Mavzu: XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida xiva xonligi reja


Download 29.07 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.07 Kb.
#1567258
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xiva xonligi

S. Sialkovskiy va V. Perovskiy ekspeditsiyalari Rossiya hukumati savdo karvonlari xavf­sizligini ta'minlash maqsadida qo'riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824-yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamrohligida yo'lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825-yilning yanvar oyida karvon Xiva qo'shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo'shini Buxoroga olib boradigan savdo yo'lini bekitib qo'ydi. Bu hodisa Rossiya-Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfini tug'dirdi.
Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o'g'li Olloqulixon o'tirdi. U Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. 1826-1829-yillardagi Eron-Rossiya va 1828-1829-yillar-dagi Rossiya-Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o'zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi O'rta Osiyo xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to'ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda O'rta Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni har qachongidan ko'ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya hukumati Xiva xonligiga nisbatan o'z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham talab eta boshladi.
Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy yo'l bilan tartibga solish yo'lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi.
Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to'p va yuk ortilgan o'n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug'i, oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko'rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo'ldi. U 1840-yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela oldi.
Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo'lini axtarishga majbur etdi.

Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling