Mavzu: Xorijiy valyuta bozori Jo’rayev Jo’raxo’ja


Valyuta bozori tendentsiyalari


Download 0.98 Mb.
bet2/3
Sana25.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1064985
1   2   3
Bog'liq
Xorijiy valyuta bozori

Valyuta bozori tendentsiyalari:
Tez urbanizatsiya va jismoniy shaxslarning ixtiyorida bo'ladigan daromadlari darajasining oshishi bozorga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillardan biridir. shunga muvofiq, xalqaro savdo faoliyatining sezilarli o'sishi valyutaga bo'lgan talabni katalizlaydi, chunki u minimal savdo xarajatlari, yuqori likvidlik va tranzaksiya shaffofligi, 24x7 savdo imkoniyatlari va keng savdo hajmi kabi ko'plab imtiyozlarni beradi.Bundan tashqari, raqamlashtirishning o'sish tendentsiyasi va to'g'ridan-to'g'ri forvard va valyuta optsionlarining joriy etilishi bozor o'sishiga yordam beradi. qo'shimcha ravishda, foydalanuvchilarga mamlakatlar o'rtasida qulay valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi ilg'or elektronika va ko'plab internet platformalarining rivojlanishi tovar va xizmatlarni xavfsiz va markazlashtirilgan sharoitda yetkazib berishni ta'minlaydigan qulay bozor istiqbolini yaratmoqda. shu bilan birga, valyuta ayirboshlash vaqtida yaxshilangan moslashuvchanlik va qulaylikni taklif qiluvchi avtomatlashtirilgan konversiya tizimlarining ishga tushirilishi bozorni boshqarmoqda. bundan tashqari, tashkilotlar savdo uchun takomillashtirilgan xavfsizlik echimlarini taqdim etish uchun umumiy infratuzilmani rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda, bu esa bozor o'sishiga turtki beradi.
Xorijiy valyuta bozorida ikki xil ayriboshlash kurslari tranzaksiyalari mavjud
spot tranzaksiyalari
(Predominant tranzaksiyalar)
Forvard tranzaksiyalar
Spot ayriboshlash kursi -spot tranzaksiyalari uchun belgilangan kurs.
Forvard ayriboshlash kursi- forvard tranzaksiyalari uchun ayriboshlash kursi hisoblanadi.
Ayriboshlash kurslarini qay tartibda belgilanishini yoki oʻzgarishini biror bir belgilangan joyga borib kuzatishning imkoni yoʻq. Sababi valyutalarni ayriboshlash Nyu York, Tokyo va shu kabi boshqa birjalarda amalga oshirilmaydi. Aksincha, xalqaro valyuta bozori birjadan tashqari tartibga solingan bozor (over-the-counter) hisoblanadi. Ushbu bozorda yuzlab dillerlar (asosan banklar) xorijiy valyutadagi depozitlarni sotish va sotib olishga tayyor turishadi. Ushbu dillerlar asosan kelishuvlarni telefon va kompyuterda amalga oshirishadi.
Ushbu bozorning funksiyalari markazlashgan bozor funksiyalaridan farq qilmaydi. Eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan holat, banklar, kompaniyalar va hukumatning xalqaro valyuta bozorida valyutalarni sotib olishi hamda sotishi haqida soʻz yuritilganda bu yerda ularning valyutani oʻzini sotib olishi nazarda tutilmaydi. Yaʼni bank dollar sotib oldi deyilganda bankning dollarda shakllantirilgan depozitni sotib olganligi nazarda tutiladi.
Odatda xalqaro valyuta bozoridagi tranzaksiyalarning miqdori $1 milliondan oshadi. Xalqaro valyuta bozorida belgilanadigan ayriboshlash kurslari bilan banklar valyuta ayriboshlash shahobchalardagi ayriboshlash kurslarining oʻrtasida farq mavjud. Yaʼni banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan balandroq boʻladi. Sababi bank oʻzidagi ayribooʻlash kurslarini oʻzining siyosatidan kelib chiqqan holda ham belgilashi mumkin. Misol sifatida Oʻzbekiston tijorat banklaridagi ayriboshlash kurslari orasida farqni koʻrsatishimiz mumkin. Foreksda esa asosan yirik hajmdagi tranzaksiyalar amalga oshirilganligi sababli, ayriboshlash kurslari tijorat banklaridagi kursga nisbatan biroz past boʻladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling