Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya


Download 23.34 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi23.34 Kb.
#1648480
1   2   3
Bog'liq
27-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya

Erazm Rotterdamskiy. Germaniyaning eng yirik gumanistlarida biri bu Erazm Rotterdamskiy (1467-1536) bo’lgan. U qadimgi tilda gapirishni va ijod qilishni bilgan. U xristian dinining «muqaddas» kitoblarni tanqidiy o’rganish uchun ko’p ishlar olib boradi. Ammo uning bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan muhim asarlaridan biri bu «Ahmoqqlikka tasannolar» («Poxvala gluposti») deb nomlanadi. Bu asar bir necha yil ichida 27 marta qayta nashr etilib, ko’pgina yevropa tillariga tarjima qilingan. Ushbu asarda ko’pgina tartiblar malika Axmoqlik xukm surgani uchun saqlani kelinmoqda degan fikr bildiriladi.Ushbu asarda katolik cherkovi var im papasi qattiq tanqid ostiga olinadi. Uning fikricha odamzodning ahmoqliligi tufayligina rim papasi shu tarzda yashash keladi. Ammo Erazm inqilobchi emas edi. Uning fikricha islohatni faqat «qonuniy hokimyat» amalga oshirishi mumkin bo’lgan. Umrining xiriga qadar u namunali katolik bo’lib qolgan.
Ulrix fon Gutten (1488-1523). Germaniyaning yana bir yirig gumanisti yanada radikalroq edi. Ko’pgina asarlarida risar va shoir Ulrix fon Gutten Rimga shafqatsiz urush e’lon qiladi. U reformasiya tarafiga o’tib, Germaniyaning o’zining asosiy dushmaniga qarshibirlashib, yagona birlashgan davlatga aylanishini orzu qiladi.
Martin Lyuter. (1483-1546). Lyuter tog’ konchisining o’g’li bo’lib, o’ziga to’q oiladan bo’lgan. U o’g’liga ta’lim berib, Lyuterning kelajakda xuquqshunos bo’lishini xoxlagan edi. Ammo Lyuter universitetni tugatib, monastirga boradi. Uni kanday gunoxlar uchun odamzodning do’zaxga tushishi o’ylantirar edi. Lyuter monastirda doimiy toat ibodat olib borib, o’zini qiynagan savollarga javob ola olmaydi. Shundan so’ng u mqaddas kitoblarni o’rgana boshlaydi.
Tomas Myunser. Inqilobning raxbari Tomas Myunser edi. U davrda inqilobiy g’oyalar ham diniy shaklda bulgan. Feodallarga qarshi urush olib borganlar adolat urnatilishiga ishonib, tenglik davri, ya’ni boy va kabag’allarning bo’lmasligiga ishonganlar. Myunser ham shunday jamiyatni orzu qilar edi. 1521 yilda Myunser Svikkau shaxrining ruxoniysi buladi. Bu xududda ya’ni Saksoniya va Tyuringiyada anabaptistlar g’oyasi keng tarqalgan edi.Ularning ta’limiga ko’ra inson voyaga yetib, o’z xoxishiga ko’ra cho’qinishi kerak edi. Cho’qintirishga bo’lgan shunday munosabati bilan anabaptistlar o’zlarini jamoa sifatida boshqa xristianlardan ajralib turadilar. Ko’plab jamoalar fikriga ko’ra jamoa a’zolari hammalari teng bo’lishlari lozim edi. Tomas Myunser anabaptist bo’lmasada, ularning va’zxonlaridan foydalangan. 1521 yilda Svikkauda qo’zg’alaon ko’tariladi ammo tez ravishda bostiriladi. Lyuter bu inqilobiy harakatdat qo’rqib knyazlar, dvoryanlar vashaxar burjuaziyasi tomoniga o’tadi. U knyaz-dvoryanlar reformasiyasi raxbari bo’ladi.
Myunser endi o’z nutqlarida nafaqat poplarga, balki knyazlar, dvoryanlar va shaharliklarga qarshi chiqa boshladi.
1522 yilda Frans fon Zikkingen vaUlrix fon Gutten boshchiligida risarlar qo’zg’aloni bo’lib o’tadi. Xonavayron bo’lgan risarlar o’z ishlarini cherkov boyligini talash evaziga to’g’irlamoqchi bo’ladilar.Ammo bu qo’zg’alon shaxa rva qishloqlar tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Ulrix fon Zikkingen qamalda yaralanib xalok bo’ladi. Ulrix fon Gutten Shveysariyaga qochib ketib o’sha yerda vafot etadi (1523 y).
DEHQONLAR URUSHI.
Ritsarlar qo’zg’oloni tugatilmasdanoq, Germaniyada buyuk dehqonlar urushi deb nom olgan dehqonlar qo’zg’aloni boshlanib ketadi (1524-1525).
Birinchi bo’lib Shvabiyada qo’zg’alon qo’tariladi. 1525 yilning boshida qo’zg’olon ko’targan dehqonlar «XII modda» deb nomlangan hujjatda senyorlarga o’z talablarni qo’yadilar. Bu xujjat butun Germaniya bo’ylab tarqalib ketadi. Dehqonlar tomonidan qo’yidagi talablar qo’yiladi. 1) Senyorlar tomonidan tortib olingan yerlarning qaytarilishi. 2) barщina va obrok miqdorining kamaytirilishi. 3) ularning o’zlariga ruxoniylarni tayinlash xuquqi berilishi va desyatina solig’ining bir qismini bekor qilinishini.
Talablar uncha ko’p bo’lmasada, bu senyorlarga to’g’ri kelmas edi. Dastlab ular vaqtni yutish maqsadida kam – kam ularning talablarini qoniqtira boshladilar. 1525 yil mart oyida dehqonlar ommaviy ravishda qo’zg’alon ko’taradilar, mayda shaxarlar dehqonlar tarafiga o’ta boshlaydi.
Frankoniya rayoni. Inqilobiy xarakatlar shimolga yoyila boshladi. Frankoniyada dexqonlarga byurgerlar vam ayda risarlar qo’shiladilar. Ular yuzlab cherkov va monastirlarni vayronaga aylantirib Geylbronn shaxrini egallaydilar. Bu yerda Geylborn programmasi tuziladi. Bu programmada butun Germaniyani birlashtirish, yagona o’lchov, og’irlik, pul birliklarini joriy qilish, knyaz va senyorlar xokimyatini kamaytirish, burjuaziyaning rivojlanishi va kuchaytirishi borasida zarur bo’lgan choralar olib borilishi xaqida talablay qo’yiladi. Dexqonlar talabi oxirgi o’ringa tushadi.
Tyuring-Saksoniya rayoni. Dehqonlarlar qo’zg’alonining eng inqilobiy tus olgan xududi bu Tyuringiya-Saksoniya xududi bo’lib, ularga Tomas Myunser raxbarlik qilgan. Inqilob markazi Myulgauzen shaxri bo’lgan. Uning boshchiligida bu shaxarda «Umrboqiy kengash» («Vechnыy sovet») tashkil etilgan.
1525 yil aprel-may oyida butun janubi-g’arbiy Germaniyani dehqonlar qo’zg’aloni qamrab oladi. Ammo qo’zg’alonlar o’rtasida aloqa yo’qligi, ularning yaxshi qurollanmaganligi, tajribasizligi tufayli bu qo’zg’alon bostiriladi. 1525 yilda Tomas Myunser asirga olinadi va kallasidan judo qilinadi. Qo’zg’alonda 100 mingdan ortiq dehqonlar xalok bo’ladi, minglab qishloqlar yoqib yuboriladi. Lyuter ham knyaz va senyerlar tomoniga o’tib, «dehqonlarni qutirgan inlar singari urish, bug’ish va suyish kerak» deb aytadi.
Bu qo’zg’alondan knyazlar va shaxar patrisiylari yutib chiqdilar. Dehqonlarning ahvoli yanad yomonlashdi. Shu vaqtdan boshlab germaniya XVI-XVII aslarda xalqaro aloqalarda xech qanday rol o’ynamay qo’yadi.
Myunster qo’zg’aloni. Dehqonlar qo’zg’aloning oxirgi aks sadosi bu anabaptistlar, xunuarmandlar va kambag’allarning Myunster shaxridagi 1534-1535 yillardagi qo’zg’aloni bo’ldi. Ular shaxardagi knyaz va yepiskopni xaydab chiqib hokimyatni o’z qo’llariga oladilar. Qo’zg’alonga Niderlandiyadan ko’plab anabaptistlar kelib qo’shila boshladilar. Shaxar boshqaruvi istedodli raxbar , sobiq tikuvchi Ioann Leydenskiy qo’liga o’tadi. Shaxarda yangi tartiblar o’rnatilib, hama oltin va kumushdan voz kechadi va umumiy xazinaga olib kelib beradilar. Fuqarolarning boyliklari ham teng bo’linadi. Bepul oziq-ovqat bilan ta’minlash joriy qilinadi. Shaxarliklarning hammasi komunna foydasiga ishlashlari lozim edi.
Myunster kaxramonlarcha yepiskopning qo’shiniga 16 oy maboynida qarshilik ko’rsatdilar.Shaxarda ochlik boshlanganidan so’ng yepiskop sotqinlik natijasida shaxarni olishga muvffaq bo’ladi. Shaxar vayronaga aylantirilib, ayolar va bolalarga ham shafqat qilinmaydi. Myunster raxbarlari, jumladan Iaoan Leydenskiy ham ham qiynoqlardan so’ng qatl etiladi.
Knyazlar reformasiyasi. Dehqonlar qo’zg’alonining bostirilishi birinchi navbatda knyazlarga foyda keltirdi. Ruxoniylarning yerlari sekulyarizasiya qilinib knyazlar qo’liga o’ta bshlaydi. Ruxoniy knyazlar o’z lavozimlaridan voz kechib, dunyoviy kishilarga aylana boshladilar. Masalan shunday siyosatni Tevton ordeni grossmeystri olib borib, Prussiya gersogi titulini oldi. (1525). Ko’pchilikni tashkil qilgan katolik knyazlari 1529 yil Shpeyr reyxstagida qolgan knyazlardan «daxriylik»dan voz kechishni talab qiladilar. Kamchilik, 14 ta shaxar vakili va 6 ta knyaz bunga qarshi chiqib, bu masalani ovoz berish yo’li bilan xal qilib bo’lmaydi degan fikr bildiradilar.
XVI asrning 30-40 yillarida protestantizm katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Karl V bu vaqtda fransuzlar va turklar bilan urush olib borib, Germaniyada kamdan kam bo’lar edi. U ko’pchilik kurfyurstlarning prostantizimga o’tib ketishidan va gabsburglar sulolasi qirollik tojidan ayrilib qolishidan qo’rqib qoladi. Shuning uchun u bir nechta g’alabalarga qaramasdan 1544 yilda qirol Fransisk I bilan tinchlik sulxinituzib, Germaniyaga keladi. U protestant knyazlariga qarshi urush olib borib, ularning bir nechtasini asirga oladi. Shundan so’ng Nemis knyazlari vahimaga tushib qoladilar. Agar vaziyat shunday davom etadigan bo’lsa, ular o’z xokimyatini yo’qotishlari mumkin edi. Shuning uchun imperatorga qarshi protestant knyazlari bilan birga katolik knyazlari ham qarshi chiqdilar.Ular yangi fransuz qiroli Genrix II bilan ittifoq tuzib, yordam evaziga bir nechta imperiya shaxarlari (Mes, Tul va Verden) ni va’da beradilar. Karl V qo’shini yakson qilinib, uning o’zi asirlikka tushushiga sal qoladi. Karl Germaniyani tashlab ketib, taxtdan voz kechishga majbur bo’ladi. Germaniya taxtiga uning ukasi Ferdinand I o’tirib, u 1555 yil Augsburg shaxrida knyazlar bilan shartnoma tuzadi. Augsburg tinchlik shrtnomasiga ko’ra katolik va protestantlik dinlarining mavqyei tenglashtiriladi. Knyazlar qaysi dinda bo’lsalar, ularning qo’l ostidagilar ham shu dinni qabul qilishlari kerak edi.
Download 23.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling