Mavzu: Xotiraning nerv-fiziologik asosi va xotira nazariyalari


Download 80.53 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi80.53 Kb.
#1288547
  1   2
Bog'liq
Xotiraning nerv-fiziologik asosi va xotira nazariyalari


Mavzu: Xotiraning nerv-fiziologik asosi va xotira nazariyalari
Reja:

  1. Xotira haqida ta’rif va uning nazariyalari

  2. Xotira turlari.

  3. Xotiraning nerv-fiziologik asosi

  4. Muloqat psixolologiya.

Odam kundalik faoliyat davomida sezgan va idrok qilgan narsalarning hammasi uning miyasida iz qoldiradi. Asab tizimining yumshoq, yopishqoq va o’zgaruvchanligi shaxsning ko’rgan va eshitgan narsalarining miyada iz qoldirishiga imkon beradi.


SHuni ham ta`kidlash lozimki, har bir predmet yoki voqea-hodisa qoldiradigan izning miqdori va muddati odamning o’sha izga nisbatan bo’lgan ehtiyojlariga bog’liq bo’ladi. ehtiyoj bor narsalarning izi keng va uzoq muddatga qoladi, ehtiyoj bo’lmagan narsalar esa idrok qilingani zahoti yana unutilib ketadi. Ikkinchidan, miyada qoldirilgan izning miqdori vaqt bilan bog’liq holda ham o’zgarib turadi, ya`ni vaqt o’tgani sayin izning miqdori kamaya boradi.
Nemis psixologi German ebbingauz xotira materialining vaqtga qarab o’zgarishiga doir ko’plab tajribalar o’tkazgan. Uning tajribalariga ko’ra, odam biron narsani esga olganidan keyin bir kun vaqt o’tgach, uning 25 foizini unutadi.
Esga olingan materialni qay hajmda esda saqlash har bir shaxsga xos alohida xotira tipining sifatiga ham bog’liqdir. Bir hajmda va bir xildagi material xotira tipining sifatiga qarab turli shaxslarda turlicha hajmda iz qoldiradi. Xuddi shuning singari unutilish jarayoni (kamayish miqdori) ham har xil shaxslarda turlichadir.
Xotira jarayoniga xos xususiyat shundaki, odamning ko’rgan va eshitgan narsalari qoldirgan iz miya po’stlog’ida o’sha narsalarning obrazi tarzida saqlanadi. Buning natijasida odam istagan vaqtda bu obrazlarni o’z ongida qayta tiklay oladi.
Xotira jarayonlari quyidagilardan iborat: 1. esga olish; 2. esda saqlash; 3. yodlash; 4. qaytadan esga tushirish; 5. unutish; 6. tanib ola bilish.
Xotira materiali esga olishdan boshlanadi. YUqorida ta`kidlaganimizdek, esga olishning miqdori xotira tipining sifatiga, shaxsning ehtiyojlariga, esga olinuvchi materialning xarakteriga bog’liqdir. Esga olish natijasida xotiradagi turli-tuman materiallar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. esga olishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz formalari bor. Ixtiyoriy esga olishda shaxs iroda kuchini sarflaydi, o’zini u yoki bu narsani esga olishga majbur etadi. Ixtiyoriy esga olish bilim egallash, san`at va hunar o’rganishning muhim shartidir. Xotira materialining ma`lum qismi ixtiyorsiz ravishda esda saqlab qolingan bo’ladi. Futbol ishqibozi klasslar bo’yicha komandalarni, o’yinchilarning ismini, familiyasini, o’yin vaqti va joyini hamma vaqt xotirada saqlab yuradi. Bu ixtiyorsiz esga olishiga misoldir. Esga olingan material mazmunan mantiqiy va mexanik xarakterga ega bo’ladi. Agar odam u yoki bu narsani mohiyatiga, ma`nosi-mazmuniga har tomonlama chuqur tushungan holda esga olsa, bunday esga olish mantiqiy esga olishdir.
Mantiqiy esga olish murakkab aqliy jarayonning yakunidir. Professor K.K.Platonov logik esga olishning bosqichlarini sxema tarzida quyidagicha keltiradi.

Эсда олиб qолинадиган материалнинг маъносига тушуниш

Материални анализ qилиш

Энг муhим фикрларни ажратиб олиш

Умумлаштириш, хулоса чиqариш

Умумлаштирилган материални эсда олиб qолиш

Bizning maktablarimizda o’quvchilarga beriladigan bilimlarning hammasi logik xotira yo’li bilan o’rgatiladi. Maktab o’quvchisi o’rganayotgan har bir holni mazmuniga tushungan holda o’zlashtiradi, faktlarning mag’zini chaqadi, ulardan tegishli xulosalar chiqaradi, nazariyadan amaliy, amaliyadan nazariy fikrlar yasaydi. Boshqacha aytganda, o’quvchi mazmuniga tushunganligi uchun qoida orqali misolni echadi, misoldan qoida chiqaradi.


Bilimlarni logik xotira yordamida o’rganishda tafakkurning roli kattadir. Xotira materiali tafakkur yordamida atroflicha bilib olinadi va yangi ma`no, mazmun kasb etadi. Logik xotira orqali olingan bilimlar shaxsning aqliy taraqqiyotiga samarali ta`sir etadi va xotirada uzoq saqlanadi.
U yoki bu narsaning mohiyati va mazmuniga chuqur tushunmasdan esga olish mexanik xotiradir. Mexanik xotira yordamida materialni o’rganish quruq yodlashdan iboratdir. Mexanik esga olish yo’li bilan o’rganilgan material xotirada uzoq vaqt saqlanmaydi. Mexanik esga olish orqali bilim egallash ko’pincha yoshlarda uchraydi.
Xotira materialini ehtiyojga yarasha esda saqlash odam faoliyati uchun muhim ahamiyatga egadir. Juda ko’p tajribalarning natijalariga ko’ra, xotira materialining miqdori (biz bu o’rinda odam ehtiyojiga yarasha logik esga olish yo’li bilan olib qolingan materialni nazarda tutamiz) vaqt o’tgani sayin kamayib boradi. SHuning uchun esga olingan materialni ehtiyojga yarasha hajmda xotirada saqlash uchun uni vaqti-vaqti bilan takrorlash zarur. Agar takrorlab turilmasa, unutish jarayoni faollashib boradi. German ebbingauz bir necha o’quvchiga so’zlarni yodlatgan. So’ngra qay darajada esda qolganligini tekshirib, quyidagi xulosalarni aniqlagan (esda saqlash foiz xisobida):
30 daqiqada – 59 %
1 soatda – 44 – %
9 soatda – 36 %
24 – soatda – 34 %
48 – soatda – 28 %
144 – soatda – 25 %
744 – soatda – 21 %
Yuqoridagi esda saqlash foizining soat sayin kamayib borishi hamma vaqt zarur materialni takrorlab turishni taqozo etadi.
Esda saqlashning yanada murakkab formasi yodlashdir. Materialni yodlash orqali esda saqlashning o’ziga xos murakkabligi shundaki, bunda xotira egasi materialga qo’shimcha qila olmaydi yoki uning biror qismini tushirib qoldira olmaydi, undan nusxa (andaza) oladi, xolos.
Esga olingan materialni ma`lum fursat o’tgandan so’ng qaytadan esga tushirish ham xotira jarayonlarining muhim tomonidir. esda saqlanayotgan yoki yodlangan materialni qaytadan maqsadga muvofiq hajmda esga tushirish uning qay hajmda esga olinganligi, takrorlanish ritmi, xotiraning o’tkirligi, mahsuldorligi va hozirjavobligiga bog’liqdir.
Qaytadan esga tushirish jarayonida Reministsentsiya va amneziya hollari ham mavjuddir. Zarur paytda esga tushmagan yoki avval unutilgan deb hisoblangan materialning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni reministsentsiyadir. Reministsentsiya materialni vaqtincha unutish bo’lib, asab tizimining charchashi, zararlanishi yoki shaxsning kuchli hayajonlanishi kabilar bunga sabab bo’lishi mumkin. Qisman esga tushirish yoki butunlay esga tushira omaslik amneziyadir. Bu holatdagi shaxs hatto eng oddiy narsalarni ham esga tushira olmaydi. Psixopatologik nuqson, ayrim kasalliklar yoki bosh miya qobig’ining kasallanishi natijasida amneziya holati yuz beradi. Odam esga olgan narsalarning hammasini ham foydali deb bo’lmaydi. CHunki odam ba`zan ko’pdan-ko’p keraksiz narsalarni ham esga olib qoladi. Agar ular unutilmasdan saqlanib turaversa, xotira ancha qiynaladi. Unutish odamni o’tmishdagi noxush kechinmalardan xalos qiladi hamda xotirada narsa va hodisalar haqidagi muhim tomonlarni saqlab qolishga yordam beradi.
Xotira jarayonlarida tanib ola bilishning ham ahamiyati muhimdir. Inson xotirasida hamma predmetlarga xos belgini saqlab qolish imkoniyati bor. SHuning uchun ham odam hamma predmetlarni taniydi, o’z ehtiyojlari uchun ulardan o’rinli foydalanadi.
Xotira jarayonlarida aralash xotirlash ham mavjuddir. Bunday xotirlash assotsiatsiya yoki assotsiativ xotirlash deb ham yuritiladi. Bir vaqtda esga olingan narsa va hodisalar o’rtasida miyada hosil bo’lgan bog’lanish assotsiatsiyadir. Masalan, odam o’z do’stining ismini eslaganda, o’sha odamga xos bo’lgan boshqa belgilarni ham (turar joyi, kasb-kori, tuzilishi, xulq-atvori va h.k.) eslaydi.
Assotsiatsiya uch xil yo’l bilan vujudga keladi:
1. Aralashtirib eslash yo’li bilan ;
2. O’xshatib eslash yo’li bilan ;
3.Bir narsaning teskarisini eslash yo’li bilan .
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xotiraga quyidagicha ta`rif berish mumkin: «Odamning turmush tajribasida bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni esga olishi, esda saqlashi, yodlashi, qaytadan esga tushirishi, unutishi va tanib ola bilishidan iborat aqliy jarayon xotira yoki xotirlash deyiladi».
Xotira quyidagi turlarga bo’linadi:
1. So’z xotirasi;
2. Obraz xotirasi;
3. Harakat xotirasi;
4. Tuyg’u xotirasi.
Hikoya eshitish, ma`ruza tinglash, kitob o’qish orqali u yoki bu narsani esga olish so’z xotirasidir. So’z xotirasi nutq orqali ifodalanuvchi mantiqiy xotiradir. Safar chog’i poezdda bir kupega tushib qolgan ikki suhbatdoshning o’zaro fikr almashuvi, tushuntirishlari, savol-javoblari so’z xotirasining misollaridir.
Odamning har bir predmetga xos bo’lgan qiyofani esga olishi obraz xotirasidir. Obraz xotirasi odamning har bir predmetga xos muhim belgini tushunib, anglab olishining natijasidir. Bu xotira shaxsga predmetlar o’rtasidagi tafovutni ajrata olish va ulardan to’g’ri foydalanish imkonini beradi. Obraz xotirasi orqali odam o’zi bevosita idrok qilgan narsalarning qiyofasini fikran ko’z oldida gavdalantiradi. Samarqandni ko’rgan kishi istagan vaqtda Registon maydonini, Ulug’bek madrasasini ko’z oldiga keltira oladi.
Predmetlarning va odamning harakatlariga aloqador bo’lgan xotira turi harakat xotirasi bo’lib, bu xotira odam faoliyati jarayonida namoyon bo’ladigan harakat (yurish, yugurish, egilish, bukilish, sakrash va h.k.)lar natijasidir. SHuning uchun ham xotiraning bu turi harakat yoki motor xotirasi deb ataladi.
Odamning o’z hayotida yoki o’ziga yaqin bo’lgan kishilar hayotida bo’lib o’tgan quvonchli yoki musibatli holatlarni qaytadan esga tushirishi tuyg’u xotirasi yoki emotsional xotiradir. Kishi hayotida shunday quvonchli, xursandchilik damlari bo’ladiki, odam ularni vaqt-vaqti bilan qaytadan esga tushirishga o’zida ehtiyoj sezadi. Qiz yoki yigit turmushga, chiqqan o’ylangan hayotga qadam qo’ygan kunini, oilada farzandning dunyoga kelishi, uning maktab ostonasiga qadam qo’yishi, etuklik guvohnomasini olgan damilarni, oliy maktab talabaligiga qabul qilinganligi, o’zining yoki yaqin kishisining halol mehnatiga berilgan davlat mukofoti (mehnatning xalq tomonidan taqdirlanishi) kabilarning quvonchi shunchalik cheksiz bo’ladiki, odam bularni tez-tez esga tushiradi va undan rohatlanadi.
Xotira jarayonlarining ketma-ketligi inson miyasining beqiyos taraqqiy etganligining natijasidir. Odam miyasida tashqi ta`sirotlarning «iz» qoldirishi uchun hamma imkoniyatlar bor. Buni akademik I.P.Pavlov ko’p yillik tajribalari bilan isbotladi. I.P.Pavlov o’ttiz yil davomida reflekslarni har tomonlama o’rganish tufayli asab tizimining yumshoqligi va o’zgaruvchanligini aniqladi. Asab tizimi yumshoq va o’zgaruvchan bo’lganligi uchun odam sezgan va idrok qilgan narsalari unda iz qoldiradi.
Demak, asab tizimining yumshoqligi va yopishmoqligi xotiraning asab mexanizmi – fiziologik asosidir. Asab tizimining bu xususiyati tufayli ayrim ta`sirotlar unda abadiy iz qoldiradi. Bosh miya yarim sharlarida turli mazmundagi ta`sirotlarni qabul qiluvchi maxsus yo’llar bor. Turli qo’zg’alishlarning takrorlanishi natijasida asab bog’lanishlari jonlanadi, agar qo’zg’alishlar takrorlanmasa, asab bog’lanishlari susayadi va xotira materiali unutiladi. Ana shunday asab bog’lanishlarining doimiy mavjudligi ham xotira jarayoniga fiziologik asos sifatida xizmat qiladi.
Inson faoliyatida xotiraning sifatli bo’lishi muhim ahamiyatga egadir. Xotira odam biladigan barcha narsalarning asosidir. Hayotdan olingan barcha bilim va tajribalar xotirada po’lat sandiqda saqlangandek saqlanadi.
Obrazli qilib aytganda «xotira hech narsani yo’qotmaydigan, ezmaydigan, ko’zga tashlantirmaydigan», qo’lga tushirmaydigan tilla sandiq. U yonmaydi ham, cho’kmaydi ham»
Mustahkam va o’tkir xotira quyidagi xossalarga ega bo’ladi:
A) sermahsul bo’lib, ko’p materialni qamraydi;
B) tez esga oladi;
V) aniq esga tushiradi;
G) uzoq vaqt yodda saqlaydi;
D) qaytadan esga tushirishga doim tayyor bo’ladi.
Sermahsul va o’tkir xotiraning inson uchun ahamiyati haqida gapirib, psixolog I.M.Sechenev bunday yozgan edi: «Xotira taassurotlarni yozibgina qolmay, ularni butunicha va bo’laklarga ajratib xillaydi ham. Bu taassurotlarni hamma yozib olingan narsalar umr bo’yi saqlanadigan «xazina»ga topshiradi. Bu «xazina»da ular eng yaxshi kutubxonadagiga qaraganda ham yaxshiroq saqlanadi.
Xotira o’tkirligining ta`lim-tarbiya jarayonidagi roli ayniqsa muhimdir. Xotira tipi o’tkir bo’lgan o’quvchilar bilimlarni tez esga oladilar. Ularda unutish jarayon sekin bo’ladi. Xotira tipi sust bo’lgan o’quvchilarda esa aksincha, ular bilimlarni sekin esga oladilar va tez unutadilar.
O’quvchilar xotirasini sifat jihatidan quyidagi to’rt tipga ajratish mumkin:
Esga olish unutish
Tez sekin
Sekin sekin
Tez tez

Download 80.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling