Mavzu: Xromosoma turlari va xromosoma gistonlari Xromosoma
Download 16.76 Kb.
|
xiromosoma
Mavzu: Xromosoma turlari va xromosoma gistonlari Xromosoma – eukariot hujayralar yadrosidagi o’zida irsiy axborotning ko’p qismini tutgan, uni saqlash, ifoda etish va nasldan-naslga uzatishni amalga oshiradigan murakkab tuzilgan nukleoproteid tuzilma. Xromosoma asosan bitta uzun DNK zanjiri va unga birikkan gistonlardan tashkil topgan bo’ladi. Eukariotlarda xromosomaning asosiy tarkibiy qismlariga sentromera, telomerlar va replikasiya initsiatsiya nuqtasi kiradi. Uning kashf etilishi bir nechta nemis olimlarining (Shleyden, Virxov, Byuchli) nomi bilan bog’liq. “Xromosoma” atamasini ilk marotaba 1888-yilda V.Valdeyer qo’llagan. Xromatin xromosomaning tarkibiy qismi bo’lgan nukleoproteid ip. Uning tarkibiga DNK (30-45%), giston oqsili (30-50%) va giston bo’lmagan oqsillar (4-33%) kiradi. Elektron mikrofotografiya tasvirlarida xromatin xuddi ipga terilgan marjonga o’xshab ko’rinadi. Buni quyidagi rasmdan ham ko’rsangiz bo’ladi. Aynan xromatin darajasida genetik materialdan foydalanish, DNK replikatsiyasi va reparatsiyasi boshlanadi. “Xromatin” atamasini 1880-yilda V.Flemming fanga kiritgan. Y xromosoma barcha tirik tugʻadigan sut emizuvchilarda shuningdek odamda ham uchraydigan ikkita jinsiy xromosomadan bittasidir. Ikkinchisi X xromosoma hisoblanadi. Y xromosoma koʻpchilik turlarda jinsni belgilovchi hisoblanadi. Chunki, uning bor yoki yoʻqligi jinsiy koʻpayishdan tugʻiladigan avlodlarning erkak yoki urgʻochi ekanligini belgilab beraadi. Sut emizuvchilarda Y xromosoma erkak boʻlib rivojlanishni qoʻzgʻatuvchi SRY genini tutadi. Odam Y xromosomasidagi DNK 59 million nukleotid juftligidan tuzilgan.(4) Y xromosoma faqat otadan oʻgʻilga oʻtadi. Shimpanze Y xromosomasidan 30%ga farq qilish bilan bu xromosoma odam genomida eng tez oʻzgarishga uchrayotgan qismlardan biri hisoblanadi. (5) Odam Y xromosomasida oʻrta hisobda 100-200 gen borligi hisoblangan va shulardan 45 tadan 73 tasi oqsil kodlochi genlardir. Barcha yagona nusxadagi Yka birikkan genlar gemizigotalidir (faqat bitta xromosomada mavjud). XXY sindromi va XXYY sindromi – bundan mustasno. Download 16.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling