mavzu: xvii-asrda yevropada xalqaro munosabatlar va diplomatiya ( soat) Reja


Download 63.4 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1706400
Bog'liq
Seminar 7


7-MAVZU: XVII-ASRDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA ( 2 soat)
Reja:



  1. XVII asrda xalqaro munosabatlarning asosiy muammolari.

  2. Mustamlakachilik siyosati

  3. XVII asr oxirida xalqaro munosabatlar



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Davlat manfaati»-siyosat tamoyili sifatida. Tashqi siyosat va diplomatiya muassasalari . Xalqaro huquq normalarining vujudga kelishi. BuYuk geografik kashfiyotlarning xalqaro munosabatlarga ta’siri. XVI-XVII asrlarda diplomatik tarixning davrlashtirilishi. Evropa davlatlari tashqi siyosati va diplomatiyasining asosiy yo‘nalishlari. O‘ttiz yillik urush va uning Evropaga ta’siri. Vitfaliya sulhi va uning tarixiy ahamiyati.


7.1. XV asr oxirida Evropadagi xalqaro munosabatlar yangi bosqichga kirdi. Bir qator davlatlarda hududiy birlashuvlar nihoyasiga etdi. BuYuk geografik kashfiyotlar Sharq va YAngi Dunyoni Evropaga yanada yaqinlashtirdi. Ispaniya va Portugaliya okean ortidagi mustamlakalari (janubiy-Sharqiy Osiyo) tufayli dastlabki kolonial davlatlarga aylandi. Qudratli davlatlarning tashkil topishi siyosat shakllarining o‘zgarishiga olib keldi. Endilikda «davlat manfaatlari» siyosatda tashqi mezonga aylandi. AbsalYut monarxiyalarning paydo bo‘lishi bilan yirik davlatlar (Angliya, Ispaniya, Fransiya, Portugaliya, SHvetsiya, Daniya) orasidagi ziddiyatlar birinchi darajaga chiqdi. XVI asr diplomatik xizmat shakllangan davr bo‘lib, markaziy va mahalliy tashkilotlar yangi davlatlarning tashqi siyosatini Yurgizishda xizmat ko‘rsata boshladi. Diplomatiya tor doirada bo‘lib, maxfiy xizmatlardan biriga aylandi. Qirol saroyi yangi siyosatning markazi bo‘lib qoldi. AbsalYut monarxiyalarda sulolaviy manfaatlar, qirol shaxsi, hamda qirolga ta’sir ko‘rsata oladigan omillar (eng yaqin kishilari, jazmanlari, ma’shuqalari, hukmdorlarga yaqin bo‘lishni uddalay olgan epchil fitnachilar) xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda muhim edi. Bunday holat absalYutizmni hukumatning boshqaruv shakllaridan biriga aylanganligi tufayli sodir bo‘ldi.
7.2.Monarxlarning diplomatik manfaatlari, o‘zlarining davlatlariga yangi erlarni bosib va qo‘shib olishga intilishlari XVII – XVIII asrlar ikkinchi yarmining xalqaro munosabatlariga avvalgiday katta ta’sir ko‘rsatar edi. SHuning bilan birgalikda yangi bir omil – dengiz orti kolonialar uchun kurash, dengiz yo‘llariga egalik qilish, Evropada va undan tashqarida xom ashyo sotish maqsadida bozorlar uchun kurash kundan – kunga o‘zini namoyon qila boshladi. Ushbu omillarning ta’siri davlatlar o‘rtasidagi kuchlar tanasubligiga ham sezilarli darajada o‘zgartirish kiritdi. XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asrning birinchi yarmida sahnaga avvalroq markazlashgan monarxiyalar va umumdavlat manfaatlarining sulolaviy manfaatlaridan ustun turgan hududlardagi davlatlar chiqa boshladi. Bularning hammasi XVIII asrning birinchi yarmidagi uchta yirik urushlar jarayonidagi kuchlar balansiga ham ta’sir ko‘rsatadi; «ispan vorisligi» uchun 1701 – 1714 yillardagi; SHimoliy 1700 – 1721 yillardagi va «Avstriya vorisligi» uchun 1740-1748 yillradagi urushlar; natijada buYuk davlatlar qatoriga Angliya, Fransiya, Rossiya, Avstriya va Prussiya qo‘shildi, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Gollandiya, SHvetsiya va Rech Pospolita esa ikkinchi o‘ringa o‘tishga majbur bo‘ldi. Va aynan birinchi beshta davlat XVIII asrning o‘rtasidan to BuYuk Fransuz revolYusiyasiga qadar dunyo xalqaro munosabatlari tizimini belgilab beradigan bo‘ldi. Xalqaro arenada kuchlarning qayta taqsimlanishi – xalqaro munosabatlardagi yirik muammo – Usmon (Sharqiy) masalasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri namoyon bo‘ldi. Bu davrda kuchlarning qayta taqsimlanishi Evropa davlatlari va Usmon imperiyasi o‘rtasidagi o‘zgarishlar xususiyati bilan bog‘liq edi. XVII – XVII asrlarda Evropa mamlakatlarining xalqaro munosabatlari geografiyasi ko‘zga ko‘rinarli darajada kengaydi. O‘z asosida evromarkazlashgan bo‘lsa – da, xalqaro munosabatlar o‘z orbitasiga ayrim qit’alar va hududlarni jalb etdi – yangi dunyo (Amerikani) Uzoq Sharq (Xitoy va YAponiyani), Afrikaning g‘arbiy va Sharqiy sohillarini kolonial, yoki mustamlaka muammolari xom ashyo manbalari va savdo makonlarini bosib olish asta – sekin yangi zamon xalqaro munosabatlardagi bosh muammolarning biriga aylana boshladi. XVII asrda kolonial muammo xalqaro munosabatlarning muhim masalasiga aylandi. «Eski» kolonial mamlakatlarga (Ispaniya va Portugaliya) qarshi «yangi» (Gollandiya va Angliya) kolonial mamlakatlar chiqa boshladi. Tijorat sohasida kolonial raqobat jarayoniga Fransiya ham kirib keldi. Koloniyalar uchun YAngi dunyoda, Janubiy – Sharqiy Osiyoda, Hindistonda, G‘arbiy Afrikada shiddatli kurash boshlanib ketdi.
Koloniyalarni bosib olish va talash metropoliya mamlakatlarida katta boylik to‘plashga, manufaktura ishlab chiqarishining o‘sishiga sabab bo‘ldi. SHu vaqtning o‘zida kolonial mamlakatlarning halqlari misli ko‘rilmagan ekspluatatsiyaga, och qolish va qoloqlikka muftalo bo‘ldilar. Bu davrning asosiy xususiyatlari – aksariyat xollarda, davlat panohida bo‘lgan monopol savdo kompaniyalarining faoliyati tijorat kapitalini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgani bilan belgilanadi.
XVI-XVIII asrlar yangi diplomatik seremonialning (elchilarni qabul qilish marosimi tartiblari) Yuzaga kelishi bilan ajralib turadi. Seremonial –elchilarni qabul qilish marosimi tartiblari –an’analar tizimi bo‘lib, xalqaro munosabatlar nuqtai-nazaridan ancha ahamiyatga ega edi. Elchining o‘zga davlatga tashrifi chog‘idagi hulq-atvori, ayniqsa, birinchi qabul (audiensiya-lavozimli kishi huzuridagi qabul) vaqtidagi muomilasi, hamda ularni qabul qilgan hukmdorlar yoki vazirlarning javob harakatlari davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatib beruvchi ramziy ishora bo‘lib xizmat qilgan.
7.3.Yirik davlatning paydo bo‘lishi va ular o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning taraqqiy etishi shunga mos mulohazalarning (teoriya-nazariya) paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘z navbatida diplomatik huquq ham rivojlana bordi. 1582 yilda niderlandiyalik Baltozor Aayalo «Urushlar va harbiy tashkilotlarning huquqi to‘g‘risida» nomli risoasini e’lon qildi. Italiyalik Alberiko Djentilining «Elchixonalar haqida» (1585 yil) nomli asari ham keng tarqaldi. Xalqaro huquq ilmining fan darajasiga chiqarishda Gugo Grotsiy (1583-1645 yillar)ning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Mashhur gollandiyalik Yuristning tarixiy ahamiyat kasb etgan g‘oyani ilgari surdi. AbsalYutisnik hukumatlar tashkil topgan davrda, ular o‘rtasida son-sanoqsiz urushlar ham kelib chiqdi. Bu urushlar chog‘ida qaroqchilik, o‘g‘irlik va vayronagarchilik avjiga chiqqanligi tufayli, Gorsiy bu holatlarni oldini olishga harakat qildi. U mulkni huquqiy jihatdan daxlsizligini isbotlash orqali urushlarni huquqIy normalar doirasiga kirgizishga urinib ko‘rdi. Grotsiyning 1625 yilda yozgan «Tinchlik va urushlar huquqlari haqida» nomli asari, unga katta shuhrat keltirdi. Asarning bir bobbi elchilarga bag‘ishlangan. Unda XVII asrning boshlarida paydo bo‘lgan elchilik huquqi an’analari aks etgan.
O‘sha davrda hukumatlar o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarda «urush»lar asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ldi. Xalqaro ziddiyatlarning kelib chiqishdagi asosiy sabablar orasida: chegaraviy tortishuvlar, sulolaviy da’volar, savdo-sotiqda yakka hukmronlik, bozorlar, xom ashyoga ega bo‘lish uchun kurashlar va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Evropada XVI asrda urushlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan uchta asosiy ziddiyat namoyon bo‘ldi: 1) Ispaniya, bir tomonda Angliya va Fransiya o‘rtasida mustamlakachilik va savdo manfaatlarining to‘qnash kelib qolishi; buning natijasida XV asrning oxiri XVI asrning birinchi yarmida Italiyada, XVI asrning ikkinchi yarmida esa Ispaniya va Angliya o‘rtasida dengiz hukmronligi uchun urushlar kelib chiqdi. 2) Evropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasi bilan munosabatlari; 3) Boltiq dengizidagi hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun SHimoliy Evropa davlatlari o‘rtasidagi kurash.
XVII asr boshida Germaniyada kontreformatsion kuchlarning harakati kuchaydi. Protestantlarning o‘z pozitsiyalaridan mahrum bo‘lib borish Germaniyada va butun jahonda xalqaro rezonans (aks-sado)ni keltirib chiqardi. Germaniyadagi diniy-siyosiy vaziyatning keskinligi nafaqat ichki sabablar bilan bog‘liq edi. XVII asr boshlaridagi xalqaro munosabatlar, Evropa davlatlari o‘rtasidagi keskin munosabatlar va ziddiyatlar ham Germaniyadagi holatga turtki bo‘ldi. Bu 1618-1648 yillarda o‘ttiz yillik urushni keltirib chiqardi. O‘ttiz yillik urush-Evropaning ikki guruhga uYushgan davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Birinchi guruhga Gabsburglar bloki –ispan va Avstriya Gabsburglari, Germaniyaning katolik knyazlari (ularni papalik va Polsha qo‘llab-quvvatlagan) va ikkinchi guruhga –Antigabsburglar koalitsiyasi – German protestant knyazlari, Fransiya, SHvetsiya, Daniya (ularni Angliya, Gollandiya va Rossiya qo‘llab-quvvatlagan) kirgan urush Vestfaliya sulhining imzolanishi bilan barham topdi. Antigabsburglar koalitsiyaning g‘alabasi natijasida Gabsburglarning «jahon imperiyasi»ni tuzi shva milliy davlatlarni bo‘ysundirish yo‘lidagi reaksion Asosiy savollarlari barbod bo‘ldi. Evropadagi siyosiy etakchilik Fransiya qo‘liga o‘tdi. SHvetsiyaning Boltiq bo‘yida hukmronlik o‘rnatishi uchun muhim bosqich bo‘ldi. Dastlabki burjua respublikasi Gollandiya xalqaro miqyosida e’tirof etildi.
Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling