6. Asoslardan biri inkor hukm bo`lsa, xulosa ham inkor hukm bo`ladi.
7. Asoslardan biri juz`iy hukm bo`lsa, xulosa ham juz`iy hukm bo`ladi.
Sillogizm figuralari va moduslari. Oddiy qat`iy sillogizmning strukturasida o`rta terminning joylashishiga qarab sillogizmning to`rtta figurasi farq qilinadi.
I figura II figura
M P P M
S M S M
S - P S P
III figura IV figura
M P P M
M S M S
S P S P
I figurada o`rta termin katta asosning sub`ekti, kichik asosning predikati bo`lib keladi.
II figurada o`rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo`lib keladi.
III figurada o`rta termin har ikki asosning sub`ekti bo`lib keladi.
IV figurada o`rta termin katta asosning predikati, kichik asosning sub`ekti bo`lib keladi.
Sillogizm asoslari oddiy qat`iy hukmlar (A,E,I,O)dan iborat. Bu hukmlarning ikki asos va xulosada o``ziga xos tartibda (to`plamda) kelishi modus deb ataladi.”Modus”- shakl degan ma`noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o`ziga xos moduslari mavjud. Har bir figuraning to`g`ri moduslarini aniqlashda, to`g`i xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figularning maxsus qoidalari sillogizm terminlarning o`ziga xos bog`laninshi asosida aniqlanadi.
Oddiy qat`iy sillogizmning birinchi figurasi qo`yidagi maxsus qoidalarga ega:
1.Katta asos umumiy hukm bo`lishi kerak.
2.Kichik asos tasdiq hukm bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |