Mavzu: Xususiy biznesni rivojlantirishdan barqarorlik xizmati Reja
Bozor infrastrukturasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish
Download 19.81 Kb.
|
Xususiy biznesni rivojlantirishdan barqarorlik xizmati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
Bozor infrastrukturasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish
1. Qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infrastrukturasini ustuvor rivojlantirish amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor melioratsiya, gidrotexnika, elektr energiyasi inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sug‘orishga, eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratiladi. 2. Qishloqda bozor infrastrukturasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida respublika viloyatlarida bozor qayta o‘zgartirishlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga, bozor infrastrukturasini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga, respublika ichki va tashqi iqtisodiy xo‘jalik aloqalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirishga da’vat etilgan Tadbirkorlik departamentlari tashkil etiladi. 3. Davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‘zgartirishga demografiya siyosati o‘tkazilishini, oilani har tomonlama rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash va uni rag‘batlantirish yo‘li bilan aholini ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Aholining qishloqda o‘rnashib qolish jarayonini rag‘batlantirish va uni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sohasidagi ishga jalb qilish maqsadida qishloq joylarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga) turar joy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurishda, gazlashtirish, suv va elektr ta’minotida, telefonlashtirishda, aloqada, kommunal obyektlarni qurishda, radio va televideniye xizmatlarida afzalliklar yaratish nazarda tutiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari 1. Tadbirkorlik muhitini yaratishning ustuvor yo‘nalishi qishloq joylarda bilim va mehnatni ko‘p talab qiladigan xizmat sohasini jadal rivojlantirishni, intensiv dehqonchilikka o‘tishni, qishloq ijtimoiy-ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirishni, qishloq joylarda ekologiya talablari ta’minlanishini, shuningdek aholining zarur harakatchanligini ta’minlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yaratish hisoblanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarishning oqilona jamlanishi, ixtisoslashuvi va joylashishi qaror topishi, ishlab chiqarish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta yo‘naltirilishi munosabati bilan investitsiyalar tuzilmasi o‘zgarishi ta’minlanadi. 2. Davlat boshqaruvi organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari tarmoqlarini va infrastrukturaning boshqa obyektlarini yaratishda yordam berishga oid chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni amalga oshirmoqdalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi. Qishloqdagi davlat mulki obyektlarini mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustuvor berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida davlat mulkini sotish bo‘yicha yopiq tanlovlar o‘tkaziladi. 3. Davlat organlari yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi, shu jumladan fanga va ilmiy ishlab chiqarishga, kichik va xususiy firmalarga, kompaniyalarga, markazlarga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy ishlab chiqarish infrastrukturasi barpo etilishiga ko‘maklashadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati ko‘rsatish imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Kredit muassasalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va aksiyalar kotirovkasi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ehtimol tutilgan sheriklar haqidagi axborot e’lon qilinadi. Marketing, boshqaruv maslahati, audit, reklama, kontrolling, tashqi iqtisodiy operatsiyalar sohasida ixtisoslashtirilgan kichik va xususiy korxonalar tizimi yanada rivojlanadi. 4. Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi prinsipial yangi tizimga o‘tish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar barcha fuqarolarga, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlar tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi 5. Davlat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi. Aholini ish bilan ta’minlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan kadrlarni qayta tayyorlash tizimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ehtiyojlarini ko‘zlab qayta yo‘naltiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. Kasbga yo‘llash tizimi tashkil etiladi, biznes-inkubatorlar barpo etiladi. 6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarida qatnashishini kengaytirish, shuningdek ushbu subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy sarmoya investitsiya loyihalari, chet elda reklama tashkil etish asosida jalb etiladi. Chet el investitsiyalari ochiq tender asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida hamda maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek boshqa usullar va mexanizmlar vositasida jalb etiladi. Chet el investorlari jalb qilingan holda texnikaviy yordam dasturlari doirasida pilot loyihalari amalga oshiriladi, yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi fanga va firmalar, kompaniyalar, markazlarning ilmiy ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy-ishlab chiqarish infrastrukturasi tashkil etiladi. Tarifli bojxona boshqaruvi takomillashtiriladi. Download 19.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling