Mavzu: Xorazmshohlar davlati. Reja


Download 69 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1614459
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazmshohlar davlati

7. G‘oziylar – islom dini uchun kurashuvlar.
Xorazmshohlar davlati o‘zining paydo bo‘lgan davridan boshlab to inqiroziga qadar doimiy qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, Xorazmshohlar o‘z davlatida majburiy umumxalq harbiy ta’lim tizimini joriy qilganlar. Davlatdagi qo‘shinlar soni hukmdorlar harbiy yurishlarining ko‘lamiga qarab o‘zgarib turgan. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, 1218 yilda Muhammad xorazmshoh yalpi qo‘shinlar ko‘rigi o‘tkazib, unda «150 mingga yaqin otliq, 100 ming piyoda askar qatnashdi».
Xorazmshohlar davlatining eng oliy harbiy boshqaruv idorasi devon-al arz (yoki devon-al jaysh) deb nomlangan bo‘lib, uning boshlig‘i sohib devon-al arz (ёки sohibi devon-al jaysh, yoki ariz-al jaysh) hisoblanar edi. Devon-al arz harbiylarga tegishli bo‘lgan yer-suvlar, ularga beriladigan maosh va har xil to‘lovlar, shuningdek, askarlarni ro‘yxatga olish, ular va ular qo‘lidagi qurol-aslahalarni tekshirib kurish ishlari bilan shug‘ullanardi. Bu devon hamma harbiylarga belgilangan maoshlarini (mavajib, arzak) hamisha ma’lum vaqtda berib turar va harbiy boshliqlarning maoshini o‘z qo‘l ostidagilarga to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilar edi.
Xorazmshohlar qo‘shinlarining qo‘mondoniga qo’id yoki muqaddam degan unvon tavsiya etilardi. Xorazmshohlar yangi zabt etilgan o‘lka yoki viloyat yerlarini amirlarga iqto tariqasida taqsimlab berar, mahalliy amirlar orasidan eng qobiliyatlisini ularga boshliq qilib tayinlab unga amir-al umaro (amirlar amiri) nomini berardi.


Adabiyotlar:



  1. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000.

  2. Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003

  3. Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.

  4. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.

  5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.

  6. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

  7. Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston milliy boyliklarining o‘zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling