Mavzu: “Xusrav va Shirin” dostonidagi o'g'uzcha shevalar


Download 17.83 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi17.83 Kb.
#1422543
Bog'liq
13-Mavzu “Xusrav va Shirin” dostonidagi o\'g\'uzcha shevalar


Mavzu: Xusrav va Shirin” dostonidagi o'g'uzcha shevalar
Reja:

  1. Kirish

  2. “Xusrav va Shirin” dostonidagi o'g'uzcha shevalar

  3. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Turon insoniyat madaniyati tarixining qadimiy go‘shalaridan biridir. Arxeologik kuzatishlar bu zaminda uzoq o‘tmishda ham kishilar yashashi uchun tabiiy sharoit mavjudligini tasdiqlaydi. Boysun tog‘larining Teshiktosh darasida 8-9 yoshli bolaning bosh suyaklari topilishi fikrimizning yorqin dalilidir. Insoniyat tarixining ilk davrlari haqida ma’lumot beruvchi ushbu ashyoviy dalil neondertal odam zoti avlodidan bo‘lib, yovvoyilik davrining quyi pog‘onasida yashab o‘tganligi aniqlandi (O‘zbek adabiyoti tarixi 1-tom, Toshkent.: 1977, 19-bet). Umuman, Markaziy Osiyo hududida eramizdan ko‘p ming yillar ilgari odamlar yashagan, degan fikrlar mavjud. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o‘lkamizda ilm-fan, madaniyat va san’at rivojlanib bordi. Xalqimiz madaniyati tarixi haqida yunon, xitoy, hind va arman tarixchilari kitoblarida, "Avesto", Behustun, Bundaxishin, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari kabi bir qancha manbalar va Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy singari ulug‘ olimlarimizning asarlarida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Markaziy Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan yozuvdan ham foydalanib kelishgan. Turon, Eron va ularga tutash o‘lkalarda dastlab oromiy yozuvi qo‘llanilganligi juda ko‘p manbalarda qayd etiladi. Greklar tomonidan Markaziy Osiyoning zabt etilishi bilan grek yozuvi ham e’tibor paydo qila boshladi. Olimlarning fikricha, oromiy, grek, forsiy mixxat yozuvlari ma’lum davrlar mobaynida ma’muriy hujjatlarda qo‘llangan.
"Avesto", Xorazm, so‘g‘d, kushon, run (O‘rxun-Enasoy), uyg‘ur yozuvi va boshqa shunga o‘xshash yozuvlar esa eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida asta-sekin oromiy yozuvi negizida paydo bo‘lgan mahalliy yozuvlardir.
donalaridan oziqa olgan-ku, demak, ularning asarlari umumxalq boyligi emasmi" (Mints I. Xotiralardan bir lavha, "Fan va turmush" 1978, 24-bet). Qarang qanday oqilina va adolat bilan o`rtaga tashlangan xulosa Chindan ham Sayfi Saroyi va Qutb Xorazmiylar qoldirgan ma’naviy merosdan (o`rinsiz bahslar zo`rma zo`raki asoslardan holi holda) tatar xalqining bahramand bo`lishiga halaqit beryabdi? Nega ular qoldirgan merosni mushtarak ma’naviy boylik sifatida qarash va baholash mumkin emas? Fikrimizcha, bahamjihat, biz egalikda adabiyotimizning katta nazariy muammolari ustida o`ylashimiz, ularning mushtarak taraqqiyot qonunlarini, qardosh, tildosh, dindosh xalqlar do`stligining g`oyaviy asoslarini bo`rttirib ko`rsatishga berishimiz kerak.
Sayfi Saroyi XIV asr o`zbek dunyoviy adabiyoti tarixida eng, avvalo, zabardast shoir sifatida qadrlidir. Uning bizgacha yetib kelgan tarqoq nazmiy merosi o`z muallifining yaxshigina salohiyatidan xabar beradi. Sayfi Saroyi o`z zamonasining farzandi. Ammo donishmand va ilg`or qarashlar egasi, dunyo va uning voqealariga aql ko`zi bilan qarashga, uni kuzatish, baholash, munosabat bildirishga qodir kishi edi. Shuning uchun adabiy merosi o`ziga zamondosh bo`lgan tab’ sohiblari asarlaridan tubdan farq qilmaydi. Balki o`shalarga hamohanglik, yaqinlik kayfiyati ustun turadi. Sayfi Saroyi g`azaliyotining yetakchi mavzusini ishq-muhabbat talqinini yaratish jarayonida o`zi yashayotgan zamon illatlarini turli ramz va ishoralar yordamida aks ettrib qoldirishga erishadi Shuingdek olijanob insoniy fazilatlarni ulushash, dunyo va uning ne’matlaridan bahramand bo`lishga undash, umrni zoye o`tkazmaslik, ilm-fan, kasb-hunar o`rganishga da’vat singari ilg`or g`oyalar targ`ibi ham Sayfi Saroyi ma’naviy merosining mag`zi-mag`ziga singib ketgan. Shoir she’rlarining yetakchi qahramoni oshiq. U o`z yorining samimiy shaydosi va hamdamidir. Oshiq uchun dunyoda yagona buyuk mavjudot bor-u ham bo`lsa mahbubadir. Uning mazdi va nazarida biror-bir kishi shu mahbubaga teng kelolmaydi. Mana, o`sha sodiq qahramon oshiqning bu boradagi xulosasi:
Ul yuzi oykim, jahoniydur,
Bu zamon xo`blaryaking xonidur,
Yosamin tan, qomati sarvi ravon,
Zulfi jannat bog`ining rayhonidur.
Kirpugining o`qina jonlar nishon,
Qoshi yosining jahon qurbonidur.
Shams aning har kun yoqasindan tug`ar,
Ul sababdin bu jahon nuroniydur.
Bunday ayanchli ahvolga Sayfi Saroyining befarq qarashi aslo mumkin emas edi. Ayniqsa To`xtamishxonning fojiali o`limi shoirni iztirobga tushirgan. O`sha mashum lavhalar keyinchalik "Suhayl va Guldursun" misralarida muhrlanib qolgan. Shoirning fors-tojik tilidagi boshqa bir to`rtligida ham uning tarjimai holiga oid lavhalar ko`zga-tashlanadi. Sayfi Saroyi umr yo`lida uning zamon zayli, turmush taqazosi tufayli Qamishli qishlog`idan Saroyga borib qolganligi saroyning shoiri elning gadoyi bo`lib yashaganligi ma’lum. Shoir misralarga, uning satrlaridagi kayfiyat, ohangga jiddiyroq e’tibor qilib, quloq solinadagan bo`lsa, o`z yurtidan o`zga yurtlarga borishning muallif istak va irodasidan tashqari bir holatda sodir bo`lganligining guvohi bo`lish mumkin. Mana bu to`rtlikda ham o`shanday norozi qiyofadagi jafokash bir shaxs namoyon bo`ladi.
Yo rab tu maro rahi saodat binamoy,
Digar madavondor be doru xoy ba xoy.
Yo zoviyai hirsi vuxudam bar band,
Yo qulf muhimmoti murodam bikushoy.
Download 17.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling