Mavzu: Xotira. Reja: Xotira o'zi nima?
Download 482 Kb.
|
xotira
Mavzu: Xotira . Reja: 1. Xotira o'zi nima? 2. Xotira haqida sharq allomalarining mulohazalari.. 3. Xulosa Ushbu mustaqil ish mavzusi xotira haqidagi tasurotlar. Xo'sh xotira aslida nima ? Nima uchun unga bunchalik etibor berilmoqda ? Uning hayotimizda, kundalik sharoit va mehnat faoliyatimizda qanday o'rni bor-ki uni o'rgani-shga bunchalik muhtojmiz? Tayyorlagan ishimda aynan bularni yoritishga harakat qildim. Berilgan malumotlar kam ,yetarli bo'limadligi mumkin lekin ortiqcha bo'ladi deb o'ylamayman. Xotira uzoq zamonlardan buyon insonlar etibori markazida . Turli davrda turlich nomlansada (hozir ham bir manoda qo'llaniladi) mazmun mohiyati ayni holda. Avvaldan, jamiyatning yetuk insonlarini aynan ularning xotirasi darajasiga ko'ra belgilabishi mavjud. Masalan : o'z davrining yetuk alloma-lari, bobo kalonlarimiz Al-Buxoriy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa ko'p-lab ajdodlarimizning hofizasi yani xotirasi tomonidan berilgan tariflari mav-jut. Alisher Navoiyning yoshligida qushlar tili kitobini yoddan bilishi, Al Buxoriyning mingdan ortiq xadisni yoddan bilishi kabi malumotlarni bola-ligimizdan eshitib kelamiz. Bu o'rinda buyuk sarkardalar Amir Temur, Aleksandr Makedonski, Napalyonni ham misol keltirish mumkin, ular tuzlab, minglab askarlarining ismini,ular haqidagi malumotlarni yoddan bilganlar. Albatta bular faqat o'z zamonasi uchun emas , bizning hozirgai rivojlangan zamonamiz uchun ham katta gap . Turli davr turli zamonlarda huddi shunday xotirani solishtirishga , o'lchashga harakat qilingan. Hozirgi rivoj-langan zamonda ayniqsa xotiraga bo'lgan ehtiyoj yuqori. Har kungi yangi malumotlarni eslab qolish , o'rganish to'g'risi mushkul masala. Insoniyat tajribalarini to'plovchi va yetkazib berishga (kelajakga) harakat qiluvchi mavjudoddir. Biz yani hozirgi zamon avlodlari esa bu boshlangandan boshlab iloji boricha ko'prog'ini o'rganishga majburmiz. Bizdan keyingi avlod uchun bu yanada mushkul bo'lishi aniq. Chunki, hozirgi elektron qurulmalarga bog'liqlik kelajakda yanada ortadi , bu albatta dangasalikga , malumotlarni o'rganishning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Sabab, malumotlarni fleshka, disklarga saqlash mumkin bo'lsa esda saqlashning nima keragi bor? -deb hisoblashdadir. Ammo hozircha inson xotirasiga teng keladigan xotira qurulmasi yaratilmadi . Keltirilgan malumotlarni kimnidir aqilli bo'lishiga yordam beradi deb o'ylamayman shunchaki qo'limdan kelganicha harakat qildim . Xotraning men tomonimdan qanday tushunilishini anglatishga . 1. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizniyodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutibyuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G’.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir".Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud boladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida indiviualtajriba orttirishga bog`liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyat daqollanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi.materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokig abog`liq boladi.chunki har bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira psixologiyaning eng ko`porganilgan bolimlaridan biribolib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada organilishi uni fanning tag`in muhimroq muammosiga aylantirib qoydi. Xotirani o’rganish soxasidagi eksperimental tadkikotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira problemasi kup tadkikotchilarning dikkatini uziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga kura, bosh miya pustidagi nerv xujayralari nixoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu xujayralar nozik sezgirlik va uzgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning xosil bulishi, miyada uzoq muddat saklanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo’lgan murakkab jarayonlar yotadi. Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda mustaxkamlanib kolgan turlicha narsalar xamda xodisalar urtasidagi bog’lanishdir. Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil etadilar. Bosh miya pustlogi muvakkat nerv bog’lanishlarining yuzaga kelishi, mustaxkamlanishi va keyinchalik turli qo’zg’ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi xotira jarayonlari – esga olish, esda saklash va esga tushirishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Bosh miya pustlogida yuzaga kelgan muvakkat nerv bog’lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog’lanishlar real voqelikdagi narsa va xodisalarning fazo xamda vaqt jixatidan o’zaro yondoshlik alokalarini, ular urtasiga uxshashlik va tafovut munosabatlarini va, nixoyat, sabab-natija bog’lanishlarini aks ettiradi. Bilish ob’yektlari yonma-yon to’rgan yoki ketma-ket kelgan xollarda fazo yoki vaqt jixatidan yondoshlik assotsiatsiyasi ro’y beradi va shu sababdan bunday ob’yektlar baravar esga olinadi xamda baravar esga tushiriladi. Uxshashlik assotsiatsiyasining moxiyati shundan iboratki, narsa va xodisalarning obrazli va ular xaqidagi fikrlar xudi shularga uxshash obrazlarni xamda fikrlarni esimizga keltiradi. Qarama-qarshilik asotsiatsiyasi biz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan xodisalarga qarma-qarshi xodisalarning qarama-qarshi xodisalarning esimizga tushishini ta’min qiladi. Chunonchi, biz uzimizga kerakli familyani boshqa shunga qarma-qarshi ma’nodagi so’zlardan tashkil topgan familya yordamida esga tushirishimiz mumkin (Chernov – belov) yoki chul kurinishi tog manzarasini xotirada tiklashi mumkin. Esga olish va esga tushirish jarayonlarida sabab natija bog’lanishlarining roli ayniksa muximdir. Bu bog’lanishlar narsa va xodisalar urtasidagi eng muxim alokalarni aks ettiradi. Xotiraning asosida ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari yotadi. Ayni chogda idrok kilinmasa xam ammo ilgari idrok etilgan narsa va xodisalarning miyada aks ettuvchi obrazlari xotira tasavvurlari deb ataladi. Tassavvurlar ko’rish eshitish harakat xid tuyush va xokozo tasavvurlari bulishi mumkin. Ko’rish tasavvurlarida odam uzi ilgari idrok qilgan narsalarni guyo fikran kurayotgandek eshitish tasavvurlarida esa kuylarni kogozlarni fikran eshitgandek bo’ladi. Odatda turli tasavvurlar bir biri bilan kushilib keladi. Biron kishininig tashqi kiyofasini kuz oldimizga keltirigan tasavvur qilgan paytimizda uning ovozini ham fikran eshitib turgandek bo’lamiz.Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Ular bir umumiy jarayonning turli tomonlarini tashkil qiladilar. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojalanishi kishining faoliyati bilan bog‘liq. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual ya’ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatdan tushib qolishi uni esdan chiqarib qo‘yishga olib keladi. Ana shu yukorida kursatilgan protsesslarda xotiraning faoliyat bilan alokasi va xotira aktlarining aloxida mustakil harakatlar tarzida namoyon bulishi ayniksa yaqqol kurinadi. Xotira jarayonlarning o’zaro bog’liqligini unutmagan xolda, bu protsesslarning xar biriga xos bulagn eng muxim xususiyatlarni qarab chikamiz. Esda olib kolishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin; buning natijasida yangi materialni oldin uzlashtirilgan material bilan bog’lash orqali yangi material mustaxkamlanadi. Esda olib kolish individ tajribasini yangi bilimlar va ish-harakat formalari bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib kolish xama vaqt tanlovchanlik xarakteriga ega: bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilayotgan xamma narsalar xam esimizda saklanib kolavermaydi. Qayta esga tushurishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin, bu xotira protsessi natijasida psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chikarib olish va uni opirativ xotiraga utkazish yuli bilan aktuallashtirish sodir bo’ladi. Qayta esga tushirish protsessining ichidan uning xar xil turlarini ajratib, ularni kuyidagi tartibda joylashtirish mumkin: tanish, qayta esga tushirishning uzi va eslash. Bunda shaxsning tarixiy xotirasi xisoblangan xotirlash aloxida urinni egallaydi. Tanish - kandaydir ob’yektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirishdir. Tanish katta hayotiy axamiyatga ega. Tanish bo’lmaganda biz narsalarni bizga avvaldan tanish bo’lgan narsalar deb emas, balki xar gal yangi narsalar deb idrok qilgan bular edik. Tanish xama vaqt bizning tajribamizni atrofimizdagi ob’yektlarni idrok qilishimiz bilan bog’laydi va buning bilan bizga atrofimizdagi voqeylikni tugri anglay olish imkonini beradi. Tanish uzining aniqligi, yaqqoligi va to’laligi darajasi bilan xar xil bo’ladi. Tanish-ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy protsess tarzida amalga oshirilishi mumkin. Odatda, tanish to’la, yaqqol va aniq bo’lsa, u bir momentli ixtiyorsiz aks tariqasida amalga oshiriladi. Biz ilgari idrok qilgan narsalarimizni xozir qayta idrok qilayotgan paytimizda ixtiyorsiz ravishda, xech kanday zur bo’lmay, o’zimiz sezmagan xolda tanib olamiz. Xotirlash-utmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan xolda qayta esga tushurishdan iboratdir. Xotirlashda biz o’tmish obrazlarini faqat esga tushiribgina qolmay, balki bu obrazlarni ma’lum vaqt va joylar bilan bog’laymiz, biz bu obrazlarni kachon va kanday sharoitlarda idrok qilganimizni eslaymiz, ularni uz hayotimizning ma’lum davrlari bilan bog’laymiz, bu obrazlarning vaqt oraligidagi izchilligini anglaymiz. Materialning mantikiyligi, anglanganligi, avvalo tajriba bilan bog’liqligi esda olib kolishning zarur shartidir. Qayta esga tushurish psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va amaliy xotiraga o’tkazish yo’li bilan aktuallashtirish jarayoni sifatida ta’riflash mumkin. Aktuallashtirish jarayoni turli qiyinchilik darajasi bilan farklanishi mumkin. Tanish biron bir ob’yektni takroran idrok qilish sharoiti qayta esga tushirish demakdir. Qayta esga tushirish xam ixtiyoriy va ixtiyorsiz bulishi mumkin. Ba’zan kerakli narsalarni esga tushirish uchun faol kidiruv ishlarini olib borishimizga tugri keladi. Bunday paytda esga tushirish eslash deb aytiladi. Eslash usullari orasida eng muximlari kuyidagilardan iborat; plan to’qish eslatadigan materialning obrazlariga asoslanish bevosita bog’lanishlarni xosil qilish. Unutish; unutish jarayoni ozmi kupmi darajada chukur bulishi mumkin. Material shaxs faoliyatida kancha kam ishtirok etsa, aktual hayotiy maqsadlarga erishishda kanchalik axamiyati samimiy bo’lsa, uni unutish shunchalik chukur bo’ladi. Unutish maqsadga muvofik xodisadir. Esida olib kolishni eng darslabki xam tashqi tasirlarining izlari mustaxkamlangunga kadar ma’lum vaqtni talab etadi. Bu vaqtdagi jarayonlar mexanizmlari axborotni esda saklab kolish, esda saklash va qayta esga tushurishning aloxida bir turi xisoblanadi. Bu jarayon qisqa mudatli xotira deb ataladi. 2. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqa(lar))da uchraydi. Xususan, Forobiy xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.X. namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional X. (his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi – biror faoliyatda (masalan, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda saqlab kelinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy X. ixtiyorsiz X. dan samaraliroq. Ibn Sino shunday degan edi: «Barcha ruhiy kuchlarning manbai va ta’sir qiladigan joyi asabdir, uni ortiqcha zo‘riqtirish turli kasalliklarga olib keladi. Bosh miya butun organizm faoliyatini boshqaradi va ruhiyat manbai hisoblanadi». Ibn Sino risolalarida asab markazlari ichki a’zolardan maxsus uzun tolalar orqali ma’lumot olib turishi va ularning faoliyatini boshqarishi haqidagi ma’lumotlarni uchratamiz. Fikrimizcha, Ibn Sinoning tana va ruhiyatning yagonaligi haqidagi qarashlari hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot yutuqlari sababli to‘la tasdiqlanib, psixosomatik tibbiyot deb ataluvchi fanga asos soldi. Ibn Sino «Xotira buzilishi bosh miyaning orqa qismi, tafakkur buzilishi miyaning o‘rta qismi, idrok buzilishi esa miya qorinchalari zararlanishi bilan bog‘liq», deb fikr yuritgan. U depressiya, epilepsiya, ong buzilishlari, gallyutsinatsiya, alahsirash, tafakkur va xotira buzilishlari haqida ko‘p yozgan hamda ularning turlarini ajratib o‘rgangan. Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilmaxil ko’rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko’rinishlarga ajratiladi: I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi turlarga bo’linadi: а) harakat yoki motorharakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) histuyru yoki hissiyot xotirasi; g) so’zmantiq xotira. II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan; a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexaniq. III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra: а) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli; v) operativ (tezkor) xotira. IV. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra: a) musiqiy, b) eshitish xotirasi. V. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab: a) fenomenal, b) kasbiy. Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik ko’rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jixatdan esda qoldirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan xech bir maqsadni kuzlamagan xolda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo’ladi va esga olishning maxsus usullaridan foydalanishini nazarda tutadi. Esda qoldirish jarayonida o’quvchining irodaviy zur berishi shuningdek fikriy aktivligi o’rganiladigan materiallarning moxiyatini tushunishi katta rol’ uynaydi. Esda qoldirish fikriy aktivlik darajasiga qarab mexaniq va ma’nosiga tushunib logik esda qoldirish xillariga ajratilishi mumkin. Mexaniq esda qoldirish yondoshlik bo’yicha yakka tartibdagi vaqtli bog’lanishlarga asoslangan bo’lib bunda esda qoldirish kishidan kup vaqt sarflashni talab etadi va uncha mustaxkam bo’lmaydi. Ta’lim jarayonida shubxasiz ma’nosiga tushunib esda qoldirishiga suyanib ish ko’rish kerak. Bunda esda qoldirish o’rganiladigan xodisalarning moxiyatini tushunishga va bu xodisalar urtasidagi sabab natija bog’lanishlarini aniqlashga asoslangan bo’ladi. Ma’nosiga tushunish va sabab natija bog’lanishlarini topishgina esda qoldirishning yuksak darajada samarali va puxta bo’lishini ta’minlaydi. Darsda esga olingan materialni xotirada mustaxkam saqlab kolishda takrorlash muxim rol o’ynaydi. Takrorlash esda olib kolish lozim bo’lgan materialni boyitish binobarin yuzaga keluvchi muvaqqat nerv bog’lanishlarini mustaxkamlash demakdir. Materialning muvafokiyatli esga tushushi avvalo uning puxta to’la aniq esga olingan bulishiga bog’liqdir. Esga olish jarayonida yuzaga kelgan muvvaqqat nerv bog’lanishlarining keyinchalik muayyyan qo’zg’atuvchilar ta’sirida qayta jonlanishi esga tushurishning fiziologik asosi xisoblanadi. Esga tushuirishning eng soda kurinishi tanishdir. Bunday xol ilgari idrok etilgan ob’yektning yana yangidan idrok etishiga kelgan paytda ruy beradi. Ilgari bir marta idrok etilgan odam joy vam usika kuyiga oradan ma’lum vaqt utgandan keyin yana tuknash kelgan paytimizda biz ularni taniymiz. Esga tushurish ikki xilga ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushurishga ajraladi.Ilgari idrok qilingan materialning odamda xech bir maqsadsiz esiga tushub qolishi ixtiyorsiz esga tushirish bo’lib bunda ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari odamda uning xoxishiga bog’liq bo’lmagan xolda ongida gavdalanadi. Ta’lim jarayonida xam ko’pincha ixtiyoriy esga tushirishga tayanib ish ko’rishga tugri keladi. Esga tushirishda kishidan irodaviy zur berishni talab etuvchi aktiv fikrlash jarayoni eslash deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esga tushirish va tanishning eng murakkab kurinishidir. Tormozlangan bog’lanishlar oradan bir necha vaqt utgandan keyingina yana jonlana oladi. Bu kechikkan esga tushirish bo’lib reminissensiya deb ataladi. Bunday xodisa ayniksa kichik yoshdagi maktab ukvchilarida qiyin materialni kup marta takrorlashi natijasida yuz beradi. Perseveratsiya xodisasi turli obrazlarning irodamizga bog’liq bo’lmagan va xatto irodamizga buysunmagan xolda ongimizda uz-uzidan gavdalanishidir Xotiraning xar xil turlarini ajratishda en umumiy asos qilib xotira xarakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog’liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy kriteriyaga muvofiq ravishda bo’linadi. 1.Ko’proq faoliyatda ko’rinadigan psixik faollik xarakteriga qarab, xotirani harakat, emotsional, obrazli va suz-mantikiy xotira turlariga bulinadi. 2.Faoliyat maqsadi xarakteriga kura, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bulinadi. 3.Materailani qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab (faoliyatda xotiraning roli va urni jixatidan) qisqa muddatli, uzoq muddatli operativ xotira turlariga bo’linadi. A) Harakat xotirasi-turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, esda saklash va qayta esga tushirishdan iboratdir B) Emotsional xotira odamning ilgari uz boshidan kechirgan xis-tuyg’ularini, emotsional xolatlarini esda olib qolishidir. Bu tuyga xissiyotga xos xotiradir. V) Obrazli xotira tasavvurlar,tabiat va hayot manzaralari,shuning bilan birga tovushlar, xidlar, tamlar, bilan bog’liq xotiradir. Obraz xotirasi orqali material birinchi signallar tarzida, ko’rish, eshitish, harakat, tuyush va boshqa sezgi tasavvurlari haqida esda olib kolingan. Ba’zan eydetik deb atalgan(«eydos»-yunoncha suzdan olingan bo’lib, obraz degan ma’noni anglatadi)xotira turlariga ega bo’lgan odamlar uchrab turadi. Xotiraning eydetik obrazlari yoki konkret ko’rgazmali obrazlari tashqi ta’surotlar tufayli sezgi a’zolarining qo’zg’alish natijasidir. G) Suz mantikiy xotira mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi.Suzlar bo’lmasa,fikrlar xam bo’lmaydi. Shuning uchun xam fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantikiy xotira deb atalmay,balki suz-mantikiy xotira deb ataladi. Suzlar orqali ifodalangan fikrlar suz mantik xotirasi yordamida esda olib kolinadi. D) Fenomenal xotira–bir vaqtning uzida juda katta xajmdagi ma’lumotlarni esda olib kolishdir. Masalan Yuliy Sezar, Napoleon, Motsart Farobiy, Imom Al-Buxoriy. Yesda olib kolish jarayonlarining faoliyati maqsadlariga muvofik ikki asosiy turi ixtiyriy va ixtiyorsiz esda olib kolish farq qilinadi. A) Biror maqsad kuyish esda olib qolish ixtiyoriy xotiradir. Bunda xotira jaryonlari uziga xos tarzdagi mnemik harakatlar sifatida yuzaga chikadi B) Ixtiyorsiz esda olib kolingan material uz-uzidan eslab kolganidek tuuladi. Ixtiyorsiz esda olib kolishning unumli bulishi uchun muayyan faoliyatida tutgan urni muximdir. Ixtiyoriy esda olib kolish maxsus mnemik harakatlar ya’ni asosiy maqsadi eslab kolishdan iborat bo’lgan harakatlar maxsulidir. Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib kelishi mumkin. Ko‘p hollarda qariyalar xotira pasayishi tufayli hayot davomida oddiy yumushlarni ham bajara olishmaydi. Qarilik tufayli xotira zaiflashuvini odatda tuzatib bo‘lmaydi, ammo yoshlikda kuzatiladigan bunday muammolarni tuzatsa bo‘ladi. Xotira bilan bog‘liq muammolarga hatto bolalar ham duch kelishadi. Bunday muammolarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki inson kelajakdagi hayotiy qobiliyatlari xotira bilan chambarchas bog‘liq. Bolalar xotira pastligi tufayli o‘qishdan ortda qoladi, ta’lim olish muassasalariga borgisi kelmaydi, bola asabiy, jaxldor va yig‘loqi bo‘lib qoladi. Muammoga e’tiborsizlik qilinsa, unda xotirani rivojlantirish qiyin bo’ladi, shu sababli choralarni o’z vaqtida ko’rish kerak. Hozirgi kunda xotirani yaxshilash uchun medikamentoz terapiya va xalq tabobati vositalarini qo’llash mumkin. Agar xotira juda ham pasaygan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. XOTIRANING BUZILISHI: U NEGA PASAYADI? Inson xotira funktsiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida buzilishi mumkin. Shifokorlarning fikricha, xotiraning pasayishiga quyidagi bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkin: Jismoniy va aqliy zo’riqish. Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash. Surunkali uyqusizlik. Surunkali stress. Kuchli stressni boshdan kechirish. Tamaki mahsulotlari chekish. Alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish. Narkotiklar qabul qilish. Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar. Insult. Kalla suyagi jarohatlari (ochiq va yopiq). Qalqonsimon bez kasalliklari. Qon tomirlar kasalligi. Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi. Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish. Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganida yoki yuqori sinfga o‘tganida ular xotira pasayishi seziladi, bu bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni koyimasliklari zarur. XOTIRANI KUCHAYTIRISH UCHUN MASHQLAR Xotirani yaxshilash va kuchli qilish uchun, ish joyida ham bajarsa bo‘ladigan, har qanday yoshdagi insonlar uchun to‘g‘ri keladigan mashqlar bor. Samarali mashqlardan biri rasmlarni eslab qolish. Bunday mashqni o‘tkazish uchun biron bir qiziqarli rasm olish kerak, unda 10 tadan 15 tagacha bo‘lgan jism, hayvon va shu kabilar bo‘lsin. Ushbu rasmga 60 soniya davomida diqqat bilan qarang va u yerdagi narsalarni eslab qolishga harakat qiling. 60 soniya o‘tgandan keyin rasmni berkitib, eslab qolgan narsalaringizni ayting yoki ularni yozing. Bunday mashqni bolalar bilan o‘yin sifatida o‘tkazsangiz, bolaning kayfiyati ham ko‘tariladi. Faqatgina bir rasmdan emas, 2-3 xil rasmlar bilan mashq qilganingiz afzalroq. Sanash – xotirani kuchaytirish uchun yaxshi mashq. Bu samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Masalan: 1, 20, 2, 19, 3, 18 va hokazo. Har kuni ushbu mashqni takrorlab 10 ta songa oshirib boring va 100 gacha yeting. Mashqni uyqudan oldin bajarsangiz ancha samarali bo‘ladi. Agar inson sonlarning boshqa tillardagi talaffuzini bilsa, parallel ravishda o‘z tili va boshqa tilda sonlarni sanash xotirani tiklashga tezroq yordam beradi. Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan biri “chapaqay” qo‘l mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi. Xotira mashqi sifatida o‘qish paytida ikkita bir xil kelgan harflarni topish va ularga e’tibor qaratish ham miyani ishlashga majburlaydi. Sizga yaxshi tanish bo‘lgan jism yoki xonaning ta’rifi haqida batafsil ma’lumot bering, u yerda joylashgan buyumlarni birma bir sanab o‘ting. Bu ham miyaning turli xil qismlarini ishlatib, xotirani kuchli qilishga yordam beradi. BOLALARDA XOTIRANI KUCHAYTIRISH Eng oddiy va mazali bo‘lgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot — banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishiga va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari banan iste’mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira zaiflashuvining bir sababidir. Asal va yalpiz ham xotirani mustahkamlash xususiyatiga ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib, 2 stakan qaynagan suvga solinadi, eritmani 30 daqiqa og‘zi yopiq idishda saqlab, so‘ng unga 2 choy qoshiq asal qo’shiladi. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turish kerak. Asal va yalpiz nafaqat xotirani mustahkamlaydi, balki immunitetni ham oshiradi. Shu bilan barobar miya qobig’ining ba'zi bir joylari, masalan, chakka qismi lat yeganda psixikaning buzilishini klinik-psixologik tadqiq qilish natijasida idrok va xotiraning qonuniyatlarini tushunish imkonini beradigan yangi ma'lumotlar olindi. Psixologklinisist bemorning og’zaki yoki yozma nutqi psixologik jihatdan buzilishi xususiyatlarini aniqlab, dardning manbai kishi bosh miyasi katta yarim sharlarining muayyan bo’lmasida ekanligini qayd qiladi va bu bilan neyroxirurgiyaga yordam beradi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod faoliyat psixologiyasida keng qo’llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she'rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallarni qo’llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan ma'lum hukm, xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risida ma'lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma'qul. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar". Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi. Download 482 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling