Mavzu: Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari
Kurs ishining ob’ekti bo’lib
Download 93.35 Kb.
|
Mavzu Xususiy sektorning rivojlanish bosqichlari KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- I-BOB I.1. O’zbekistonda xususiylashtirishning nazariy asoslari va ahamiyati
- Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yonalishlari
- 2 .O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari
Kurs ishining ob’ekti bo’lib O’zbekistonda xususiylashtirishning nazariy asoslari va ahamiyati.
Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda xususiylashtirishning nazariy asoslari va ahamiyatining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Kurs ishining vazifalari: - O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari - Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish. - Ijtimoiy sohani rivojlantirishda va sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora tadbirlari. - Davlat boshqaruv sohasiga xususiy sektor jalb etiladi. - Iqtisodiyotda xususiy sektor salohiyati. Kurs ishi kirish, uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. I-BOB I.1. O’zbekistonda xususiylashtirishning nazariy asoslari va ahamiyati Davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.Uchinchi vazifa milliy valuta-so'mni yana ham mustahkamlashdan iborat.Bu esa so'mning konvertatsiyasi, qat'iy valutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari itlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi. To'rtinchi vazifa - - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish. Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi. O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom etgiriladi.Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylapggirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqyei tugatiladi.Lekin bundan Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalta oshirish maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazifalar to'liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi. Prezidenshmiz I. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda «...erkinlashtirshp va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir. Bu esa iqtisodiyot soxasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. - Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisody islohotlarni chuqurlashtirish; - Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulqdorlar sinfini shakllantirish; - Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; Kichik va o'rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o'rin olishiga erishish; Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda integratsiyalashuvini ta'minlash;Iqtisodiyotdan mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligining yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo'nalishlari Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy — boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o'tish, iqtisodiy islohotlar strategayasini I shlab chiqish va uning asosiy yo'nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar — bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratash, ularning ma'naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o'tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o'tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo'nalishlari belgilanadi. Respublikada islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:mulkiy munosabatlarni isloh qilish;agrar islohotlar;moliya-kredit va narx-navo islohoti;boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;ijtimoiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo'nalishlari I.A.Karimovning “O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida” kitobida bayon qilib berilgan.Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang'ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining xuquqiy negizini yaratishdan iborat bo'ladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo'nalishini ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi yo'nalish — davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo'yildi. Vakolatli hokimiyatning yagona to'la huquqli organi bo'lgan hokimlik institugi yaratildi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish sohasida fuqarolar yig'ini joriy qilindi.Ikkinchi yo'nalish tizimdagi o'zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo'ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo'nalish bo'yicha qabul qilingan qonunlarda mulqdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e'tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi.Qisqacha aytganda bozor munosabatlarining negizi bo'lgan ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha xuquqiy asoslari yaratildi.Uchinchi yo'nalish - xo'jalik yuritishning va institutsional o'zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta'minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo'jalik yuritayotgan subyektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Korxonalar to'g'risidagi qonun, kooperatsiya to'g'risidagi, dehqon xo'jaligi to'g'risidagi, xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g'risidagi qonunlar shular jumlasidandir.To'rtinchi yo'nalish - Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, ta'riflovchi huquqiy normalarni yaratish.Bu yo'nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalariiing rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.Beshinchi yo'nalish — kishilarning konstitutsion va yuridik hukuqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta'minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o'tish sharoitida aholining eng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma'naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.Yuqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.Bozor islohotlarining bosh bo'g'ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgartirishdir, chunki shu orqali ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o'tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko'zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo'jaligini isloh qilishga ustunlik berildi.Bunga quyidagilar sabab bo'ldi.Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega, aholining ko'pchiligi qishloq xo'jaligida band, iqtisodi o'sish ko'p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog'liq. Hozirgi kunda agrar sektor hissasiga yalpi ichki milliy mahsulotning 1/4 qismidan ko'prog'i to'g'ri keladi, xalq xo'jaligida band bo'lganlarning 37 foizga yaqini qishloq xo'jaligida ishlaydi va barcha aholining yarmidan ko'prog'i qishloqda yashaydi.Ikkinchidan, Respublika bugun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko'pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo'jalik mashinasozlish va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo'jaligiga bog'liq. Uchinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqgda valuta resurslari, Respublika uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta'minlayotgan asosiy manbadir.To'rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo'jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi roli ortib boradi.O'zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir.Respublika Konsttutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotlishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan.Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo'yish orqali erishish ko'zda tutilgan.Respublikada yerga bo'lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o'z zimmasiga oladi.Buni bizda dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi.Bu xususiyat faqat sug'oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko'prog'i (4,2 mln.ga) sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning yarmidan ko'prog'i yaxshi meliorativ holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o'zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug'orib kelingan har gektar yerni qayta o'zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko'p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o'z mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.Respublikada agrar islohtlarning navbatdagi yo'nalishi barcha davlat qishloq xo'jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko'rib ishlayotganlarini) jamoa xo'jaliklariga va mulkchilikning boshqa shakllari (kooperativlar, aksiyadorlik xo'jaliklari va har xil xususiy korxonalar) ga aylantirishdan iboratdir.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektotlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichigakirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob‘yektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha ob‘yekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Xususiyiashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi(1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonlarining so‘nggi-beshinchi bosqichiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiyiashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob‘yektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi. Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning ishtirokiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning 11 aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridanto‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi: -asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i; -mulk solig‘i; -obodonlashtirish solig‘i; ekologiya solig‘i; mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq; - Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma. Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiyiashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘yektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiyiashtirish, hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Ijtimoiy kafolatlar iste‘mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylaming, sotib olingan texnika, avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga rioya etiladi. Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. I.2 .O’zbekistonda xususiylashtirish jarayoni va bosqichlari Davlat mulkini unig tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin.Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi.Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiyiashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriMamlakatda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, davlat tomonidan alohida sohalarni ortiqcha tartibga solish holatlari hanuzgacha mavjudligi xususiy sektorning davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi ishtiroki darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Jumladan, davlat funksiyalarini xususiy sektorga berish imkoniyatini o‘rganishga hamda mazkur yo‘nalishda tegishli shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashuvchi tizimning mavjud emasligi davlat organlari tomonidan ushbu masalalarga e’tibor qaratilmayotganligiga olib kelmoqda.Bozor sharoitida raqobatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning ishchanlik faolligini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:1-ilovaga muvofiq davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari;davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish;tegishli hududlarda davlat funksiyalari o‘tkazilayotgan sohalarda yetarli miqdorda xususiy sektor sub’ektlari tashkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi;xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatining ishga tushirilishi;vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestri shakllantirilishi. 2. Kadastr ishlarini bajarish sohasida: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4270-son qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilganligi inobatga olinsin; b) belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tajriba-sinov 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi hamda uning doirasida:2021 yil 1 apreldan boshlab Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan, ko‘chmas mulk ob’ektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi. 3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalario‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ye-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi; elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub’ektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar va texnik topshiriqlarga muvofiq xarid qiladi hamda Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik sub’ektlari zimmasiga yuklatiladi;tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida 2021 yil 1 apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub’ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilsin. Bunda:haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar nazarda tutiladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi;haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi. 5. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini va mazkur hududdagi transport oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ye-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub’ektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar, texnik topshiriqlar, o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq xarid qiladi va biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik sub’ektlari zimmasiga yuklatiladi;tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni o‘rnatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat berilsin. Bunda:agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi;agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini tegishli davlat xizmatini ko‘rsatish tizimiga ulash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va jarayonni monitoring qilish mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;Davlat xizmatlari agentligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali o‘ziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi;agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida to‘lov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan agent sifatida xizmatlar ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 7. Belgilansinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi. Bunda:mazkur talab davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini o‘rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida Moliya vazirligining salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan holatlarda tatbiq qilinmaydi;davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarni o‘zi muassis bo‘lgan davlat korxonalariga yuklash taqiqlanadi.Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. “Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: Download 93.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling