Mavzu: xorijiy mamlakatlar musiqa ta’lim-tarbiya tizimlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1030977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xorijiy mamlakatlar musiqa talim tarbiya tizimlari va ularning oziga

 
 


16 
4.Vengeriyada musiqa tarbiyasi tuzimi 
Vengeriyada musiqiy tarbiya sohasida erishilgan asosiy yutuqlar zamonaviy 
venger musiqasining asoschilaridan biri, kompozitor, xalq og`zaki ijodi bilimdoni, 
musiqashunos, pedagog Zoltan Koday (1883-1967) nomi bilan bog`liqdir. 
Bolalarning musiqiy tarbiya sohasidagi o`zining faol va sermahsul faoliyatini 
Z.Koday 1920-yillardan boshladi. Z.Kodayning bolalar musiqiy tarbiya tizimi 
ommaviylik tamoyiliga asoslangan. 
Buyuk alloma xor jamoasida qo`shiq aytish hammaga ham mumkinligini 
alohida ta’kidlagan, keng ommani xor ijrochiligiga jalb etib, bu ishga alohida 
diqqat va e’tiborni talab qildi. Uning butun musiqiy ta’lim jarayoni xalq kuylariga 
asoslangan. Koday ommaviy venger maktabiga «Tonika-sol - fa» usulini kiritdi. 
Uning g`oyalari ikkinchsi jahon urushidan so`ng ommalashib ketdi. Koday metodi 
bu yaxlit tizim bo`lib, relyativ (nisbiy) solmizatsiya, kuylayotgan o`quvchilarga 
qo`l harakati yordamida beradigan ko`rsatmalar, venger xalq qo`shig`i, musiqani 
chuqur o`rganishga yo naltirilgan umumta’lim maktablari, jo`rsiz guruhli 
kuylashdan iborat. 
Unutmaslik kerakki, Koday metodi haqida gap ketganida, so`z musiqiy 
tarbiya kontseptsiyasi haqida, kni hayotga tadbiq etish yo`llari to`g`risida bormoqda. 
Bularni Z.Koday turli manbalardan olib, venger musiqasi xususiyatlariga 
moslashtirdi. Guruhli kuylash Vengeriyada, haqiqatdan, umumxalq jarayoni bolib, 
bunga musiqa savodxonligi nota bo`yicha qo`shiq aytaolish yordam beradi. 
Z.Kodayning «2000 yilga kelib har bir umumta’lim maktabini bitirgan 
o`smir notani erkin o`qiy oladi» - degan orzusi amalga oshmoqda. Vegeriyada 
musiqiy tarbiya yuqori darajadadir. Bu mamlakatdagi umumta’lim maktab 
tizimining asosi sakkiz-yiilik to`liqsiz o`rta maktab bo`lib, uni bitirgan o`quvchilar 
to`rt sinflik gimnaziyaga o`tadilar. Birinchi sinfda bolalar haftada ikki mart 0,5 
soatdan, ikkinchi-yettinchi sinflarda esa haftada ikki soat «Musiqa» o`quv fani 
bilan shug`ullanadilar. Bundan tashqari har hafta ikki soat orkestr mashg`ulotlariga 
ajratiladi. 


17 
Uchinchi-to`rtinchi sinflarda o`quvchilar musiqa adabiyoti bilan tanishish va 
birorta musiqa cholg`usini o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Umumta’lim 
maktablari orasida musiqa-qo`shiqchilik to`liqsiz o`rta maktablari, ya’ni musiqani 
chuqur o`rganishga qaratilgan umumta’lim maktablari keng joriy etilgan. Ularda 
birinchi - to`rtinchi sinf o`quvchilari haftada olti soat, beshinchi-yettinchi sinflarda 
esa to`rt soat musiqa va ikki soat xor mashg`ulotlari bilan shug`ullanadilar. 
Maktablarda shuningdek, fortepiano, skripka, puflama musiqa cholg`ulari 
sinflari mavjud. Bunday maktablardagi sinflarda o`quvchilar soni umumta’lim 
maktab sinfidagi bolalar soniga nisbatan kamroq, ya’ni 26 o`quvchidan ortmaydi. 
Bundan tashqari, ularda umumta’lim yo`nalishdagi o`quv fanlarining soni ham 
barcha o`quv fanlaridan bilim berayotgan o`qituvchi musiqa darsini ham o`tadi. 
Beshinchi - sakkizinchi sinflarda bu darslarini musiqa mutaxassisi olib boradi. 
Bolalarning musiqa savodini chiqarishda ustoz tomonidan qo`l harakatlari, maxsus 
imo - ishoralar keng qo’llaniladi

Relyativ solmizatsiyani chuqur o`rgangandan so`ng, o`quvchilar muloqot 
tizimiga o`tadilar. Musiqa ta’limini berish, shu jumladan musiqa o`quvchini 
rivojlantirish uslubiyati, asosan, bolalar ongining o`ziga xos tomonlarini hisobga 
olgan va ularga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarida 
fortepiano, fleyta, yog`och tsimbala va ayrim urma cholg`ularidan foydalaniladi. 
Koday 
tizimi 
ayniqsa, 
musiqani 
chuqur 
o`rganishga 
yo`naltirilgan 
umumta’lim maktablarida o`zining yorqin ifodasini topmoqda. Har 


18 
kungi musiqa darslari bolalarda usullarni ajrata bilish tajribasini, xotira, 
his-tuyg`ularni 
rivojlantiradi. 
14 

18 
yoshdagi o`quvchilar ta’lim 
oladigan 
gimnaziyalarda 
musiqa 
tarixi 
fani 
o`rganiladi, 
barcha 
janr, 
uslub 
va 
davrdagi 
musiqa 
asarlari 
eshitiladi, 
shuningdek, 
sinfdan 
tashqari 
faoliyat 
ko`rsatadi. 
Vengeriyada 
maxsus 
musiqa 
ta’limi 
beradigan gimnaziyalar ham mavjud. Bunday 
gimnaziyalar bitiruvchilari, 
aksariyat hollarda, boshlang`ich sinf musiqa o`qituvchilari bo`lib ishlaydilar. 
Shuningdek, Vengeriyada bir nechta musiqa bilim yurtlari ham mavjud. Mazkur 
o`quv yurtlarida oquvchilar umtimta’lim fanlari bilan birga biror musiqa 
cholg`usini, solfedjio, garmoniya, guruhli kuylashni o`rganishadi. 
Gimnaziya bitiruvchilari o`qishni (t’lim olish muddati uch yildan besh yilgacha 
bo`lgan) F.List nomidagi Musiqa akademiyasida davom yettirishlari mumkin. Uch 
yillik kurslarda umumta’lim maklablari uchun solfedjio, qo`shiq, biror musiqa
cholg`u ijrochiligi bo`yicha mutaxassis-o`qituvchilar tayyorlanadi. Besh yillik 
ta’lim esa oliy malakali o`qituvchi va ijrochi-artistlarni tayyorlaydi. Bundan 
tashqari, Vengeriyada yuqori sinf musiqa o`qituvchilarni tayyorlaydigan to`rt 
yiilik oliy o`quv yurtlari mavjud bo`lib, bu yerda talabalar muayyan musiqa 
ixtisosligi (masalan, musiqa va tarix, musitqa va til va boshqalar) ni ham 
egallaydilar. 
Ta’kidlash lozimki, Z. Koday tizimi Vengeriyadagi musiqa ta’limi va 
tarbiyassining barcha bosqichlarida joriy etilmoqda; Vengeriya musiqashunos-
pedagoglarining tajribasi dunyoning ko`pgina mamlakatlarida, jumladan, 
O`zbekistonda ham musiqashunos va pedagogika mutaxassislari tomonidan katta 
qiziqish bilan o`rganilmoqda. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling