Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishiga toʻxtalib oʻtamiz. Erkin bozorda har qanday aktiv va mahsulotning narxining belgilanishi kabi valyutalar boʻyicha ayriboshlash kurslari ham talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ayriboshlash kurslarining belgilanilishi boʻyicha bir qator nazariyalar mavjud. Birinchi nazariya yagona narx nazariyasi hisoblanadi. Unga koʻra agarda ikkita mamlakat bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarsa va mahsulotni yetkazib
berish (transportirovka) xarajatlari kam boʻlsa hamda savdo toʻsiqlari mavjud boʻlmasa, ushbu mahsulot qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganidan qatʼiy nazar barcha mamlakatlarda narxi bir xil boʻladi.
Valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha keyingi nazariya bu xarid qila olish pariteti nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariya yagona narx nazariyasiga oʻxshash boʻlib, bunda bir davlatda narxlarining ikkinchi mamlakatdagi narxlarga nisbatan oshishi uning valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga nisbatan devolivatsiya yaʼni qadrining pasayishiga (ikkinchi mamlakat valyutasining birinchisining valyutasiga nisbatan qadrining oshishiga) olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |