Mavzu: Xususiy va kiritmali yarimo’tkazgichlar


Download 263.73 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi263.73 Kb.
#1593307
  1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy va kiritmali yarimo’tkazgichlar

Mavzu:Xususiy va kiritmali yarimo’tkazgichlar

Reja :

  • KIRISH
  • ASOSIY QISIM
  • YARIMO’TKAZGICHLAR
  • YARIMO’TKAZGICHLARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI
  • XUSUSIY YARIMO’TKAZGICHLAR
  • KIRITMALI YARIMO’TKAZGICHLAR
  • XUSUSIY YARIMO’TKAZGICHLARNING QO’LLANILISHI
  • XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH:

Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.

Tabiatda sof yarim o‘tkazgich bo‘lmaydi, ya’ni oz miqdorda bo‘lsa, ham begona element atomlari aralashgan bo‘ladi.

Yarim o‘tkazgichlarda elektr o‘tkazuvchanlikning ikki elektron (n) va kovak (p) turi mavjud bo‘lib, ular jismda p-n o‘tishni vujudga keltiradi. Bunday jismlarga katta va kichik quvvatga ega turli xildagi elektr to‘g‘irlagichlar, kuchaytirgich va generatorlar misol bo‘la oladi. Ulardan boshqariladigan turli xil moslamalarda keng miqyosda foydalaniladi. Amalda qo‘llanilayotgan yarim o‘tkazgichlar, asosan, odiy va murakkab hollarga bo‘linadi. Yarim o‘tkazgichlar turli ko‘rinishdagi energiya (issiqlik, yorug‘lik) ni elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yarim o‘tkazgichli materiallarga misol tariqasida quyosh batareyasi va termoelektrik generatorlarni keltirish mumkin. Past o‘zgarmas kuchlanishdagi rekombinasiyali chaqnash nur uzatish manbai va hisoblash mashinalaridan axborot chaqirish qurilmalarida ishlatiladi.

Yarim o‘tkazgichlarning issitkich asboblarda, radioaktivli nur indikatorlarda va magnit maydon kuchlanganligini o‘lchashda foydalaniladi. Hozirgi davrda shishasimon va suyuq yarim o‘tkazgichlar o‘rganilmoqda. Oddiy yarim o‘tkazgichlardan texnikada keng qo‘llaniladiganlariga kremniy, germaniy va kremniy kiradi. Yarim o‘tkazgich ishlatilgan asbob uskunalar xizmat muddatining yuqoriligi, hajm va og‘irligiga nisbatan kichikligi, oddiy ishonchli ishlashi, iqtisodiy samaradorligi va boshqa sifatlari bilan ajralib turadi.



Download 263.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling