Mavzu: XX asr oxiri XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar
Download 27.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqXX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA GLOBALLASHUV MUAMMOLARI, HARBIY, EKSTREMISTIK VA EKOLOGIK XAVF-XATARLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiyasi
- Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
MAVZU: XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA GLOBALLASHUV MUAMMOLARI, HARBIY, EKSTREMISTIK VA EKOLOGIK XAVF-XATARLAR REJA: 1. XX asr oxiri – XXI asr boshlari 2. Globallashuv muammolari 3. Ekologik xavf-xatarlar Madaniy sohada globallashuv jarayoni ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomondan, madaniy globallashuv jarayonida In- ternet, xalqaro sayyohlik, kinofilmlar, kitoblar va ijodiy mehnatning boshqa mahsulotlari katta rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, ko‘pincha sifati uncha yuqori bo‘lmagan xalqaro madaniy hodisalarning om- malashuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun xavf sola bosh- ladi. Masalan, hozir «ommaviy madaniyat» deb atalayotgan jarayon shunday salbiy holatlarga ega bo‘lgan hodisalardan biridir. Globallashuv – bir xil baholanishi mumkin bo‘lmagan o‘ta mu- rakkab jarayon. Bu jarayonda har bir xalq o‘z o‘rnini egallashga, o‘zligini saqlab qolishga intilmoqda. Osiyo va Afrikadagi an’anaviy sivilizatsiyalarning g‘arblashuv jarayoni juda murakkab kechmoqda. Bu jamiyatlarda G‘arbning qadriyatlar tizimini, uning an’anaviy jamiyatlar ma’naviy-axloqiy asoslariga zid bo‘lgan me’yorlarni so‘zsiz va to‘liq qabul qilishning yaqin asrlar ichida iloji yo‘qdek tuyuladi. Aksin- cha, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi rolining ortib borishi bu jamiyatlar ma’naviy-axloqiy qad- riyatlarining ham jahon maydoniga chiqishiga olib kelishi, bu esa G‘arb jamiyatida tobora chuqurlashib borayotgan ma’naviy inqiroz ho- latidan chiqib olish imkonini berishi mumkin. Harbiy xavf-xatarlar. XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivilizat- siyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirishlari bilan chiqdilar. Haqiqatan, yadro quroli barcha tabiiy ofatlarga qa- raganda ham ko‘proq vayron qilish qudratiga ega. Bu qurolning paydo bo‘lishi tufayli tarixda ilk bor insoniyatning o‘zini o‘zi yo‘q qilish xavfi paydo bo‘ldi. Hozirda sivilizatsiyani muqarrar halokatga olib kelish uchun Yer yuzida to‘plangan yadro qurollarining 1%ini qo‘llash yetarli ekan. Ayni paytda insoniyat uchun harbiy xavf-xatar XXI asrda ham bartaraf etilmadi. AQSH va Rossiya kabi yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat va ishonchsizlik saqlanib qolar ekan, yadro urushi xavfi ham bartaraf qilinmaydi, insoniyat bun- day urush xavfidan qutulmaydi. Shuningdek, dunyoda yadro quroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar sonining muttasil oshib borishi ham insoniyat uchun katta xavf bo‘lib qolmoqda. Kimyo va gen muhandisligining yutuqlari tufayli kimyoviy hamda bakteriologik qurollarni takomillashtirish imkoniyatlari ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bunday qurollarni yaratishning nisbatan arzon- ligi, nazorat qilishning murakkabligi, bu esa ko‘plab kishilarning yo‘q qilish imkoniyatini yaratmoqda, kichik to‘qnashuv o‘choqlarida paydo bo‘lish xavfini oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm. Zamonaviy jamiyatning ko‘plab muam- molari orasida so‘nggi paytda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki muammo – ekstremizm va terrorizm alohida o‘rin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetka- zadi, jamiyatda insonning himoyalanganlik hissini poymol qiladi. Ekstremizm – bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiq- langan usullar orqali erishishning nazariyasi va amaliyoti. Taqiqlangan usullar deganda inson huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tushuniladi. Ekstremist o‘zining siyosiy, diniy yoki boshqa ijtimoiy xavfli g‘oyalari haqligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongi- ga singdirish uchun harakat qiladigan «g‘oyaviy» jinoyatchi. Bugun o‘zining mutaassib g‘oyalarini isbotlash va ularni jamiyatning asosiga aylantirish uchun harakat qilayotgan, o‘z faoliyati davomida dahshat- li g‘ayriinsoniy usullardan foydalanayotgan bu guruhlar shunday ekstremistlardir. Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir. Terrorizm – bu davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlar- ning qarorlar qabul qilish jarayonida aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyotidir. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chega- ralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlash so- dir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladilar. Ular hozirda ayniqsa diniy niqobdan keng foydalanmoqda. Masalan, «Al-Qoida», ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan ter- rorchi tashkilotlar bugun dunyoning eng katta ekstremistik va terro- ristik xavfiga aylandi. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxirigacha tushunib yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changaliga ilinib qol- moqda. Ekstremistik g‘oyalarning yoyilishida Internet va boshqa zamo- naviy axborot vositalari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda. Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan o‘n minglab qochoqlar- ning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfini keskin oshirdi. Eng xavflisi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda. Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi. Yer yuzidagi hayotga tahdid qilayotgan xavflardan yana biri insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Inson ishlab chiqarish fao- liyatining Yer biosferasiga salbiy ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Keyingi yillarda sayyoramizni quyoshning radioaktiv nurlaridan hi- moya qilib turgan ozon qatlami buzilmoqda. Oqibatda odamlarning saraton kasalligiga yo‘liqishi, hayvon va o‘simliklarning kasallanishi xavfi oshmoqda. Atmosferaga is gazlarining ko‘plab chiqarilishi glo- bal iqlim o‘zgarishi jarayonini boshlab berdi. Natijada sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin oshib bormoqda. Kelajakda qutb muzliklari, Grenlandiya va Antarktida muz qatlamlarining erishi, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, qirg‘oq bo‘yidagi yuzlab shaharlarni, keng hosil- dor yerlarni suv bosishi kutilmoqda. O‘zbekistonda hal qilinishi lozim bo‘lgan shunday eng katta muammo – bu Orol dengizi muammosi. So‘nggi qirq yil mobayni- da Orol dengizi havzasi keskin qisqardi, suv hajmi kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab marta oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz holga keltirdi. Bugunga kelib, dengizning90 % idan ortiqrog‘i qurib bo‘lgan. Bunday manzara Orolbo‘yi aho-lisi, ayniqsa, bolalar sog‘lig‘i, millat genofondi, atrof-muhit musaf- foligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. So‘nggi davrda Yer yuzi aholisining katta qismi to‘plangan sha- harlarda inson o‘tmishdagiga nisbatan ancha katta axborot ta’siriga uchramoqda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘payib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, zamonaviy qulayliklar nati- jasida harakatning kamayishi ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Albatta, yuqorida keltirilganlar insoniyat hal qilishi lozim bo‘lgan muammolarning barchasini qamrab olmaydi. Ulardan ayrimlari, masa- lan, insoniyatning ma’naviy inqirozi, axloqiy buzilish kabi muammolar juda murakkab bo‘lib, ularning hal qilinishi Yer yuzida insoniyatni saqlab qolish va keyingi rivojlanishini ta’minlash uchun favqulodda muhim hisoblanadi. Shu qatori insoniyat oldida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tiklash, ekologik, texnologik va ijtimoiy ja- rayonlarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tanglikni bartaraf qilish va nati- jada insoniyat sivilizatsiyasini saqlab qolishdek olamshumul murakkab vazifa turibdi. Bu muammolarni hal qilish insoniyatdan, eng avvalo, hamkorlik va hamjihatlikni talab qiladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — 9.8 million km2. Aholisi 331 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadi.GeografiyasiAtlantika okeanining AQSh qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol — Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi AQSh hududining uchdan bir qismini egallaydi. AQSh 50 ta shtat, bitta federal okrug va beshta hududdan tashkil topgan federativ respublikadir.Bundan tashqari, jahonning mavjud eng qadimgi federatsiyasi hisoblanadi. 2021-yilda AQSh Demokratiya indeksida 26-oʻrinni egalladi.AQShning amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi — qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq — Kongress, Prezident va Oliy suddir.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariRespublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan; Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi — ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. AQShda salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 million ishchi va xizmatchi aʼzo boʻlib kirgan.Aholisi 2010 308 745 538 +0.93% 2020 331 449 281 +0.71% AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi boʻlib, ular 17-19-asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar koʻp asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir boʻldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin oʻzbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shugʻullanadilar. Hozirgi amerikalik oʻzbeklarning ota-bobolari 1917-yilgi oktyabr toʻntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afgʻoniston va Xitoyga oʻtib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida turli yoʻllar bilan u yerga borib qolgan oʻzbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi — 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana qarang Amerikaliklar). Download 27.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling