Mavzu: "xususiy va umumiy iqtisodiy muvozanat"
II-BOB. IQTISODIY MUTANOSIBLIK VA UNING TURLARI
Download 188.42 Kb.
|
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat
II-BOB. IQTISODIY MUTANOSIBLIK VA UNING TURLARI.2.1. MUTANOSIBLIKLARNING TASNIFLANISHI.Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo’lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’p qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 1. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin. 2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin tutadi. Mamlakat xalq xo’jaligi juda ko’p tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o’z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo’jalik mahsulotlarning ko’pchilik qismi /paxta, g’alla, pilla, sut va h.k./ sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari /qishloq xo’jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog’liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi. Download 188.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling