʼmun I va uning oʻgʻli Ali ibn Maʼmun Somoniylar davlati qoʻlaganidan soʻng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib koʻrdilar. Xususan, 996 yilda Shimoliy Xorazm hukmdori Maʼmun ibn Muhammad ikki qismga boʻlinib ketgan davlatni birlashtirib xorazmshoh unvoni oladi va Urganchni oʻz poytaxtiga aylantiradi. Ammo, Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi Gʻaznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz boʻlib, koʻp hollarda Mahmud Gʻaznaviy va uning oʻgʻli Maʼsudga qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi Anushteginiy-Xorazmshohlar sulolasi davriga toʻgʻri keladi.Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib chiqishi jihatidan oʻgʻoʻz turklaridan boʻlib, yoshligida Garjiston (Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk) boʻlgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton hovoʻzlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) koʻtarilgan edi. Manbalarning maʼlumot berishicha, tashtdorlik mansabiga sulton oʻzining ishonchli odamlarini tayinlar edi va koʻp oʻtmay Anushtegin sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076 yilda Sulton Malikshoh Anushteginni Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin Saljuqiylarga tobe boʻlib hokimiyatni boshqaradi va 1097 yilda vafot etadi. Oʻsha yili uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1128) Xorazm voliysi qilib tayinlanadi. Qutbiddin Muhammad otasi davrida oʻz davrining yirik shaharlaridan biri boʻlgan Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi oʻrgangan edi. U Xorazm voliysi boʻlgach qobiliyatli hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi4. Qutbiddin Muhammad Xorazmda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-gʻayrat sarflagan boʻlsada, rasman Saljuqiylarga tobe boʻlgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun oʻzaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi maʼlum. Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni «Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath Muʼin Amiral-moʻʼminin» («Dunyo va din qutbi, gʻalabalar otasi Moʻminlar amiri-xalifaning yordamchisi») deb ulugʻlanishi Qutbiddin Muhammad Saljuqiylarga tobe boʻlsa-da, mavqei ancha baland boʻlganligidan dalolat beradi. Shu sababli boʻlsa kerakki, 1128 yilda Qutbiddin vafot etgach Sulton Sanjar Xorazm taxtini uning oʻgʻli Aloviddin Otsizga (toʻliq nomi Al-Malik Abu Muzaffar Aloviddin Jaloliddin Otsiz; 1128-1156 yy) topshiradi. Oʻz davrining mohir sarkardasi va yaxshigina diplomati boʻlgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib borishga harakat qilib Saljuqiylarning har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Otsiz birinchi marta Sulton Sanjarning itoatidan chiqib mustaqil harakat qildi va Saljuqiylarga tegishli boʻlgan Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarni Jandgacha (Kaspiy dengizi boʻylarigacha) bosib olib, Mangʻishloq viloyatini ham oʻziga boʻysundirdi. Bundan gʻazablangan Sulton Sanjar Otsizga qarshi yurish qilishga qaror qildi. Chunki oʻsha davr siyosatini yaxshi tushungan Sanjar, agar Otsizni buysundirmasa oʻziga tobe boʻlgan Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar ham isyon koʻtarishini bilardi. Shuningdek u, oʻzining harbiy qudrati gʻoyat kuchli ekanligini ham bilardi. Bularni hisobga olib Sulton Sanjar 1138 yilning oktabrda Otsizga qarshi Xorazmga qoʻshin tortdi va Xazorasp qalʼasini qamal qildi. Sulton Sanjar Xorazmga jiyani Sulaymonshohni voliy qilib tayinladi. Ammo, koʻp oʻtmay, 1139 yil fevralda Sulton Sanjar Marvga qaytgach, Otsiz oʻz qoʻshinlari bilan Xorazmga kelib Sulaymonshohni haydab yuborib qayta taxtni egalladi5. Aloviddin Otsiz Xorazmni mustaqil boshqarish maqsadida bir necha marta Sulton Sanjarga qarshi (1138, 1141-1142, 1147-1148 yy) isyonlar qilgan boʻlsa-da, butunlay mustaqil boʻlish unga nasib etmadi. Shunga qaramasdan, koʻpchilik olimlarning eʼtirof etishlaricha, u Xorazmni mustaqil davlat boʻlishi uchun asos yarata oldi. Yaʼni, Otsiz Anushtegin-Xorazmshohlar sulolasi nafaqat bir viloyat, balki ulkan mintaqada ham siyosat yurgizishi va dongdor siyosiy kuchlar bilan raqobatlasha olishi mumkinligini amalga koʻrsata oldi. Chunki Otsizning asosiy maqsadi va siyosatining asosi Xorazmda oʻz hokimiyatini mustahkamlash edi. Oʻzining uzoq yillik humronligi davrida (u 29 yil davlatni boshqargan) Otsiz Bagʻdod xalifalari bilan aloqalarini mustahkamlashga intilib, Sulton Sanjarga qarshi kurashda Bagʻdod xalifasini ittifoqchi qilishga ham harakat qilib koʻrdi. boʻldi. U bir necha marotaba Xorazmga yurish qilgan boʻlsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qoʻshini Xorazmshohning oʻlponni oʻz vaqtida toʻlamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qiladi. Elarslonning buyrugʻi bilan Sirdaryodagi katta toʻgʻonlar ochtirilib, Xorazm poytaxti yaqinidagi yoʻllar suvga bostirildi.Bu qoraxoniylar qoʻshini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) talon-taroj qilishdan saqlab qolindi. Ammo, qoraxitoylarning bu yurishi davrida Elarslon kasallikdan vafot etdi (1172 y). Shundan soʻng uning oʻgʻillari Aloviddin Takash va Sultonshoh Mahmud oʻrtasida uzoq yillar toj-taxt uchun kurash bordir. Aloviddin Takash 1172 yilning dekabrida qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon yordamida rasman taxtga oʻtirgan boʻlsa-da, aka-ukalar oʻrtasida kurash davom etdi. Chunonchi, 1174 yilda Sultonshoh Mahmudning onasi Turkon xotun Nishopur hukmdori Oy-Aboga qimmatli sovgʻalar yuborib, Takashga qarshi ittifoq taklif qildi. Oʻsha yili Gurganjdan 20 farsah uzoqlikdagi Subvurni shahri ostonasida Oy-Abo qoʻshinlari Alovuddin Takash qoʻshinlari bilan toʻqnashdi. Bu jangda Takashning qoʻli baland kelib, Oy-Abo asir olindi va qatl etildi. Turkon xotun va Sultonshoh Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Dehistonga qochdilar. Shundan soʻng Aloviddin Takash Xorazmda mustahkam oʻrnashib, qoraxitoylarga vaʼda bergan oʻlponni toʻlashdan bosh tortadi. Bunga javoban qoraxitoylar yana Xorazmga yurish qildilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga kichik bir qoʻshin qoldirib oʻzlari orqaga qaytadilar. Bu davrga kelib Xurosonning anchagina qismi Xorazm davlatiga qoʻshilgan boʻlsa-da, Marv va uning atroflarda, Sabzavorda Sultonshoh Mahmud hukmronlik qilardi. 1187 yilda aka-ukalar oʻrtasida Nishopur ostonasida yana toʻqnashuv boʻlib, Takash gʻolib boʻldi. Sultonshoh Marvga chekinishga majbur boʻldi. 1188 yilda Xurosonning ulamolari va taniqli amirlari vositachiligida Sultonshoh bilan Takash oʻrtasida sulh bitimi tuzildi. Bu paytga kelib Takashning harbiy qudrati va obroʻsi oshib ketgan boʻlib, Sultonshoh uning barcha shartlarini qabul qilishga majbur edi. Ammo, bu uzoqqa choʻzilmay Sultonshoh Gʻoʻr viloyati hukmdorlarini akasiga qarshi kurashda oʻziga ittifoqchi qilib oldi. 1193 yilning bahorida Takash yana Sultonshohga qarshi yurish boshladi. Xorazmshoh qoʻshinlari Obivardga yetganida har ikala tomonning vakillari boʻlgan ulamo va din arboblari aka-ukalarni yana yarashtirib qoʻyish uchun moʻzokaralar boshladilar.Bu orada Saraxs qalʼasining boshligʻi Badriddin Chaqir xorazmshoh Takash tomonga oʻtib ketib, qalʼa kaliti va Sultonshohning barcha xazinalarini unga topshirdi. Bu voqealarni koʻtara olmagan Sultonshoh 1193 yilning koʻzida vafot etdi. Shu tariqa xorazmshoh Elarslonning ikki oʻgʻli oʻrtasida 20 yildan ziyodroq davom etgan kurashga yakun yasaldi6. 1156 yilda Otsiz qoqshol kasaliga uchrab vafot etadi va taxtga uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy) taxtga oʻtiradi. Elarslon otasiga qaraganda ancha qoʻlay vaziyatda taxtni boshqardi. Chunki 1157 yilda Sulton Sanjar vafot etganidan soʻng Saljuqiylar davlati mayda viloyatlarga boʻlinib ketdi va Xorazmni mustaqil siyosat olib borishi chun keng yoʻl ochildi. Elarslon Xurosondagi Saljuqiylarning oʻzaro kurashlaridan foydalanib Kaspiy boʻylaridagi Dehistonni bosib oldi. Shuningdek u, otasi davrida Xorazmga boʻysundirilgan koʻchmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movarounnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshlaydi. 1158 yilda u katta qoʻshin bilan Movarounnahrga bostirib keldi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal boʻlgan qoraxoniylar koʻchmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borilgan janglarida yordan beradi. Lekin qoraxitoylar qoʻshinlari yordamga yetib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur Xorazmshoh Takash 1193 yilning dekabrida Marv shahrini fath etib, shahar va uning atroflariga katta oʻgʻli Nosiriddin Malikshohni voliy etib tayinladi. Bagʻdod xalifasi Nasr (1180-1225 yy) va Gʻarbiy Saljuqiylar sultoni Togʻrul II oʻrtasidagi nizolardan foydalanib, Takash qoʻshinlari 1194 yilning mart oyida Togʻrul II ga qarshi urush ochdi va uni magʻlub etib Hamadon shahrini egalladi. Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganligidan xavfsiragan xalifa Nasr qoʻshinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida Takash qoʻshinlari xalifa qoʻshinlarini yengdi. Shu tariqa Afgʻoniston va Eronning katta qismi Xorazmshohlar qoʻliga oʻtdi va Xorazm davlati hududlari birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bagʻdod xalifasiga tegishli joylar va Gʻuriylar bilan chegaradosh boʻlib qoldi. Ammo, koʻp oʻtmasdan xalifa Nasr bilan Takash munosabatlari yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh Iroqi Arab va xalifalik poytaxti Bagʻdodni bosib olishga qaror qildi. Lekin bu yurish paytida Takash kasallanib, 1200 yil iyul oyida Xorazm bilan Nishopur orasidagi Shahriston shahrida vafot etdi. Oʻrta asrlar mualliflari maʼlumotlari asosida tadqiqotlar olib borgan Z.Buniyodovning xulosalariga koʻra, xorazmshoh Takash oʻz fuqarolariga nisbatan adolatli boʻlgan. U boshqa sultonlarga nisbatan qobiliyatli, yirik diplomat va zukko lashkarboshi edi. Shu bois boʻlsa kerakki, Xorazmshoh – Anushteginlar davlatining nisbatan kuchayishi, Aloviddin Takash faoliyatining maʼmuriy idora boshqaruvi oʻzining qatʼiyatligi va tartib intizomi bilan ajralib turadi. Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u oʻzining xotini Turkon xotun mansub boʻlgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi, ularni doimo qoʻllab-quvvatladi. Turkon xotun (Uning shaxsiy muhrida «Ismat ud-Dunyo vad-Din Ulugʻ Turkon malika niso al-olamiyn», «Dunyo va uning pokdomoni, Ulugʻ Turkon, olam ayollarining malikasi» degan yozuv bitilgan edi) ularga tayanib katta hokimiyatga ega boʻldi, oʻz homiyligidagi odamlarning yuqori lavozimlarni egallashini taʼminladi. Natijada bu alohida turk harbiy-feodal tabaqasi paydo boʻlishiga olib keldi va amalda xorazmshohlar davlatining inqiroziga sabab boʻldi. 1200 yilning avgust oyida Xorazmshohlar taxtiga Takashning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad oʻtirdi (1200-1221 yy) va otasining Aloviddin laqabini qabul qildi. U taxtga oʻtirishi bilanoq ayrim muammolarga duch kelgan boʻsa-da, ularni zudlik bilan bartaraf etib, 1203 yilda qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini egalladi. Aloviddin Muhammad 1207 yilda Movarounnahrga yurish qilib, Buxorodagi Sanjar qoʻzgʻolonini bostirdi va Buxoroni egalladi. Xorazmshoh 1210 yilda qarluqlar bilan ittifoq toʻzib qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning gʻalabasi bilan tugadi va u qoraxitoylarning Oʻzganddagi boy xazinasini qoʻlga kiritdi. Umuman, Aloviddin Muhammad 1210 va 1212 yillarda qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib ularni butunlar tor-mor etdi. Buning natijasida uning obroʻyi oshib ketib ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar laqablarini olishga moʻsharraf boʻldi. Aloviddin Muhammadning sayʼi-harakatlari tufayli 1217 yilga kelib butun Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha boʻlgan yerlarda Xorazmshohlar hukmronligi oʻrnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati mustahkam emas edi. Bu holat mugʻul bosqini paytida yaqqol nomoyon boʻldi. XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bi lan Xorazm davlati tanazzulga uchrab, zaiflashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, avval boshda g‘aznaviylar hukmronligi (1017–1041) 1043-yilda saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40-yillarida sharqdan bostirib kelgan ko‘p sonli qoraxitoylar ham Xorazm yerlarini ishg‘ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to‘lovlarini olish huquqini qo‘lga kiritgandilar. Binobarin, XI asrning ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida mustaqillikka erishish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turardi7. Xu su san, saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh I (1072–1092) davrida katta obro‘-martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Anushteginni 1077-yilda Xorazmga noyib etib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad 1097– 1127-yillar da n oyiblik qiladi. Qutbiddin Muhammad saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda, Xorazmni idora qiladi, o‘lka ning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muh im imkoniyatlar topa biladi. Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengay tirish da Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Alovuddin Otsiz (1127–1156) ning roli alohida e’tiborga molik. Negaki, u qoraxoniylar kuchsizligidan va saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o‘z davlati qudratini yuksal tira bordi. Uning 1141-yilda oltin tangalar zarb ettirib, muomalaga chi qa rishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo‘lgan. Alovuddin Otsiz qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dir ham miqdorida o‘lpon to‘lash sharti bilan amalda o‘z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi. Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning ham o‘rni va roli katta bo‘lgan. Uning hukmronlik davrida (1172–1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan shaharlarning obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug‘i yanada ortdi, qishloq xo‘jaligi, zi roat chilik tarmoqlari rivojlandi, ko‘plab kanallar, suv inshootlari bar po etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alovuddin Muhammad Xorazmshoh (1200–1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda, o‘ziga xos mar kaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, ta ko mil lashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonl ar majmuyidan iborat bo‘lgan8. Download 49.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling