Mavzu: Xususiy kapital hisobi Reja


Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bog’lanishi


Download 212.74 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi212.74 Kb.
#1185734
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза Xususiy kapital (1)

Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bog’lanishi
Qo’shilgan kapital oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalar nominal qiymatidan oshiqcha summalar, bundan tashqari, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig’indisidan tashkil topadi.
8410 – «Emissiya daromadlari»
8420 – «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
Qo’shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagicha:
8410 – «Emissiya daromadlari» schyoti aktsiyalarining nominal qiymatidan yuqori olingan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Kelib tushgan summalar 8410 – «Emissiya daromadlari» schyotining krediti bo’yicha hisobga olinadi, xususiy aktsiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aktsiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo’yicha hisobga olinadi.
8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo’ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan.
100000 so’mlik nominal qiymati bo’lgan aktsiyalar 120000 so’mdan sotilgan‚ quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
5110‚ 5010 – pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari debeti – 120000.
4610 – «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzi» hisobvarag’i krediti – 100000.
8410 – «Emission daromad» hisobvarag’i krediti – 20000.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
8520-«Rezerv kapitali»;
8530-«Beg’araz olingan mol-mulk».
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga ko’ra‚ nomoddiy aktivlar‚ qimmatli qog’ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatigacha qayta baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin bo’lgan sharoitda xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda‚ qayta baholashni shunday amalga oshirish kerakki‚ har bir hisobot sanasidagi aktivning balans qiymatini uning bozor qiymatidan keskin farqlanmasin.
Misol. Kompaniyaning qimmatli qog’ozlari 8000 ming so’mlik balans qiymatiga ega. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 8800 ming so’mga oshgan.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z investitsiyalarini qayta baholangan qiymati bo’yicha hisobga olsa‚ u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv sarmoya schyotlarida aks ettirilishi lozim.
0610 – «Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i debeti – 800000 so’m.
8510 – «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» hisobvarag’i krediti 800000 so’m.

Download 212.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling