Aholining natural daromadlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomarqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat. Bulardan tashqarii, daromadning quyidagi turlari ham mavjud: - -shaxsiy daromad;
- -firma daromadi;
- -davlat daromadi.
Daromad turlari Daromadning o’zini ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchisi- mehnat bilan olingan daromad (ish haqi, menejer daromadi, biznida bevosita qatnashgan tadbirkor daromadi); ikkinchisi esa mulkdan kelgan daromad (foyda, renta, divident, foiz) Bozor iqtisodiyotiga daromadning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo’lishini bildiradi. Tengsizlikni, asosan, to’rt omil paydo qiladi: - 1.Kishilarning ish qobiliyatlari bir xil emas, shu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda turlicha natijaga erishganidan har xil daromad ko’radilar. Masalan, AQSHda Gollividning kino yulduzi bir yilda 20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o’qituvchi 40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi.
- 2.ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyatlari bir xil bo’lsa-da, daromadi turlicha bo’ladi. Masalan, AQShda ishlaydigan ishchi bir oyda o’rtacha 2.500 dollar ish haqi olsa, ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
- 3.Tengsizlikni oila tarkibining har xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Aga roila tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi, aksincha bo’lsa,daromad oz bo’ladi.
Aholi daromadlari «yashash minimumi» va «iste'mol savatchasi»ga mos bo‘lishi ta'minlanadi - 2018 yil 1 iyulidan aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar miqdorining, shu jumladan, hududlar kesimida «yashash minimumi» va «iste'mol savatchasi»ga mutanosibligi ta'minlanadi. Bu muhokama uchun e'lon qilingan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |