Mavzu: Xorijiy valyuta bozori Jo’rayev Jo’raxo’ja


Download 0.98 Mb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1064985
  1   2   3
Bog'liq
Xorijiy valyuta bozori


Mavzu:Xorijiy valyuta bozori
Jo’rayev Jo’raxo’ja
Dunyodagi aksariyat mamlakatlarning oʻzlarining milliy valyutalari mavjud. Masalan: AQSHda AQSH dollari; Yevropa ittifoqida yevro; Brazilyada real; Rossiyada rubl; Xitoyda yuan va boshqalar. Ushbu mamlakatlar orasida amalga oshiriladigan savdo sotiqlar turli xil valyutalarni ayriboshlash (yoki boshqa valyutadagi bank depozitlarini shakllantirish) jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Agarda Braziliyadagi biror bir firma xorijiy mamlakatdan biror bir mahsulot yoki aktivni sotib oladigan boʻlsa, Braziliya reali yoki ushbu valyutadagi bank depoziti boshqa valyutaga ayriboshlanadi. Valyutalar hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi xorijiy valyuta bozori (FOREX)da amalga oshiriladi.
Xalqaro valyuta bozori yuqorida taʼkidlanganidek turli mamlakatlarning valyutalari oldi sotdisi amalga oshiriladigan bozor hisoblanadi. Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar tomonidan oʻz davlatlaridan boshqa davlatga borganlarida valyutani ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan investitsiya kiritib, foyda olish mumkin boʻlgan manba sifatida qaraladi. Statistik maʼlumotlarga nazar soladigan boʻlsak, foreksda oʻz faoliyatini boshlaydigan yangi treyderlarning aksariyat qismi aniqrogʻi 90-95 foizi oʻz pullarini qanday qilib yoʻqotganini tushunmagan holda ushbu bozorni tark etishadi
Bugungi kunda foreks dunyoning eng katta moliyaviy bozori hisoblanib, undagi kunlik oʻrtacha tranzaksiyalar miqdori taxminan 5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi (2018 yil yanvar holatiga koʻra) va bu koʻrsatkich yil sayin oshib bormoqda. Fond birjasidan farqli oʻlaroq, valyuta bozori tartibga solinmagan bozor hisoblanadi. Har bir tranzaksiya yopiq tarzda boʻlib, tomonlarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. Xalqaro valyuta bozori kuniga 24 soat, haftasiga 5,5 kun ishlaydi yaʼni yakshanba kuni 12:00 soʻng jumaga qadar ishlaydi. Foreksda markaziy banklardan 115 tortib individual investorlar kabi bir qator ishtirokchilar valyutalar boʻyicha kelishuvlarni amalga oshiradi. Davlatlar Markaziy banklarining oʻz valyuta zaxiralarini qaysi valyutada shakllantirishidan kelib chiqqan holda Foreksda asosan qaysi valyutalar qatnashishini bilib olish mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling