Mavzu: Xorijda ishlab chiqarilgan kran turlari Reja


Download 1.66 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.66 Mb.
#1025926
Bog'liq
Xorijda ishlab chiqarilgan kran turlari


Mavzu: Xorijda ishlab chiqarilgan kran turlari


Reja:

  1. Yuk ko’taruvchi mashinalar haqida umumiy ma’lumot

  2. Xorijda ishlab chiqarilgan kran turlari

  3. Xorijda ishlab chiqarilgan kranlarning tuzilishi

Yuk ko’taruvchi mashinalarda ko’pincha qo’sh o’rimli arqonlar ishlatiladi: avval po’lat simlar markaziy sim atrofida eshiladi, so’ngra o’rim o’zak atrofida eshilib, po’lat simli arqon hosil qilinadi. Arqondagi po’lat simlar va o’rimlar soni har xil bo’ladi. Ammo yuk ko’taruvchi mashinalarda asosan olti o’rimli arqonlar ishlatiladi. Ulardagi o’rimlar ichidagi po’lat simlar soni 19 va 37 ta bo’ladi. Sakkiz o’rimli po’lat arqonlar kranlarda va ko’targichlarda kichik diametrli barabanlar va shkivlar ishlatil-ganda qo’llaniladi. Ko’p qavat arqon o’raladigan barabanlarda ular ishlatilmaydi. Po’lat arqonlar bir tomonlama (14.1-rasm, a) va ayqash (14.1- rasm, b) qilib eshilishi mumkin. Bir tomonlama eshilganda har qaysi tola va arqonni eshish yo’nalishi bir xil bo’ladi. Bunday po’lat arqonlar kam o’yiladi va egiluvchanrok bo’ladi, ammo kuch (nagruzka) ostida osongina bo’shaladi. Ayqash eshilgan po’lat arqonda o’rimdagi simlar va arqondagi o’rimlar yo’nalishi karama-qarshi bo’ladi, bunday arqonlar tezda bo’shab ketmaydi. Arqonlarning o’rimlari bir xil diametrli (kesimi normal strukturali) yoki har xil diametrli (kesimi aralash strukturali) simlardan eshilishi mumkin, bunda katta diametrli simlar arqonning sirtida joylashadi. Kesimi aralash strukturali arqonlarni tayyorlash ancha murakkab, lekin ular egiluvchanrok va tashqi qatlamlari ishqalanishga chidamliroq bo’ladi. Arqon simlar to’plamidagi simlarning bir-biriga urinishi xiliga 191 karab: chiziqli-urinmali – LK(CHU) (14.1-rasm, v), nuqtali-urinmali – TK(NU), nuqtali va chiziqli urinmali – TLK(NCHU) arqonlarga bo’linadi. Arqon tayyorlashda o’rimning alohida katlamlari uchun bir xil diametrli simlar (B harfi bilan belgilanadi, chunonchi, CHU-B; LK-0) (14.1-rasm, v) qatlamlarning ustki qatlami uchun ikki xil diametrli simlar (X harfi bilan belgilanadi, jumladan CHU-X, LK-R) o’rimning alohida katlamlari uchun har xil va bir xil diametrli simlar (XB harflari bilan belgilanadi, masalan, CHU-XB, LK-RO) tanlanadi. Po’lat arqonlar bo’shaladigan va bo’shalmaydigan xillarga ajratiladi. Bo’shalmaydigan arqonlar ilgagining balandligi katta bo’lgan yuk polispastalari uchun juda qulaydir. Po’lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori markali-10, birinchi markali-1, ikkinchi markali-2 bo’ladi. Po’lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli diametrdagi simlardan eshiladi. Kabel krani va boshqa kranlarning yuk aravachalari siljiydigan po’lat arqonlar silliq sirtli bo’ladi.



Chorpoyali kran








Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Asqarov b.A., Nizomov SH.R. Temir-beton va tosh, g’isht konstruktsiyalari. Toshkent “O’zbekiston” 2003y.

  2. Arxitektura grajdanskix i promishlennix zdaniy. Tom V Promishlennie zdaniya. Pod obщey redaktsiy prof.L.F.SHubina. M., 1986.

  3. Dyatkov S.V. Arxitektura promishlennix zdaniy. M., visshaya shkola 1984g.

  4. Bondarenko V.I., Nuretdinov X.N. Zilzila bo’ladigan rayonlarda sanoat binolarini loyihalash. Toshkent 1994y.

  5. Akramov X.A., Kuchkarov r.A., Pirmatov R.X. Ko’p qavatli sanoat binolarini zilzilaviy xududlarda loyihalash asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent 2002y.

  6. Marakaev R.Yu. Ma’muriy maishiy binolarni loyihalash. Uslubiy qo’llanma. Toshkent 1993y.

  7. KMK 2.01.01-94. Loyihalash uchun iqlimiy-fizikaviy va geologik ma’lumotlar. Toshkent 1994y.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling