Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya
Download 23.34 Kb.
|
27-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Germaniya
Fuggerlar o’z vaqtida Karl V ga katta qarz berib, shuning evaziga Karl Germaniyada imperatorlik taxtiga o’tiradi. Madaniy jihatdan ham janubi-g’arbiy Germaniya Yevropaning rivojlangan hududlaridan hisoblangan. Bu yerda ko’plab universitetlar bo’lib, ko’plab kitoblar nashr etilgan, qadimgi tillar va antik madaniyatni mukammal bilgan nemis olimlarining nomlari butun dunyoga mashhur bo’lgan. Aynan shu yerda, Germaniyaning rivojlangan yerlarida XVI asrga kelib butun Germaniyani larzaga keltirgan voqyealar bo’lib o’tadi. Nemis jamiyatida o’rnatilgan tartiblarga qarshi noroziliklar kuchaymoqda edi.
Imperator knyazlarni zaiflashtirmoqchi bo’lsa, knyazlar butun kuchini imperator hokimyatini kuchsizlantirishga qaratar edilar. Dvoryanlar knyazlarning kuchayishidan norozi bo’lib, o’z mustaqilliklari uchun xarakat qilganlar. Kichik dvoryanlar (risarlar) qo’shinlarda o’q otar qurollari joriy qilinganidan so’ng ahamiyatlarini yo’qotadilar, kambag’allashib, boy knyazlarga, shaxarliklar, savdogarlar va katolik cherkoviningboyligiga xasad bilan qaraganlar. Shaharlarda ham vaziyat yaxshi emas edi. Hokimiyat patrisiylar qo’lida bo’lib, ular soliqlar og’irligi va xarbiy himoyani hunarmandlar, ularning shogirdlari va shaxar kambag’allarining bo’yniga tashlab qo’ygan edilar. Fuggerlar butun savdoni o’z qo’liga olishga harakat qilib, bu bilan butun savdogarlar va tadbirkorlarni xonavayron qilar edilar. Og’ir ahvol xunarmand shogirdlarniki bo’lib, xunarmandlar sexlarda o’z tajribalarini farzndlariga o’rgatib, shogirdlarni yaqinlashirmay qo’yadi va ular umrbod yollanma ishchilarga aylanib qoladilar. Ular o’z yashirin tashkilotlarini tuzib, maoshlarni oshirishni talab qilib qo’zg’alonlar uyushtira boshladilar. Eng og’ir ahvol esa dehqonlarda edi. Dehqonlarni cherkov, dvoryan-senyer va xatto shaharlar ham xonavayron qilar edilar.Dehqonlar cherkovga desyatina solig’idan tashqari obrok, barchshina va boshqa soliqlarni ham to’lashga majbur edi. Xonavoyron bo’lgan va kambag’allashgan dvoryanlar shaxarlar va byurgerlarning boyishini kuzatgan xolda dexqonlarni ko’proq ezishga harakat qilgan. Bu dvoryanlar jamoa yerlari – o’rmonlar, dalalar, suvlarni egallab ola boshladilar. Shaxarlar dvoryanlar yerlarini sotib olib, o’zlari senyerlarga aylangan xolda dehqonlardan obrok va barshinani talab qilar edilar. Natijada ular yanada xonavayron bo’lar edilar. XV asrga kelib dexkonlarning axvoli yanada yomonlasha boradi. Senerlar va karz beruvchilar tomonidan dexkonlarning sikuvga olinishi kator bulib utgan kuzgalonlarga olib keladi. 1476 yil Vyursburg shahri yonida cho’pon va qishloq musiqachisi Gans Begeym hamma tengligi va ruxoniylar va senyorlarning yerlarini tortib olib ularni kambag’allarga berish xaqidagi vazlarini boshlab yuboradi. Uning va’zlari ko’plab odamlarni yig’a boshladi. Yepiskop uni daxriy sifaida tutishni buyuradi. Uning ustidan sud olib borib, dinsiz sfatida yoqib yuboriladi. Dehqonlar noroziligi ortib borar edi. Ular orasida yashirin tashkilotlar tashkil etila boshlanadi. Ular uz bayrog’ida boshmoq (oyoq kiyimi) ramzini qo’yib, bu dvoryan etigiga qarshilik sifatida baholangan. Boshmoqni esga olishning o’zi senyorlarni vahimaga sola boshlaydi. XVI asr boshida Janubi- g’arbiy Germaniyada dehqonlarga talantli tashkilotchi va rahbar Ioss Fris bir necha bor qo’zg’alon ko’tarishga xarakat qilgan, ammo sotqinlik tufayli xukmron doiralar bu fitna haqida xabar topib, fitna ishtirokchilarini shafqatsizlik bilan bostirganlar. Reformasiya boshlanishidan oldin mamlakatda qo’yidagi vaziyat hukmron edi. Agar qirolning mutloq hokimyati o’rnatilgan boshqa Yevropa davlatlarida papalik hokimyati ancha chegaralangan edi. Ammo Germaniyada bunday hokimyat yo’q edi va papaning ochko’zligining hech qanday chegarasi yo‘q edi. Yepiskop va abbatlar, shuningdek ko’pgina boshqa ruhoniylar shaharlikoar va dehqonlar hisobiga kun ko’rar edilar. Shuning uchun ham jamiyatning hama tabaqalari cherkovdan norozi edi. Knyaz, dvoryan va shaharliklar boy cherkov yerlariga xasad bilan qarar edilar. Shahar va qishloqlardagi oddiy halq ham senyerlar singari desyatina solig’ini to’lashga majbur qilgan poplarni ko’rishga ko’zlari yo’q edi. Katolik cherkoviga norozilik va unga nisbatan salbiy munosabat XVI asrdagi nemis ziyolilari tomonidan bildirila boshlanadi. Uyg’onish davri va gumanizim Italiya singari Germaniyada ham yutuqlarga erishayotgan edi. Ammo Germaniyada ko’proq siyosat va dinga e’tibor qaratilar edi. Ko’pgina Germaniya universitetlarida professor va studentlarning iborat bo’lgan gumanistlar to’garaklari tashkil etila boshlanadi. Ular o’rta asr sxolastikasi ustidan kulib, katolik cherkovi va uning tashkilotlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirgan. Shunday to’garaklardan biri «Odmi odamlar xati» («Pisma tyomnыx lyudey») nomli satirasini chiqarib, unda bemanichilik bilan shug’ullangan monaxlar, sxolastiklarning yolg’on ta’limoti ustidan kulinadi. Bu satira katta muvafaqiyatga ega bo’lib, shu vaqtdan boshlab dunyoviy bilimlarga qarshi bo’lganlarni «obuskurantlar» (lotincha «odmi odamlar») deb atay boshlaydilar. Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling