Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - 2022-yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Yuqorida aytib oʻtilgan va taklif qilingan chora-tadbirlarning toʻliq bajarilishi bilan 2023-yilga moʻljallangan koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi:
Yalpi ichki mahsulotning oʻsishi - 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 %), shu jumladan sanoat - 103,4 foiz (106,5 %), qishloq xoʻjaligi - 103,3 foiz (106,5%), investitsiyalar - 101,2 foiz (109,3 %); xizmatlar - 100,1 foiz (105,8 %), chakana savdo aylanmasi, umumiy ovqatlanish bilan birga - 103 foiz (105,6 %); eksport - 94,3 foiz (115,6 %).
Ushbu hisob-kitoblar Respublikada va dunyo miqyosida karantinni qayta joriy etish ehtimolini oʻz ichiga olmaydi.
Ikkinchi bosqich - 2023-yildan boshlab 5,0-5,5 foiz barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlaydigan, 2022-2023-yillar davomida moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.
Shu bilan birga, tashqi taʼsirning davomiyligi va pandemiyaning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sektorlariga (turizm, transport, eksport) taʼsirini hisobga olgan holda, ularning inqirozgacha boʻlgan tendensiyalariga chiqish 2023-yildan oʻtishi mumkin.
Makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Mamlakat iqtisodiyotining tiklanishi va keyinchalik barqaror rivojlanishi makroiqtisodiy shart-sharoitlar, chora-tadbirlar va tartibga solish vositalarini yaratish bilan bevosita bogʻliqdir. Strategiyada belgilangan makroiqtisodiy siyosat va institutsional islohotlarni davom ettirish bilan birga, hozirgi vaqtning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, 2022-yilning qolgan davrida va 2023-yilda quyidagilarga asosiy eʼtibor berish talab qilinadi:
- Tashqi qarzning oʻsishini cheklash, qarz mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini qatʼiy nazorat qilish. Bu esa moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xususiy investitsiyalarni har tomonlama targʻib qilish, shuningdek, keyingi yillarda tashqi qarzdorlikni ustav chegarasidan oʻtishining oldini olish uchun oʻpta muddatli reja va chora-tadbirlarni tayyorlash, byudjet xarajatlarini rejalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirish, shuningdek, ulardan foydalanish ustidan qattiq nazorat qilish;
- Tashqi qarzlardan samarali foydalanish, ularni ustuvor ravishda, byudjet defitsiti, infratuzilma loyihalarini, iqtisodiy oʻsishga bevosita va ikkinchi darajali taʼsir koʻrsatadigan ijtimoiy obyektlarni moliyalashtirishga qaratish, aholi bandligini taʼminlash, shuningdek, kambagʻallikni qisqa va oʻrta muddatda qisqartirishga yoʻnaltirish;
- Texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida loyiha tanlash mezonlarini takomillashtirish orqali davlat investitsiya xarajatlarini optimallashtirish, qiymati va amalga oshirish vaqti dolzarbligini yoʻqotgan investitsion loyihalarni rad qilish, shuningdek, ularning ishga tushirilganidan keyin investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi va samaradorligini monitoring qilish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy investitsiya vositalaridan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish orqali davlat-xususiy sherikchilikni va fond bozorini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |