Mavzu: XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi qarashlari


Download 35.78 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1353543
1   2   3   4
Bog'liq
Turkiston tafakkur ahlining ijtimoiy qarashlarida shaxs va jamiyat masalalari

Berdimurod Qarg'aboy o‘g‘li Berdaq (1827—1900) o'zining she’r, g'azal va dostonlarida xonlikda olib borilgan ijtimoiy siyosatning xalqqa qarshi mohiyatini qattiq qoraladi. Uning ijodi xonlik hukmronligini tanqid qilishga, undagi ijtimoiy adolatsizliklar va siyosiy tcngsizlikni fosh etishga.insonparvarlik. tenglik, saxiylik, adolat. vatanparvarlik, mehr-shafqat, qahramonlik va mardlik, mustaqiliik, milliy ozodlik va haqiqat uchun kurash kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bag'ishlangan.
Bcrdaq oddiy xalqning xonga bo'lgan noroziligini va xonlikning siyosiy-ma'muriy asoslarini o'zining «Axmoq podshoh» dostonida ifodalab berdi. Berdaq o'z axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi. U she’rlarida kishilaming halol mehnatini ulug'laydi. Uning axloqiy qarashlarining yana bir tomoni - insonni hurmat qilish, ayniqsa, qariyalar, zaif va nogironlar, kambag'al va beva-bechoralaming izzat-nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam ko'rsatishga chaqirishdir. Berdaq xuddi Navoiy kabi odamlami axloq-odobiga qarab ulami yaxshi va yomonga bo'ladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy fazilatlami o‘zida to'plagan dono, aqlli, bilimdon, o'zgalarga yordam beruvchi, fe’l-atvori ijobiy kishilarni ko'z oldiga keltiradi. Yomon odam esa Berdaqning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, og‘a-inining ham qadriga yetmaydi. Umuman olganda, shoir axloqiy qarashlarining markazida insoniylik turadi.
Muhammad Aminxoja Muqimiy (1850—1903) o'z ijodida jamiyatda ma'rifat, ijtimoiy adolat va xalq farovonligini ta’minlovchi tartiblar o'matish zarurligini aks ettirdi.
Muqimiy zulm va jaholat ostida ezilgan mehnatkash dehqonlar va shahar kambag'allarining og'ir ahvolini, boylar, ruhoniylar va amaldorlaming o'zboshimchaligini va jabr-zulmni yorqin ifodalab berdi. U o‘z mehnati bilan moddiy boyliklarni yaratayotgan oddiy xalq ochlik va qashshoqlikda yashayotgan bir paytda, boylarning aysh-u ishratda kun kechirayotgani bilan hech kelisha olmaydi.
Muqimiy zolimlami fosh qilish bilan cheklanmadi, u xalqni mavjud tuzum adolatsiz ekanligini chuqurroq anglashga chaqirdi. U o'z davridagi xonlik tuzuinida mavjud bo'lgan turli tabaqalar, ijtimoiy kuchlar mavjudligini va ular orasida kurash borligini ko'ra oldi.
Zokirjon Xolmuhammad o‘glli Furqat (1858-1909) she’riyati o'z zamonidan nolish, zorlanish bilan birga, erkinlikka va yorug' hayotga intilishni aks ettiradi. Masalan, uning «Sayding qo'ya ber sayyod» she’rida qullikka, zulmga norozilik tuyg'ulari bayon etilgan. Bu she’r ov va ovchi haqida yozilgan bo'lsa ham, jamiyat hayoti va jamiyatdagi erksizlik, qullik hodisalarini tasvirlaydi. Bu bilan she’rda tasvirlangan voqea ijtimoiy hayotga, kishilar o'rtasidagi munosabatlarga taalluqli ekanini ko'rsatadi.
Furqat o'sha paytda hukmron bo'lgan feodal-patriarxal qoloqlikka, huquqsizlik, fanatizm, johillik va nodonlikka qarshi chiqadi va kishilarni ilm-ma’rifatga chaqiradi. Eski usuldagi, faqatgina diniy ilnilar beriluvchi maktablarni dunyoviy ilmlar beriluvchi yangi shakldagi maktablar bilan solishtiradi. Shuningdek, u mamlakatning kelajagi fuqarolarning ma’lumotliligiga bog'liqligini ta’kidlaydi. Shoir xalq hayoti uchun, umumiy tarixiy taraqqiyot uchun bilim, ilm-fan zarurligini, faqat fan taraqqiyot yo'lini ochib berishini tushunadi. Ijtimoiy hayotda fanning roli va ahamiyati haqida gapirar ekan, u bilimlar insonga olam eshiklarini ochib beradi va fan yordamida orzu-umidlarga erishish mumkin degan xulosaga keladi. Binobarin, bilim insonni ma’naviy jihatdan boyitadi va uni farosatli qiladi.
Jahon bastu kushodi ilm birla.
Nadir dilning murodi ilm birla,
> | Ко 'ngillaming sururi ilmdundir,
Ko'rar ko'zlarning nuri ilmdundir.
Furqat she'rlarida yaxshi ог/u-umidlar, g'oyalar, ajoyib his-tuyg'ular bilan yashayotgan, jamiyat taraqqiyoti haqida o'ylaydigan, oldinga, yangilikka intiladigan, xalq to'g'risida g’amxoTlik qiladigan kishilar obrazi tavsiflanadi. Furqat ijodida XIX asming oxiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy kayfiyatlar aks ettirilgan.


Jadidchilik harakati namoyandalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari
asr oxiri - XX asr boshlaridan xalqlarning milliy mustaqillik uchun kurashi boshlandi. Turkistonda milliy mustaqillik uchun kurash yo'liga kirgan dastlabki ijtimoiy-siyosiy oqim jadidlar harakati edi.
Jadidchilik harakati namoyandalari o‘z g'oyalari mezonini ijtimoiy adolat, milliy farovonlik, turkchilik, milliy mustaqillik va shu kabilar asosida shakllantirgan edilar. Shu bilan birga, ular madaniy-axloqiy va ma’rifatparvarlik ishlarini yangilashga, yevropacha ilmiy-texnika tafakkurini targ'ib qilishga, diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va nodonlikka barham berishga, yot axloqiy ideallaming kirib kelishiga qarshi islom tarixiga qiziqish uyg'otishga harakat qildilar.
Milliy tiklanish, milliy mustaqillik uchun kurash haqidagi jadidchilik g'oyalarining tarkib topishida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munawarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho'lpon, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev kabi mashhur kishilaming faoliyati katta rol o'ynadi.
Bu oqim o'z harakat shaklini madaniy-ma’rifiy tarzda ko'rsatishga intilgan bo'lsa-da, uning mohiyati va zamirida siyosiy kurash, o'z xalqini mustamlakachilar zulmidan ozod qilish, mustaqil davlat qurish niyati bor edi. Shunga muvofiq jadidchilik o'z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o'tgan: ma’rifatparvarlik bosqichi va siyosiy harakatlar bosqichi.
Jadidlar mafkurasi ham o'ziga xos edi. Ular o'sha paytlarda butun dunyoga keng tarqalishga ulgurgan Yevropa madaniyati va rivojlanish g'oyalarini rad qilar, shu bilan birga yangi paydo bo'lgan sotsializm va sotsial-demokratik qarashlarga qo'shilmas, bu oqimlar Turkistonning kelajagi uchun xavfli ekanligini isbotlashga harakat qilar edi. Ular o‘z mafkuralari asosiy mezonlarini ijtimoiy adolat, milliy meros, turkchilik
va milliy mustaqillik kabi qadriyatlar asosida shakllantirdilar. Shu bilan birga ular ma'naviy-madaniy va ma’ritiy hayotni yangilashga, xalq turmush tar/.iga fan va texnika yutuqlarini olib kirishga, diniy jaholat, bid'at va mutaassiblikka, shuningdek, qoloqlikka barham berishga intilar edilar.
asrning dastlabki 10-15 yilida Turkistonda yangi «usuli jadid» yoki «usuli savtiya» maktablari ochildi, milliy matbuot va teatrlar tashkil etildi. Turli uyushmalar, harakatlar va xayriya jamiyatlari shakllandi. Jadidlarning xalqning milliy uyg'onishi, mustaqillik uchun kurash g'oyalarining shakllanishida, shuningdek, uning madaniy-ma’rifiy qarashlarini boyitishda Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho'lpon, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev kabi taniqli kishilarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling