- Iste'mol minimumi – inson tanasining normal ishlashini ta'minlash va uning sog‘lig‘ini, oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining eng kam miqdorini va insonning asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan minimal xizmatlar to‘plamini ta'minlash uchun yetarli bo‘lgan qiymat hisoblanadi (ufq.uz ma'lumoti).
- Iste'mol minimumi hajmi ikki elementdan iborat – fiziologik va ijtimoiy. Fiziologik minimum – inson yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy qadriyatlar qiymati ifodasidir. Dunyo amaliyotida fiziologik minimum umumiy iste'mol minimumning o‘rtacha 85-87 foizini tashkil etadi, qolganlari ijtimoiy qismiga – ya'ni, minimal darajada maqbul turmush tarziga muvofiq ma'naviy qadriyatlar to‘plamiga to‘g‘ri keladi.
- Jahon amaliyotida mamlakatda turmush darajasini (iste'mol minimumini) belgilash uchun bir nechta variant ishlab chiqilgan.
- Statistik usul, ma'lum bir mamlakatning eng badavlat fuqarolarining daromadlari darajasida, iste'mol minimumini belgilashni nazarda tutadi. Bu usul daromad darajasi juda yuqori bo‘lgan davlatlarda qo‘llanilishi mumkin.
- Sub'yektiv yoki ijtimoiy yondashuv, aholi o‘rtasida minimal daromadlar yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘ravnomalar natijalariga asoslanadi. Bunday usul ko‘proq konsultativ (maslahatlashilib hal etiladi) tarzda ko‘rinishda bo‘ladi, chunki uning natijalari davlatning real iqtisodiy imkoniyatlariga mos kelmasligi mumkin, lekin u odamlarning haqiqiy ehtiyojlarini ifodalaydi.
- Resurs uslubi, iqtisodiyotning iste'mol minimumini ta'minlab berish imkoniyatiga asoslangan bo‘lib, bunday uslub ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
- Qo‘shma (kombinirovannyy) uslub, bir necha usulni o‘ziga birlashtiradi. Ya'ni, oziq-ovqat qiymati- me'yorlarda, uy-joy kommunal xizmatlar- faktlarda va nooziq-ovqat mahsulotlari – umumiy xarajatlarning ulushi bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |