Mavzu: Xorijiy davlatda olingan ta'lim toʻg'risidagi hujatni tan olish, ta'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo'yish Reja
Download 50.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqXorijiy davlatda olingan ta\'lim toʻg\'risidagi hujatni tan olish, ta\'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo\'yish
Mavzu: Xorijiy davlatda olingan ta'lim toʻg'risidagi hujatni tan olish, ta'lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo'yish Reja: Xorijiy davlatlarda kasb-hunar va oliy ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash. Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti. Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirildi. Loyiha bilan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilash nazarda tutilgan. Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilash va ularga O‘zbekiston Respublikasining ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlariga ega bo‘lgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi tushuniladi. Xorijiy davlatlarda kasb-hunar va oliy ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) hamda tegishli guvohnoma berish bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Loyihada nazarda tutilishicha, xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta ta'lim (9-sinf) bosqichidan keyin 10, 11 va undan yuqori sinflarni tugallamasdan kelgan fuqarolarning ta'lim hujjatlari (ma'lumotnoma yoki baholar tabeli)ni tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tegishli komissiyalar tomonidan ariza va ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan kundan boshlab eng ko‘pi bilan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida xorijiy davlatlarda ta'lim olgan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan; mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida ta'lim olgan; xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlari. Download 50.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling