Mavzu: xotira shajarasi va operativ xotira reja: Xotira shajarasi Magnitli disklar Operativ va kesh xotira Tayanch iboralar


XQ hajmi unda saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotning maksimal hajmini  belgilaydi.  Ma’lumot hajmining birligi bo‘lib bir bit


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1050298
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu (1)

XQ hajmi unda saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotning maksimal hajmini 
belgilaydi. 
Ma’lumot hajmining birligi bo‘lib bir bit hioblanadi. Bu ikkilik sanoq 
tizimidagi bir razryad ma’lumotga yoki bitta mantiqiy konstantaga mos keladi. Bit 
son jihatidan mantiqiy nol yoki mantiqiy bir qiymatlarini qabul qilishi mumkin. 
Odatda,, bir bitga teng bo‘lgan ma’lumot, bitta elementar xotira elementida (EXE) 
saqlanadi. Shuning uchun XQ hajmi bitlarda yoki razryadi ko‘rsatilgan kod so‘zlar 
soni bilan aniqlanadi. Shunga ko‘ra 8-razryadli kod so‘zi bayt deb ataladi. Katta 
hajmdagi ma’lumotlarni aniqlash uchun mos ravishda kilo va mega qo‘shimchalari 
kiritilgan bo‘lib, 2
10
=1024 bit=1 Kbit va 2
20
=1 048 576 bit= 1 Mbitni anglatadi. 
Yanada aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun «xotirani tashkil etish» (N x L) 
tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u uzunligi (razryadi) (L) bo‘lgan saqlanayotgan kod 
so‘zlar soni (N)ni bildiradi. XQ xajmi uning tashkil etuvchilarning parametrlari 
bilan quyidagicha munosabat bilan bog‘liq: 
M = NL. 
Bunga ko‘ra, bir hil hajmga ega bo‘lgan ma’lumotlar uchun xotira turlicha 
tashkil etilishi mumkin. Masalan, ikkita 32x8 va bitta 256x1 tashkil etilgan xotira 
hajmlari bir hil, ya’ni 256 bit xotira hajmiga ega. 


10 
3. Operativ va kesh xotira 
Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlagan. Protsessorlar ham, 
xotira ham parallel ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Konveyerli va 
superskalyar arxitekturali, unumdorligi juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab 
chiqarilmoqda. Xotira qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa birinchi galda, uning 
hajmini oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning uchun ham 
protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham 
kattalashmoqda. Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga 
kerakli so‘zni o‘qib olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini 
bekor o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan 
qanchalik sekin ishlasa, shunchalik ko‘proq sikllar davomida protsessor uni kutib 
turishi kerak bo‘layapti. 
Bu muammoni hal qilishning bir nechta yo‘llari mavjud ekan. Shulardan 
biri, uncha katta bo‘lmagan hajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, 
protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan (2.6-
rasm). Bunday xotira kesh-xotira deb ataladi («cacher» - fransuz tilida «yashirish» 
degan so‘zni anglatadi). Kesh- xotirada dastur tomonidan ko‘p ishlatiladigan 
so‘zlar yoki asosiy xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi. Asosiy xotiraning bu 
qismi, o‘sha paytda ishlayotgan dastur tomonidan ko‘proq foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan qismi bo‘ladi. Bu lokallik tamoili deb ataladi (rus tilida - принцип 
локальности). 
Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh- xotiraning ikki 
xili mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira 
birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память). 
Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida 
ajratilgan kesh-xotira deb ataladi (rustilida - разделенная кэш-память). Hozirgi 
kompyuterlarda ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda 
[16,17,28]. 


11 
10-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni. 
Kesh-xotirani qo‘llashning - bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.7-
rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-
xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-
I) va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha 
xajmga ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u 
bilan bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 
Mbayt gacha xajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar 
ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. 
Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir 
necha megabayt xajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat 
bo‘ladi (rus tilida - статическое оперативное запоминающее устройство - 
ОЗУ). 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling